Ajratuvchi (dempfirlovchi) qatlam.
Optik kabelning konstruktiv tuzilishidagi
turli xil elementlarni bir-biriga ta’sir bosimini kamaytirish va siquvchi mexanik
kuchlarga chidamlilikni oshirish uchun ajratuvchi qatlam qo‘llanadi va u penoplast bilan
to‘ldirilgan holda bajariladi.
Tashqi muxofazalovchi qobiq.
Optik kabellar ichiga namlikni, zararli par
aralashmalarini kabellarni yotqizish va ekspluatasiya jarayonida hosil bo‘luvchi tashqi
mexanik ta’sirlardan muhofaza etish uchun tashqi muhofazalovchi qobiq qo‘llanadi.
Odatda bunday qobiqlar uchta guruhga bo‘linadi: metalloplastmassali, plastmassali va
kuchlantiruvchi elementga ega bo‘lgan plastmassali.
Metalloplastmassali qobiqlar yupqa metall qobiqdan va plastmassali qatlamdan
tashkil topadi. Unda alyuminiyli yoki po‘lat tasma ustma-ust ravishda to‘liq spiral
bo‘yicha butun uzunlik yo‘nalishida o‘ralib chiqiladi va u o‘z navbatida uchlari
payvandlab ulangan yoki qalaylab payvandlab ulangan hamda ustma-ust joylashgan
naycha ko‘rinishga keladi. Optik kabelning egiluvchanligini yaxshilash maqsadida
metaldan iborat bo‘lgan qobiqni bosib ezish qarshiligini kamaytirish uchun kabel o‘zagi
to‘lqinsimon po‘lat qobiqni ko‘rinishida tayyorlanadi. Bunday ko‘rinishdagi
kombinasiyalangan qobiq namlikni umuman o‘tkazmaydigan ajoyib to‘siq bo‘ladi.
Bundan tashqari bunday to‘lqinsimon po‘lat qobiqni zirx qatlami o‘rnida ham
foydalansa bo‘ladi.
Ekspluatasiya tajribasidan shuni ko‘rish mumkinki, optik kabelning ko‘pchilik
konstruksiya tuzilishlarida bunday holda muxofazalash bir muncha ortiq, chunki kabel
namlikni o‘tkazmaydigan to‘ldirgich yoki namlikdan muhofazalovchi boshqa tizimlar
mavjud. Bunday holatlarda plastmassali qobiqlar kabel o‘zagi ustiga polietilen,
polivinilxlorid kabi plastmassa materiallarini presslash usuli yordamida qoplanadi
Bunday qobiq namlikni o‘tkazmaydigan bo‘la olmaydi.
Kuchlantiruvchi elementlarga ega bo‘lgan plstmassa qobiq butun uznlik bo‘ylab
po‘lat yoki FRP kabellar kabi sintetik iplarga ega bo‘lib ular o‘z navbatida bitta
konstruktiv element yordamida ikkita funksiyani bajaradi
Tashqarida yotqiziluvchi plastmassa koplamli optik kabellar odatda polietilendan
tayyorlanadi Polietilen qobiqni ultrabinafsha nurlanishdan muhofazalash uchun
polietilen tarkibiga qora ko‘mir qo‘shish bilan erishiladi Bino ichida yotqiziluvchi optik
kabellarning tashqi qobig‘i uchun polivinilxlorid qo‘llangan, ammo bunday material
xavfli xususiyatga ega, agar polivinilxloridni yuqori haroratga qadar qizdirilganda u
buziladi va tuzli kislotani hosil qiladi. Polivinilxloridning zararli bo‘lishi va zaxarli
gazlar chiqarish hisobiga polivinilxlorid oxirgi paytda qo‘llanilmayapti. Shuning uchun
bino ichiga yotqiziluvchi optik kabellarning tashqi qobig‘i uchun gidroksid alyuminiy
(plastik polimer) qo‘llanadi. Bunday materiallardan tayyorlangan qobiq yonish
jarayonida polimer va to‘ldirgichlar inson hayotiga zarar bermaydigan kam tutaydigan
mahsulot ajratib beradi va u samarali ravishda yong‘inni alanga bo‘lib yonish oldini
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |