qilishni ikki jismoniy va mantiqiy darajalarda olib borishga asoslangan. Bu ikki
daraja ma’lumotlarni tashkil qilishning ikkita jihatiga mos keladi: ma’lumotlarni
soha holatini aks ettiruvchi, maxsus tartibda tashkil qilingan va o’zaro bog’langan
Kompyuter axborot tizimlari o’rtasida eng katta taraqqiyot sun’iy intellektdan
foydalanishga asoslangan ekspert tizimlarini ishlab chiqish sohasida qayd etildi.
Ekspert tizimi menejerga yoki mutaxassisga tizimlarda to’plangan bilishlarga doir
har qanday muammo bo’yicha maslahat olish imkoniyatini beradi. Misol.
AQShning davlat agentligi shunday bir ekspert tizimini yaratgan. U ob-havo va
g’allaga tegishli ma’lumotlarni tahlil qilib, fermerlarga irrigasiya, o’g’it solish va
hosil olishning optimal vaqtini belgilaydi. Sun’iy intellekt deyilganda, odatda
kompyuter tizimlarning shunday harakatlarni bajarish qobiliyati tushuniladiki, agar
bu harakatlarni odam bajarganda uni intellektual deb atash mumkin bo’lardi.
Aksariyat hollarda bu yerda odamning fikrlashi bilan bog’liq, qobiliyatlar nazarda
tutiladi.
Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar ekspert tizimlari bilan chegaralanmaydi.
Shuningdek, ular o’z ichiga odamning asab tizimi, uning eshitish, ko’rish, sezish,
o’qish - o’rganish qobiliyatini modellashtiruvchi robotlar, tizimlar yaratishni ham
oladi. Maxsus masalalarni yoki vazifalarni hal qilish maxsus bilimlarni talab
etadi. Lekin har qanday kompaniya ham o’z shtatida uning ishi bilan bog’liq
barcha muammolar bo’yicha ekspertlarni saqlay yoki hatto har safar bunday
muammolar paydo bo’lganda ularni taklif qila olmaydi. Ekspert tizimlari
texnologiyasidan foydalanishning bosh mohiyati ekspertdan uning bilimlarini
olish va uni kompyuter xotirasiga kiritib, har safar zaruriyat tug’ilgan hollarda
undan foydalanishdan iboratdir.
Ma’lumotlar bilimlar bazasining berilgan qismlariga joylashtiriladi va bu qismlar
sektorlar deb ataladi. A B C D Har bir sektorda ma'lum qoidalarga ko'ra
ishlatiladigan bilim (ma'lumot)lar bo'laklari joylashadi. Har bir sektordagi
ma'lumotlardan yakka holda foydalanish, ya'ni sektorlarni boshqarishni avtonom
holda olib borish mumkin. Sektorlarni quyidagicha taqsim lash mumkin: A-
matnli axborotlar, В - grafikli axborotlar, С - jadvallar, D - diagrammalar.
Bilimlar bazasidan foydalanish tartibi turlicha bo'lishi mumkin va uni belgilash
foydalanuvchining xohishiga bog'liq. Qoidalar ketma-ketligi esa iyerarxik tuzilishda
bo'ladi. Bilimlar bazasi qoidalar tarmog'i sifatida tasvirlanadi. Tarmoqning har bir
holatdagi o'tish yo'li muloqot jarayonidagi foydalanuvchining javobiga
bog'liq bo'ladi.
Berilgan sohadagi bilimlar bazasidan foydalanish har bir foydalanuvchidan
ma'lum darajadagi ko'nikma va malakalarni talab qiladi. Bunday ko'nikmalarga
turli shakldagi aqliy faoliyat turlari: tahlil, sintez, umumlashtirish,
abstraktlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, strukturalash, o'xshashlik
darajalarini o'rnatish va boshqalar kiradi. Bilimlar bazasini yaratishda quyidagi
bosqichlar amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: