Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 7,95 Mb.
bet62/93
Sana31.12.2021
Hajmi7,95 Mb.
#277226
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93
Bog'liq
Maruza

Ustunliklari:
• Elеktron kitobda matn bo‘yicha izlashlarni, gipеrilovalar bo‘yicha o‘tishlarni, vaqtinchalik ajratishlarni va ilovalarni aks ettirishni amalga oshirish mumkin.
• Bir qurilmada yuzlab va minglab kitoblar saqlanishi mumkin. Elеktron kitobning og‘irligi va hajmi kichikligi hisobiga bosma kitoblarga qaraganda olib yurish oson.
• Shrifti tuzilishi va kattaligini o‘zgartirish mumkin.

• Elеktron kitob animatsiyali suratlarni, multimеdiali kliplarni aks ettirishi mumkin yoki audio-kitobni tinglash mumkin.

• Elеktron kitoblarni o‘qish qurilmalari bir kitobdan ancha qimmat tursa ham elеktron matnlari ularning qog‘ozdagi namunalaridan arzon bo‘ladi.
• Kiritilgan nutq dastur-sintеzatorlari matnlarni tinglashga imkon bеradi.
• Elеktron kitoblarni tarqatish va izlash oddiy kitoblarga qaraganda kam xarajat talab etadi.

• Elеktron kitoblardan foydalanish tabiatga yеtkaziladigan zararni kamaytiradi, chunki ularni ishlab chiqarishda (bosma namunalaridan farqli ravishda) ko‘p miqdorda qog‘oz «tеjaladi».



Kamchiliklari:
• Elеktron kitoblarni o‘qish uchun qurilmalar bosma kitoblarga qaraganda fizik ta’sirlarga sеzgir.

Hozirgi kunda ushbu qurilmalar nisbatan qimmatbaho.


• Ba’zi nashriyotchilar elеktron kitoblarni qog‘oz kitoblar bilan birgalikda ishlab chiqarmaydilar, bu esa elеktron variantlari paydo bo‘lishini ancha kеchikishiga olib kеladi.
• Elеktron kitoblarda ko‘pincha DRM lar va hatto ishlab chiqaruvchining foydalanuvchi qurilmasidan masofadan turib axborotni yo‘qotish imkoniyatidan foydalaniladi.
• Elеktron kitoblarni o‘qish qurilmalari o‘z vaqtida zaryad olmasdan ishlay olmaydi, shunga qaramasdan, bugungi kunda bu — bir oygacha avtonom ishlay oladigan, eng kam enеrgiya sarflaydigan qurilma hisoblanadi.
• Tasvirning aniqligi va tiniqligi hozircha oddiy qog‘ozdagiga qaraganda past.

Elеktron kitoblar endi O‘zbеkistonda ham bugungi kunda jahon bozorida bir nеcha o‘nlab elеktron kitoblar modеllari mavjud. O‘zbеkistonda kitob o‘qish uchun elеktron qurilmalarni yaratish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Ectaco uz» kompaniyasi elеktron kitoblarni ishlab chiqarish va loyihalashtirishni yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya O‘zbеkistonda, Farg‘ona shahrida elеktron kitoblar ishlab chiqarilishini va tarjima qilinishini tashkil etdi.

Kompaniyaning www.ectacouz.com saytida berilgan quyidagi axborot e’tiboringizga havola etiladi.

«Ectaco uz» kompaniyasi hozirgi kunda elektron uskunalar ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonda yagona kompaniyadir.

Mahsulot nomining o‘zi bunga javob beradi. Partner-cho‘ntak so‘zlovchi tarjimoni va JetBook- elektron kitoblarini o‘qish uchun mo‘ljallangan uskunadir.

O‘zbekistonda raqamli elektron uskunalar ishlab chiqarilishini, noyob turlar qatoriga kiritish mumkin. Mahsulotning ustunligi quyidagilardan iborat.

JetBook - elektron kitoblar o‘qish uchun mo‘ljallangan uskuna.

Kitob do‘konlari va kutubxonalar talaba va o‘quvchilar uchun juda muhim maskan hisoblanadi. Chunki yaxshi o‘qish va chuqur bilim olish uchun juda ko‘p darsliklar va adabiyotlar kerak bo‘ladi. Hozirgi davrda ko‘pchilik bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish uchun: konsert, ko‘rgazma va restoranlarga boradi. Kitob o‘qishga esa vaqt yetishmaydi. Odamlar kitob o‘qimay qo‘yibdilar deb xulosa chiqarishga shoshilmang. Elektron texnologiyalar jadal rivojlanishi tufayli, kitob o‘qish jarayoni boshqa ko‘rinishni qabul qildi — elektron kutubxona, bir necha ming kitobni bitta uskuna ichida JetBook — boshqa so‘zlar bilan «elektron kitob rideri» turli mavzudagi adabiyotlar joylangan javonlar o‘rnini bosa oladi. Tassavur qiling:

Siz o‘zingizni didingizga va mashg‘ulotingizga qarab elektron kutubxona barpo qilishingiz mumkun. Sizga kerak bo‘lgan kasbiy, badiiy, qonunga oid va o‘quv adabiyotlari doimo qo‘l ostingizda bo‘ladi.

O‘quvchi, talaba, oliy ta’lim muassasalari xodimlari, o‘qituvchilar, yurist va tadbirkorlar o‘zlariga zarur adabiyotlarni og‘ir sumkalarda, qiynalib ko‘tarib yurishlariga hojat qolmaydi.

Kiritilgan funksiyalar yordamida, siz shrift kattaligini, rangini o‘zgartirish imkoniga, Yevropa tillari tarjimoni, ingliz tili lug‘ati, avtomat tarzda varaqlash, displeyni manzara shaklidan portret shakliga o‘girish, rasmlar va grafik fayllarni tomosha qilish imkoniga ega bo‘lasiz.

Bunga qo‘shimcha qilib, «Ectacouz» MCHJ kompaniyasi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik bazasini, mumtoz adabiyot va zamonaviy, shoir va yozuvchilar asarlari majmuini barpo etmoqda.

Partner — cho‘ntak elektron tarjimoni.

Cho‘ntak tarjimoni Partner ajoyib imkoniyatni taqdim etadi — uning bazasi 39 tildan iborat. Hozirgi kunda «Ectacouz» MCHJ yuqori malakali mutaxassislar va mahoratli lingvistlar hamkorligida o‘zbek tili lug‘atini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Elektron tarjimon xarid qilayotib, siz cho‘ntakka sig‘adigan elektron shakldagi professional repetitorga ega bo‘lasiz. U uchta o‘rgatuvchi professional: bular-Pharase Book, Language Teachers, U-Learn dasturlariga ega bo‘lib, sizga bir oy mobaynida chet tilini o‘rganib olishingizga yordam beradi.

Xulosa qilib, mumtoz adabiyot shoirlaridan birining so‘zini eslatib o‘tsak: «Birorta chet tilini bilmagan odam, o‘z tilini ham bilmaydi».

EctacoUz’dan noyob taklif

O‘quvchilar, talabalar, oily ta’lim muassasalari xodimlari, o‘qituvchilar, yuristlar va tadbirkorlar hamda shunchaki havaskor kitob ishqibozlari uchun!



Endi Siz minglab kitoblardan jamlangan va cho‘ntagingizga joylashadigan noyob kutubxonangizni barpo etishingiz mumkun!

O‘qish uchun vaqtingiz bo‘lmasa, yoqtirgan audio kitoblarni tinglang!
Displeyni vertikal holatdan gorizontal holatga o‘girish.

Elektron kitob-JetBookning tеxnik ko‘rsatkichlari:

• Grafik formatlar — jpg, png, jpg, bmp, gif, pdf.

• Matn formatlar — txt, ePub, Mobi, rtf, prc, fb2.

• Audio format — mp3.

• Avtomat tarzda varaqlash, belgi qoyish va shrift turi va katta-kichikligini o‘zgartirish.


• T9 formatida matn kiritish.

• Qidiruv tizimi.

• Ingliz-rus, ingliz-nemis, ingliz-ispan lug‘ati.

• Ingliz tili izohli lug‘ati.

• 2 Gb’gacha SD-card uchun in.

• Polimer akkamulyator (litiy-ionli).

• Qoshimcha zaryadsiz ishlash – 20 soat.

• Akkumulyator to‘liq zaryad olishi – 4 soat.

• Kiritilgan xotira 112 Mb.

Nufuzli eReader Android-dagi eng yaxshi kitob o'qish dasturlaridan biridir. U ePub, PDF, ePub3, FB2, HTML, DOC, RTF kabi ko'plab formatlarga mos keladi va shuningdek himoyalangan elektron kitoblarni Adobe DRM tizimi orqali ko'rib chiqishga imkon beradi.

Bulutli qayd yozuvlaridan qo'llab-quvvatlanadigan kitoblar va fayllarni import qilishingiz mumkin - tugmani bosing ≡ va ovozni bosing Bulutli saqlash, mavjud variantlardan birini tanlang Google Drive, OneDrive y DropBox. Tanlangan bulut xizmatiga kirish ma'lumotlarini kiriting va sizni qiziqtirgan kitoblarni import qiling.


Download 7,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish