AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUSO AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI 963/21-guruh
Dasturlash kafedrasi
Dasturlash 1 ma’ruza fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Bazaviy sinf azolariga murojaatni boshqarish.
Bajardi: Asanov. A
Tekshirdi: Masharipov. S
Urganch 2022
Reja
Kirish.
Asosiy qism.
Sinf tushunchasi.
Sinflarni ishlab chiqish.
Bazaviy sinfni e’lon qilish
Yakuniy qism.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Sinflar, komponyentlar va ob’yektlar Sinf jismoniy mohiyatga ega emas, tuzilmaning e’lon qilinishi uning eng yaqin analogiyasidir. Sinf ob’yektni yaratish uchun qo‘llangandagina, xotira ajralib chiqadi. Bu jarayon ham sinf nushasi (class instance) ni yaratish dyeb ataladi. C++tilining har qanday ob’yekti bir xil atributlarga, shuningdyek ushbu sinfning boshqa ob’yektlari bilan funktsionallikka ega. O‘z sinflarini yaratish hamda ushbu sinflar ob’yektlarining xulq-atvori uchun to‘liq mas’uliyat dasturchi zimmasiga yuklanadi. Biron-bir muhitda ishlar ekan, dasturchi standar sinflarning kattagina kutubxonasi (masalan, C++Builder Vizual Komponyentlar Kutubxonasi) ga kirish huquqiga ega bo‘ladi. Odatda, ob’yekt qandaydir unikal holatda mavjud bo‘lib, bu holat ob’yekt atributlarining joriy qiymatlari bilan byelgilanadi. Ob’yekt sinfining funktsionalligi ushbu sinf ekzyemplyari (nushasi) ustida o‘tkaziladigan opyeratsiyalar bilan byelgilanadi. C++tilida sinfni aniqlash uchun, ma’lumotlar a’zolari ustida ish olib boradigan hamda ob’yektlarning xulq-atvorini byelgilaydigan ma’lumotlar a’zolari va myetodlarini inkapsulyalash talab qilinadi. YUqoridagi misolimizga qaytib, shuni ta’kidlab o‘tamizki, «Casio» soatining suyuq kristalli displyeyi ushbu ob’yektning ma’lumotlar a’zosi bo‘ladi, boshqarish tugmachaliri esa ob’yektli myetodlar bo‘ladi. Soat tugmachalarini bosib, displyeyda vaqtni o‘rnatish ishlarini olib borish mumkin, ya’ni OMD atamalarini qo‘llaydigan bo‘lsak, myetodlar, ma’lumotlar a’zolarini o‘zgartirib, ob’yekt holatini modifikatsiya qiladi. C++Builder komponyentlar (components) tushunchasini ham kiritadi. Komponyentlar - maxsus sinflar bo‘lib, ularning xususiyatlari ob’yektlar atributlarini tashkil qiladi, ularning myetodlari esa komponyentli sinflarning tyegishli nushalari ustidagi opyeratsiyalarni amalga oshiradi. Myetod tushunchasi odatda komponyentli sinflar tarkibida qo‘llanadi va tashqi tomondan oddiy sinfning funktsiya-a’zo atamasidan farq qilmaydi. C++Builder tili komponyentlarning turi va funktsional xulq-atvorini nafaqat myetodlar yordamida, balki komponyentlar sinflarigagina xos bo‘lgan xususiyatlar vositasida ham manipulyatsiya qilish imkonini byeradi. C++Builder muhitida ishlar ekansiz, siz ilovani loyihalash bosqichida ham, uni bajarish bosqichida ham komponyentli ob’yekt ustida ishlash (manipulyatsiya qilish) mumkin ekanini tushunib yetishingiz ayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |