Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telekommunikatsiyalar



Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/222
Sana15.11.2022
Hajmi5,02 Mb.
#866857
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   222
Annotatsiya.
Maqolada birlamchi tibbiyot bo‘g‘ini o‘zi nima, birlamchi 
tibbiyot bo‘g‘inidagi foydalaniladigan tibbiy texnikalar haqida ma’lumotlar haqida 
bo‘ladi. 
Kalit so‘zlar
: Birlamchi tibbiyot bo‘g‘ini , oilaviy poliklinika, QVP , EKG , 
UTT, roentgen 
Oilaviy poliklinika va qishloq vrachlik punkti o‘ziga biriktirilgan mahalla, 
qishloq, daha va boshqa joylardagi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadigan sog‘liqni 
saqlashning birlamchi bo‘g‘inlari bo‘lib hisoblanadi[1]. 
Oilaviy poliklinika – ko‘p tarmoqli yoki ixtisoslashgan tibbiy profilaktika 
muassasasi bo‘lib, bemorlarga tibbiy yordam, shu bilan bir qatorda maxsus tibbiy 
yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, uy sharoitida kasalliklarni davolash va 
profilaktikasida kompleks tibbiy-profilaktika tadbirlari qo‘llaniladi. 
QVP - kichik shahar tipidagi aholipunktlari, kichik sanoat korxonalari yoki 
qishloq xo‘jaligi o‘quv-uchastka aholisiga ambulator tibbiy yordam bilan 
ta’minlash uchun mo‘ljallangan davolash va profilaktika muassasasi. 
Qishloq joylarida ambulatoriya xizmatlari qishloq sog‘liqni saqlash 
tizimining asosiy tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan paramedik va akusherlik punktlari 
orqali ta’minlanishi mumkin. Faoliyatning uchastka printsipi bemorlarni faol 
aniqlash, 12 ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni o‘rganish, 
profilaktik va sanitariya-oqartuv ishlarini amalga oshirish imkonini beradi. QVP da 
ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam cheklanganligi va xodimlarning oz sonliligi 
shuningdek, xizmat ko‘rsatadigan bemorlarning soni) bilan farqqiladi. Odatda, 
ambulatoriya qishloq atrofida joylashgan bo‘lib, unda aholiga tibbiy yordam 
ko‘rsatish eng kam mutaxassis 5 ta dan ko‘p bo‘lmagan xolatda) - terapevt, jarrox, 
akusher va pediatr bilan amalga oshiriladi[2]. 
UTT - ultratovushli tekshiruv. Ko‘pchilik uni UZI nomi bilan yaxshi taniydi. 
Instrumental tashxislash vositasi, ichki a’zolar holatini tekshirish kabi holatlarda 
ishlatiladi. Ultratovush tekshiruvi bu - organlar va to‘qimalarni ultratovush 
to‘lqinlari yordamida tekshirishdir. Maxsus ultratovush qabul qiluvchi qurilma bu 
o‘zgarishlarni grafik tasvirlarga aylantirib yozib boradi. Bu tasvirlar monitor yoki 
maxsus fotoqog‘ozda aks etishi mumkin. UTTni bemorni kuzatishning bir necha 
oydan tortib yillargacha butun muddati davomida ko‘p marta qo‘llash mumkin. 
Bundan tashqari, agar klinik vaziyat taqozo qilsa tekshiruvni bir kun davomida bir 
necha marta amalga oshirish mumkin[3]. 
Ultratovush diagnostikasi tibbiyotda etakchi o‘rinlardan birini egallaydi, 
chunki bu ko‘plab kasalliklarni tashxislash muammolarini hal qilishga imkon 
beradi: yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish, genitoüriner, qalqonsimon, sut bezlari 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
457 
va tuprik bezlari, nevrologiya, onkologiya, oftalmologiya va mushak-skelet tizimi. 
Ultratovush ginekologiyada, ayol jinsiy a’zolarining kasalliklarini tashxislashda va 
homilaning rivojlanish jarayonini baholashda akusherlik amaliyotida keng 
qo‘llaniladi[4]. 
Elektrokardiogramma (elektro kardio va gramma) (EKG) — yurak muskuli 
ishlayotganda hosil boʻlgan elektr impulslari yozib olingan egri chiziq. 
Elektrokardiograf yordamida qogʻozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun 
gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKG si gavdaning turli qismlari 
(koʻkrak qafasi, qoʻl va oyoqlar)ga oʻrnatilgan va elektrokardiografga ulangan 
elektrodlar bilan yozib olinadi. Hozirgi zamon tibbiy texnika yutuqlari 
tekshirilayotgan odam ancha uzoq masofada boʻlsa ham tele yoki radiouzatkichlar 
yordamida EKGni yozib olish imkoniyatiga ega. Bunday usullar og ʻir jismoniy 
sinovlarda, sportchilar, kosmonavtlar va boshqalarning yurak faoliyatini kuzatish 
imkoniyatini beradi. 
Sogʻlom odamlar EKGsi gavda tuzilishi, yoshi va boshqalarga bogʻliq. 
Ammo normal EKGda har doim yurak muskulining ketma-ket qoʻzgʻalishini aks 
ettiruvchi tishchalar va intervallarni farq qilish mumkin. Turli kasalliklarda EKG 
tishchalarining oʻlchami, oraliqlari va yoʻnalishi, intervallar (segmentlar)ning 
davom etishi hamda joylagdishi anchagina oʻzgaradi. EKG yordamida yurak 
ritmining turli oʻzgarishlari, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarktining 
xarakteri va bosqichlari aniqlanadi. EKG yurak kasalliklarini diagnostika qilishda 
boshqa usullardan samarliroq hisoblanadi[5]. 
Rentgen apparati(R.A) – rentgen nurlarit hosil qilish va ulardan foydalanish 
uchun 
moʻljallangan 
qurilma. 
Rentgen 
apparati 
rentgenodiagnostika, 
rentgenoterapiya va rentgen analizida ishlatiladigan turlarga bo ʻlinadi. Rentgen 
apparatining muqim (rentgen kabinetlarida, lab. va boshqa(lar) maxsus xonlarda 
ishlaydigan va boshqa(lar)) va koʻchma (koʻlda olib yuriladigan) xillari boʻladi. 
Rentgen apparati rentgen trubkasi, transformator va toʻgʻrilagichdan, rentgen 
apparatini boshqarish va nazorat qilish pulti, o ʻrganiladigan obyekt va rentgen 
trubkasi oʻrnatiladigan shtativdan iborat. Rentgen trubkasi elektrovakuum asbob; 
unda rentgen nurlari hosil qilinadi. Asosiy qismlari: anod (rentgen nurlari manbai), 
katod (elektronlar manbai) va qobiq (kolba). Anodga yuqori kuchlanish brilganda 
anod sirtida tezlashgan elektronlar oqimi tufayli bombardimon sodir bo ʻladi. Hosil 
boʻlgan kinetik energiyaning bir qismi rentgen nurlariga, ko ʻp qismi issiqlik 
energiyasiga aylanadi. R.A. ishlayotganda xavfsizlikni ta ʼminlash uchun yuqori 
kuchlanish ostidagi qismlari muhofaza qilib qo ʻyiladi, signalizatsiya tizimi boʻladi; 
Qurilmaning baʼzi qismlari va apparat oʻrnatilgan xona blokirovka qilinadi, 
rentgen nurlaridan himoya qilish vositalaridan foydalaniladi. Tibbiyotda rentgen 
apparati yordamida aʼzolarni koʻrish, suratini olishdan tashqari, flyuorogrfiya 
oʻtkazish mumkin. Muqim R. A. ga aʼzolarni kavatma-kavat kuzatish 
(tomografiya), yurak va qon tomirlarini kontrast tekshirish (antiografiya) uchun 
alohida moslamalar oʻrnatiladi. Qurilmadagi elektron-optik oʻzgartirgich 
tekshirilayotgan obyektdagi eng mayda aʼzo va boshqa(lar)ni ham koʻrish, uni 
kinoga olish hamda televizion yoʻl bilan kuzatish imkonini beradi[6]. 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
458 
Xulosa qilib aytganda tibbiyotga zamonaviy axborot texnologiyalarini 
qo‘llanilishi bemorlarga tashxis aniqligini oshirishga, davolash jarayonlarini 
tezlashtirishga, davolash davrini qisqartirib yahshi natijalar olishga asos bo‘ladi. 

Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish