kengashida ko’rib chiqildi va Ilmiy-uslubiy kengash raisi chop etishga ruxsat berildi. t.f.n., dotsent A.T.Quldashev Ro’yxatga olindi_________ ________________________
«____» __________2015 y «_____» ____________ 2015 y
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan «Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi AutoCAD» mavzusida amaliy mashg’ulotlarni hamda mustaqil
ishlarni bajarishlari uchun
USLUBIY KO’RSATMA (barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun mo’ljallangan)
SAMARQAND – 2015
UDK: 004(075)007(075)
Bugungi kunda uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish vositalari foydala-nuvchilarning e'tiborida bo‘layapti va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan foydala-nish konstruktorlik-loyihalash ishlarining sifatli bajarilishi hamda foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqliqda bajarish va qog‘ozga chiqarish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari-kompyuterda turli qurilmalar, mexanizmlar va binolarning loyihalarini yaratishga xizmat qiluvchi vositalardir.
Mazkur uslubiy ko’rsatma talabalarning «Informatika va axborot texnolo-giyalari» fanidan «Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi AutoCAD» mavzusida amaliy mashg’ulotlarni bajarishlari uchun mo’ljallangan. Kompyuterli model-lashtirishni loyihalashtirishning universal grafik tizimi muhitidan iborat bo‘lgan AutoCAD dasturidan foydalanishning boshlang’ich uslubi taklif etilgan. Hozirgi davrda AutoCAD ning dasturiy ta'minoti kompyuter grafikasi mahsulotlari ichida eng yaxshi mahsuloti bo‘lib, shaxsiy kompyuterlarda keng tarqalgan avtomatik loyihalash tizimi hisoblanadi. Har qanday dasturiy ta'minotning eng muhim xarakteristikalaridan buri boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlata bilish xusu-siyatidir. Shu sababli AutoCAD tizimi katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, o‘z mahsulotini 3D Studio Max tizimiga eksport qilgan holda uch o‘lchovli modellarni animatsiya qilish imkoniyatini beradi. AutoCAD tizimida ishlab chiqilgan fayllar Microsoft Office dasturining har qanday mahsulotlari bilan mos keladi .
Ushbu uslubiy ko’satmada AutoCAD ning ruscha versiyasining o‘zbek tilida izohlangan varianti berilgan.