4 = Read = r 2 = Write = w
1 = Execute = x
ya'ni, 4 soni faqat faylni o‘qish mumkinligini bildiradi, 2 soni faylga yozish mumkinligini bildiradi, 1 soni esa faylni ishga tushirishga ruhsat borligini anglatadi(fayl ichidagi skriptlarni).
Misol ko‘ramiz, linux operatsion tizimida, terminal ochamiz va u yerga quyidagi komandani yozamiz. Bu komanda, asosiy katalogdagi barcha fayl va kataloglar ro‘yxatini, ularga berilgan ruhsatlarini chiqarib beradi.
[root@test user]# ls -al /;
misol uchun natija quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Chap tomonda drwxr-...kabi yozuvlar mavjud, mana shu yozuvlar aynan fayl ustida qanday amallarni bajarish kerakligini ko‘rsatib beradi. O‘rta qatordagi 2 ta ustundan birinchisi, fayl egasining nomi, ikkinchi ustun esa, fayl egasining guruhi nomidir. Bizning holda bular "root" va "root". Ustunning oxirida esa fayl nomi keltirilgan.
Demak, bu maqola ruhsatlarga atalgani uchun, bizga birinchi ustun muhimroq. Birinchi ustun 10 ta simvoldan iborat bo‘lib, birinchi simvol fayl tipini bildiradi, ya'ni "d". Birinchi simvol quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |