Hisobot ko’rib chiqildi va maqullandi.
Ta’lim muassasidan amaliyot rahbari:
________ __________________
(imzo) (ismi va familyasi)
«_______» «____________________» 2021 yil
Bajardi:
ТАТU Qarshi filiali Kompyuter injiniringi fakultetining
______________________ gurux talabasi ___________________________________ ___________________________________
|
Taqdimot komissiyasi qo’ygan baho:
_______ __________________
____________
____________
____________
______________________________________
|
Qarshi 2021 yil
KIRISH.
KORXONA BILAN TANISHISH.
Men Bozorov Behzodjon ТАТU Qarshi filialining Kompyuter Injiniringi 2- bosqich talabasiman. 2018-2019 o’quv yilidagi “Malaka va ishlab chiqarish” amaliyotimni Qamashi tumani Telekommunikatsiya bog’lanmasining “Bug’alteriya” bo’limiga 24.06.2019 dan 20.07.2019 gacha o’tash bo’yicha TATU Qarshi filialining 20.06.2019 yildagi №AT72 shartnomasiga asosan biriktirildim.
Menga Qamashi tumani Telekommunikatsiya bog’lanmasining 20.06.2019 yildagi №AT72 sonli shartnomasiga asosan A Abdullaev amaliyot raxbari etib tayinlandi.
A Abdullaevga “Xavfsizlik texnikasi, mexnat muxofazasi” bo’yicha yo’riqnoma o’tkazish, korxona ichki tartib qoidalari bilan tanishtirish, amaliyot o’tash uchun zaruruiy sharoitlarni yaratish, amaliyot bilan bog’liq ishlarni doimiy nazorat qilish, men bilan doimiy ish jarayonida faoliyat olib borish yuklatildi.
Qamashi tumani Telekommunikatsiya bog’lanmasi 1970-yilda tashkil topgan. Korxonada 64-nafar ishchi xodim ishlashadi, shundan 5 tasi boshqaruvda, 3 tasi yurist, 1 tasi yagona darcha bo’limida 28 tasi xizmatchi bo’limida 9 tasi navbatchilik bo’limida, 4 tasi bug’alteriya bo’limida va yana 14 tasi boshqa yo’nalishlarda ishlashadi. Qamashi Telekommunikatsiya bog’lamasida 16 ta kompyuter, 8 ta printer va aloqa qurilmalari ham mavjud. Bog’lamada Dekadno-Shagoviy ATC (DSH ATC) ishlatilgan. 1972-yilda 1500 raqamli koordinatali ATC ATCK-1500 tuman markazida montaj qilingan va 2008-yilgacha 1450 ta raqam ishlatilgan.
Xo’jaliklarda jami 45 ta ATCK-50 tipidagi koordinatali ATClar ishlatilib, bog’lovchi liniya sifatida BLDA CT-4 markali simlar ishlatilgan.
Liniyalarda B-2-2c, B-3-3, KNK-2 apparatlar ishlatilgan.
Elektr va aloqa ishchi xizmatchilari uchun mehnatni muxofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha umumiy qoidalar va talablar: Aloqa sohasidagi ishchi xizmatchilar, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha kirish, ish joylarida tushuntirish qoidalaridan hamda bilim sinovidan o‘tgan,asbob uskuna, maxsus kiyim va himoya vositalari to‘liq va yaroqli bo‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda 18 yoshga to‘lgan shaxslarga ishlab chiqarishga ruxsat etiladi.
Ish davomida spirtli ichimliklarni ichmaslik, giyohvandlik moddalarini iste’mol qilmaslik, mehnat qonunlarida xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilish lozim.
Amaliyotga va ishga kelgan, o‘quvchi sifatida ishni boshlagan ishchi-xizmatchi tajribali ishchilar tomonidan ish joyidagi yo‘riqnomadan o‘tkazilib, ikki smenadan o‘n to‘rt smenagacha bilim sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng mustaqil ishga ruxsat etiladi.
YAGONA DARCHA
OMBOR MUDIRI
BOSH MUHANDIS
boshliq o’rinbosari
NAVBATCHI BO’LIMI
XIZMATCHI BO’LIMI
BUG’ALTERIYA
ABONENT BO’LIMI
ICHTG MUHANDIS
24-25/06/2019
Do'stlaringiz bilan baham: |