«Режимыпривязки» - Bog’lanish rajimlari. B uyruq piktogrammasi bog’lanish rejimi va parametrlarini o’rnatishni nazarda tutadi. Piktogramma tanlanganda ekranga «Режимы рисования» - Chizish rejimlari oynasi chiqariladi.
Ushbu muloqot oynasi to’rtta sarlavha bo’limdan iborat.
Bular:
«Шаг и сетка» - Qadam va to’r (setka)
«Отслеживание» - Kuzatish
«Объектная привязка» - Ob’yekt bog’lovchisi
«Динамический ввод» - Dinamik kiritish
Asosiy sarlavha bo’lim - «Объектная привязка» - Ob’yekt bog’lovchisi ozi tanlangan holda chiqadi. Ushbu sarlavxa bo’lim «Режимы объектной привязки» - Ob’yekt bog’lovchisi rejimibo’limidan va quyidagi bandlardan iborat:
«Объектная привязка Вкл (F3) – Ob’yekt bog’lovchisini Yoq (F3). Bu band tanlansa undagi () belgi o’rnatilishi yoki olib tashlanishi mumkin. (F3) esa klaviaturadagi tezkor klavisha F3 ekanligidan xabar beradi. Chizish yoki tahrirlash vaqtida F3 tezkor klavisha orqali ob’yekt bog’lovchisi rejimini o’rnatish yoki yopib qo’yish mumkin.
«Объектное отслеживание Вкл (А11) – Ob’yekt kuzatuvchisi Yoq (F11).Bu band tanlansa undagi () belgi o’rnatilishi yoki olib tashlanishi mumkin. (F11) esa klaviaturadagi tezkor klavisha F11 ekanligidan xabar beradi. Chizish yoki tahrirlash vaqtida F11 tezkor klavisha orqali ob’yekt kuzatuvchisi rejimini o’rnatish yoki yopib qo’yish mumkin.
«Режимы объектной привязки» - Ob’yekt bog’lovchisi rejimi bo’limi 13 variantdagi bog’lovchilarni yoqish yoki o’chirishni nazarda tutadi. Har bir band tanlanib undagi () belgi yoqilishi yoki o’chirilishi mumkin.
«Выбрать все» - Hammasini tanlash, «Очистить все» - Hammasini tozalash interfaol tugmalari orqali tezkor tanlash yoki rad etish amalga oshirilishi mumkin.
Izoh: Hamma variantlari tanlansa maqsadga muvofiq bo’lar edi. «Шаг и сетка» - Qadam va to’r (setka)sarlavxa bo’limi ekranga yordamchi to’rni va qadamba qadam bog’lanishni parametrlarini o’rnatishni nazarda tutadi. Odatda ushbu funcsiyalar bilan ishlanmaydi.
«Отслеживание» - Kuzatish sarlavxa bo’limi kuzatuvchi o’qlarning burcak kattaliklarini kiritishni nazarda tutadi. Ish jarayoni uchun X va Y o’qlaridan tashqari yana qo’shimcha burchak qiymatiga ega o’qlar bilan ham ishlashga to’g’ri keladi.
Ushbu parametrlar «Полярные углы» - Qutb burchaklaribo’limida o’rnatiladi. «Шаг углов» - Burchaklar qadami berilgan qiymatda qutb o’qlarining takrorlanib turishini bildiradi.