bo‘lib, u optik tolalardan va elementlar jamlanmasidan iborat bo‘lib birinchi navbatda
optik tolalarni kabel tayyorlash jarayonida, ularni transportirovka qilishda, yotqizishda
mobaynida xizmat ko‘rsatish jarayonida optik tolalarning uzatish parametrlarini stabil
holda saqlab turish uchun qo‘llanadi. Bundan tashqari optik kabellarning konstruktiv
tuzilishi kabel montaji jarayonini oson holda bo‘lishini ta’minlab berishi hamda optik
Odatda optik kabellar turli informasion tarmoqlarda qo‘llanib ular turli va har
tomonlama xosil bo‘luvchi hamda muxitni o‘rab turuvchi xavfli ta’sirlar ostida bo‘ladi.
Shuning uchun optik kabelning konstruktiv tuzilishi turli xil ko‘rinishda bo‘lishi bilan
birga har qanday tashqi ta’sir jarayonlarida ekspluatasiya qilinuvchi bo‘lishi lozim.
Magistral va hududiy optik kabellar kattadan-katta masofalarga turli xil
ma’lumotlarini uzatish uchun qo‘llanadi, shuning uchun bunday kabellar kichik
qiymatdagi yuqotuvchanlikga va dispersiyaga (kattadan-katta keng o‘tkazish polosali)
ega bo‘lishlari lozim.
Shaharda qo‘llanuvchi optik kabellar asosan stansiyalarni bir-biri bilan bog‘lash
uchun bog‘lovchi liniya vazifasini bajaradi va ular 5…10 km bo‘lgan kichik
masofalarda ma’lumotlarni uzatish uchun qo‘llanadi.
Obyekt ichi (lokal) tarmoqlarda turli xil ma’lumotlarni katta tezliklarda korxona
yoki bitta bino ichida xamda xarakatdagi obyektlarda, lokal hisoblash tarmoqlarida
qo‘llansa, montaj uchun qo‘llanuvchi optik kabellar esa apparatura va kompyuter ichida
va bloklar orasida montaj uchun qo‘llanadi.
Dala sharoiti uchun qo‘llanuvchi optik kabellar esa elektr va optik kabel
magistrallarda avariya natijasida shikastlangan joylarni va avariya tiklash ishlari bilan
bog‘lik bo‘lgan joylarda qo‘llanadi.Bundan tashkari dala kabellari berkitilgan aloka
uchun va xarbiy taktik ishlar uchun qo‘llanadi.
Optik kabellarni yotqizish sharoiti va ekspluatasiya sharoiti buyicha quyidagi
guruxlarga bo‘linadi:
- yer osti;
- telefon kabel kanalizasiyasida, kollektorlarda va quvurlarda yotqiziladigan;
- suv osti;
- osma;
- ichki (stansiya uchun).
Yer ostida yotqiziluvchi optik kabellar hamma kategoriyadagi tuproqli
yerlarga, uncha chuqur bo‘lmagan daryolarning kechuv joylarida va kemalar
qatnamaydigan daryolar kechuvida yotqiziladi.
Ikkinchi guruxga ta’luqli bo‘lgan optik kabellar esa aholi istiqomat qiluvchi
manzilgoxlardagi telefon kabel kanalizasiyasi ichida, quvurlar ichida, kollektorlarda,
shaxtalarda va ko‘priklarda yotqiziladi.
Suv osti optik kabellari esa dengiz magistrallarida, ancha chuqur bo‘lgan suv
xavzalarida yotqiziladi chunki bunday kabellarning mexanik mustaxkamligi yuqori
darajada bo‘lishi kerak.
Osma optik kabellar elektr uzatish liniyalarining yashindan muxofazalovchi
troslarida va faza simlari ichida, elektrlashtirilgan temir yo‘llarning kontakt
tarmoqlarida yotqizish uchun osiladi.Bundan tashqari bunday guruxdagi optik kabellar
shahar sharoitida bitta binodan ikkinchi binoga o‘tish qurilmalarida va havo aloqa
liniyalarining simyog‘ochlariga yotqizish uchun osiladi, qishloq joylarda esa bunday
kabellar maxsus tayanchlarga osiladi.
Ichki yoki lokal tarmoqlari optik kabellari asosan bitta bino ichida yotqizish
uchun xamda xarakatdagi obyekt ichida yotqizish uchun qo‘llanadi.
Optik kabelning konstruktiv elementlarini quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkin:
-optik tolaning muxofazalovchi qatlami;
-optik kabelning o‘zagi;
-kuchlantiruvchi (qattiqlovchi) elementlar;
-ajratuvchi qatlamlar;
-tashqi muxofazalovchi qobiqlar;
-zirx qatlamlar;
-gidrofob to‘ldirgichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: