ToshDAU Rasulov.S.SH
Mundarija
Microsoft Office Word-2007 dasturini ishga tushirish 2
Uskunalar panellari. 7
Главная uskunalar paneli. 8
Bu tugma belgilangan matnning shrift kattaligini ikki birlikka oshirish tugmasidir 11
Microsoft Office Word-2007 dasturini ishga tushirish
1 )Kompyuter ishga tushgach, hosil bo`ladigan ko`rinish (ishchi stol)da piktogrammasining ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta tez bosiladi. Shu piktogramma ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosib, so`ng Enter tugmasini bosish yoki o`ng tugmani bosib, hosil bo`lgan kontekst menyudan Открыть buyrug`ini tanlash ham xuddi shunday tarzda dasturni ishga tushirilishiga olib keladi.
2 )Masalalar panelida joylashgan tezkor tugmalar qatoridan Word matn muharriri ikonkasi ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosiladi.
3)Пуск->Все программы->Microsoft Offise->Microsoft Office Word2007 ketma-ketligini bajarish. Bunda shu buyruq ustida sichqooncha o`ng tugmasini bosib, hosil bo`lgan kontekst menyudan Открыть buyrug`ini tanlash ham xuddi shunday natijaga olib keladi.
4)Word matn muharririda yaratilgan biror-bir hujjat faylini izlab topib, (*.doc kengaytmali) unig ishga tushirish orqali. Bunda shu faylni qidirish uchun Windows qidiruv tizimidan foydalanish mumkin.
5)Bevosita dasturni ishga tushiruvchi fayl orqali. Bu fayl
C:\Program Files\Microsoft Office\Office12\WINWORD.EXE manzilida joylashgan WINWORD.EXE faylidir. Bu faylni izlab toppish va ishga tushirish uchun Mening kompyuterim ilova dasturidan yoki boshqa ixtoyoriy menedjer dasturlardan biridan foydalanish mumkin. (Norton,Windows, Total commander yoki boshqalar)
W ord 2007 dasturi ishga tushganda tasvirdagi Word titul sahifasi hosil bo`ladi va Word 2007 dasturi ishga tushadi. Dastur ishga tushgach quyidagicha ko`rnishdagi oyna hosil bo`ladi:
W ord 97-2007 dasturlaridan farqli ravishda Word 2007 dasturida menyu va qo`zg`almas uskunalar panellaridan voz kechilgan bo`lib, bu yerda boshqacha yo`l tutilgandir. Dastur oynasi quyidagi qismlardan iborat:
1) Sarlavha satri:
Bu yerda Oynani boshqarish tugmalari joylashgan bo`lib, ulardan birinchisi (o`ng tomondan)dastur oynasini yopish va dastur ishini tugatish, ikkinchisidastur oynasini kattalashtirish-kichiklashtirish va uchinchisi dastur oynasini masalalar paneli (Пуск qatori)ga yig`ishtirib qo`yish vazifasini bajaradi. Dastur sarlavha satrining markaziy qismida joriy dastur nomi va joriy vaqtda ochilgan hujjat faylining nomi ko`rsatilgan bo`ladi. Dastur oynasining chap tomonida quyidagi tugmalar joylashgan bo`ladi:
Bu tugmalardan birinchisi (o`ng tomondan) ko`rinib turadigan vazifalar tugmalarini boshqarish menyusini ochadi va bu yerda biz ko`p ishlatadigan buyruqlarimizni belgilab qo`yish orqali (chap tugmani bosish bilan belgi qo`yiladi va olib tashlanadi) Word tezkor tugmalari safiga qo`shib qo`yishimiz mumkin. Bu menyuda turli-tuman buyruqlar mavjud bo`lib, bulardan tashqari Другие команды…buyrug`i ham mavjud va bu buyruqni tanlanganda quyidagicha Параметры Word oynasi hosil bo`ladi:
Bu oynadagi Выбрать команды из maydonida joylashgan eng ko`p kerak bo`laigan buyruqlardan keraklilarini tanlab, Добавить tugmasini bosish shu tugmaning o`ng tomondagi maydonga ko`chirilishiga, y a`ni dastur oynasining tezkor tugmalar qatoriga qo`shilishiga olib keladi. Bu oynadagi Разместить панель быстрого доступа под лентой yozuvining oldidagi maydonchaga belgi qo`yilganda bu tezkor tugmalar qatori uskunalar panelining pastki qismida joylashadi. Shu oynadagi Сочетание клавиш matnining yonidagi Настройка… tugmasi tanlanganda Word2007 dasturida imkoni bor barcha vazifalarga kerakli tugmalarning kombinatsiyalarini o`rnatish oynasi hosil bo`ladi. Bu oynada Категории maydonidan kerakli bo`limga o`tib, Команды maydonida shu bo`limga qarashli kerakli buyruq tanlanganda shu buyruqni tezroq bajarish kombinatsiyasini Текущие сочетания: maydonida ko`rish mumkin. Tanlangan buyruqning vazifasini esa Описание sohasida rus tilida o`qib olishimiz mumkin. Kerakli buyruqni tanlab, unga yangi kombinatsiyani o`rnatish uchun shu buyruqni tanlab, yangi kombinatsiya klaviatura orqali bosiladi va Новое сочетание клавиш maydonida hosil bo`lgan kombinatsiya kuzatiladi. Bu kombinatsiya ma`qul bo`lsa, oynaning pastki qismida joylashgan Назначить tugmasi bosiladi. Lekin tugmalarga yangi kombinatsiya o`rnatilayotganda shu kombinatsiya boshqa buyruqqa ham bog`lanmaganligiga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi. Biror bir kombinatsiyani biror buyruqdan olib tashlash uchun shu buyruqni tanlab, Текущее сочетание maydonida shu kombinatsiya tanlanadi va oynaning pastki qismidagi Удалить tugmasi bosiladi.
Bundan tashqari Параметры Word oynasida boshqa bo`limlar ham mavjud:
1)Основные: bu bo`limda Word 2007 uchun asosiy parametrlarni (matn belgilanganda mini-panelni ko`rsatish, tanlangan xususiyatlarni oldindan ko`rish, Word ranglar sxemasi, foydalanuvchining ismi-sharifi va inisiallari) boshqarish mumkin.
2)Экран bo`limida esa sahifali ko`rish holatida sahifalar orasidagi oraliq bo`sh joyni ko`rsatish, ajratish belgilarini ko`rsatish, sichqoncha ko`rsatkichini keltirganda suzib chiquvchi eslatmalarni ko`rsatish, formatlash belgilarini ko`rsatish va chop etish parametrlarini boshqarish mumkin.
3)Правописание bo`limida kiritilgan matnlarni to`g`ri yozilishini nazorat qilish parametrlari (rus tili uchun) boshqariladi. Bundan tashqari bu oynaning yuqori o`ng tomonida joylashgan Параметры автозамены tugmasini bosilganda Автозамена oynasi hosil bo`ladi va bu oynada matnlarni avtoalmashtirish parametrlarini boshqariladi. Bu oynadagi Заменять при вводе maydonidagi заменить: maydoniga biror-bir so`zda uchramaydigan belgilar ketma-ketligi kiritiladi va на: maydoniga esa shu belgilar ketma-ketligining o`rniga qo`yilishi kerak bo`lgan biror matn kiritilib, oynaning pastki qismida joylashgan Добавить tugmasi bosiladi hamda bu avtoalmashtirishning oynadagi jadvalda aks etishi kuzatiladi. Shundan so`ng OK tugmasini bosib, bu oyna yopiladi.
4 ) Сохранение bo`limida Word 2007 dasturida yozilgan hujjatni saqlash parametrlari boshqariladi. Bu oynadagi Сохранять файлы в следующем формате: maydonidagi ochiladigan ro`yxatdan saqlanadigan hujjatni saqlash kerak bo`lgan formati tanlanadi. (Eslatma: Agarda siz ko`pincha Word 97-2003 formatidagi Word dasturi o`rnatilgan kompyuterda ishlaydigan bo`lsangiz, bu formatlardan Word 97-2003 formatini tanlashingiz kerak bo`ladi. Shunda siz tayyorlagan hujjatlaringizni boshqa kompyuterlarda ham ocish imkoniga ega bo`lasiz.) Автосохранение каждые matni oldiga belgi qo`yilganda Word dasturi bir xil vaqt oraliqlarda (bu vaqt sgu sohadagi минут maydonida ko`rsatiladi) avtomatik tarzda saqlash ishlarini bajarib boradi va bu siz tayyorlagan hujjatning elektr toki o`chganda yoki boshqa sabablarga ko`ra kompyuter ishi to`xtab qolganda o`chib ketishining oldini oladi. Каталог данных для автовосстановления bandidagi Обзор … tugmasini bosganda hosil bo`ladigan oynadan avtomatik tiklash ishlari uchun boshlang`ich papka ko`rsatiladi. Расположение файлов по умолчанию: bandidagi Обзор nugmasini bosilganda hosil bo`ladigan oynada esa tayyorlangan hujjatlarni saqlash uchun Word matn muharriri odatda taklif etadigan papka ko`rsatiladi.
5)Дополнительно bandida belgilangan qismni kiritilayotgani bilan almashtirish, so`zlarni avtomatik belgilash, matnlarni o`tkazishni boshqarish, giperjo`natmani Ctrl tugmasi bilan sichqoncha chap tugmasini bosganda aktivlashtirish, abzaslarni avtomatik belgilash, Insert tugmasini surib yozish va almashtirib yozish holatlarini almashtirish uchun ishlatilishi, Экран bandidagi Число документов в списке последних файлов maydonidagi sonni oshirish yoki kamayturish orqali Wordda ochilgan oxirgi fayllar sonini oshirish yoki kamaytirish kabi ko`plab parametrlarni boshqarish mumkin.
6)Надстройки bandida Word 2007 dasturining ulanish parametrlarini (Outlock Express orqali) boshqarish mumkin.
7)Центр управления безопасностью bandida Word 2007 dasturida ma`lumotlar xavfsizligi parametrlarini boshqarish va o`rnatish mumkin.
8 ) Ресурсы bandida Microsoft firmasiga murojaat qilish, Web-sahifalarni qidirish, Microsoft Office dasturlarining ishonchliligini ta`minlashga oid turli xususiyatlarni o`rnatish va boshqarish mumkin. Bu oynada Получить обновления-Microsoft Office dasturlari uchun eng so`nggi yaratilgan yangiliklarni olish, Центр диагностики Microsoft Office-Microsoft Office dasturlarini tekshirish va xatoliklarni sozlash markazi(dasturi), Свяжитесь с нами-Microsoft firmasi bilan aloqa qilishning turli yo`llari, Активировать Microsoft Office- Microsoft Officedan foydalanishni davom ettirish uchun uni faollashtirish kerak bo`ladi(trial va demo versiyalar uchun).Перейти на веб-узел Microsoft Office Online- Microsoft Office Online web-sahifasiga o`tish va bepul yangilanishlarni olish, О программе Microsoft Office Word 2007- Microsoft Office Word 2007 dasturi haqidagi qisqacha ma`lumotlarni olish kabi buyruqlar joylashgan.
S arlavha satrining eng chap qismida Microsoft Office dasturlar paketining emblemasi shaklidagi tugma joylashgan bo`lib, bu tugma dastur bosh menyusi hisoblanadi va bu yerda turlicha ko`p ishlatiladigan buyruqlar joylashgan. Bu menyuni ochish uchun shu tugma ustida sichqoncha chap tugmasini bosish yoki klaviaturadan Alt+ф kombinatsiyasini bosish kerak bo`ladi. Natijada quyidagicha ko`rinishdagi oyna hosil bo`ladi:
Bu oynaning chap tomonida yangi hujjat yaratish (Создать), hujjatni ochish(Открыть), hujjatni xotirada saqlash(Сохранить), hujjatni qayta saqlash(Сохранить как), chop etish ishlari (Печать), hujjatni tarqatishga tayyorlash(Подготовить), hujjatni internet tarmog`I orqali yoki internet faks ko`rinishida jo`natish(Отправить), hujjatni internet bloglarda yoki boshqa manbalarda joylashtirish(Опубликовать), joriy hujjatni yopish (Закрыть, bunda saqlanmagan ma`lumotlarni saqlash uchun so`rov oynasi hosil bo`ladi) buyruqlari joylashgan. Oynaning o`ng tomonida esa Word matn muharririda oxirgi ishlatilgan hujjatlar nomlari ko`rsatiladigan soha mavjud va bu yerda ko`rsatiladigan fayllar sonini boshqarish mumkin. (Параметры Word oynasi, Дополнительно bo`limi, Экран bandi, Число документов в списке последних файлов sohasidagi sonni belgilash maydoni). Yana shuni ham aytib o`tish kerakki, Microsoft Office 2007 mualliflari oldingi Office versiyalari bilan ishlab kelganlarga qulayliklar yaratish maqsadida Alt tugmasi yordamida Word yuqori qismidagi boshqaruv ob`yektlarini faollashtirish imkoniyatini ham qoldirganlar. Ya`ni Alt tugmasini bosilganda ekranning yuqori q ismi faollashadi (turli qismlarda turli kirill alifbosi harflari ko`rinib qoladi). Bu holatda siz o`zingizga kerakli kirill alifbosi harfini bosib, shu harf aks etgan menyu yoki bo`lim bandini ochishingiz, ko`rishingiz yoki bajartirishingiz mumkin(Bunda tizim lotin yoki kirill alifbosida turganligining farqi yo`q). Kerakli harfni klaviaturadan bosish orqali shu harf ko`rsatilgan bo`lim yoki uskunalar paneli aktivlashtiriladi va uskunalar paneli tanlanganda uning ichki b uyruqlarida ham turli harflar hosil bo`ladi va shu buyruqlarni bajartirish uchun shu ko`rsatilgan harflarni bosish yetarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |