Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telekommunikatsiyalar


GOOGLE XIZMATLARINING TA’LIM JARAYONIDA O‘RNI



Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/222
Sana15.11.2022
Hajmi5,02 Mb.
#866857
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   222
GOOGLE XIZMATLARINING TA’LIM JARAYONIDA O‘RNI 
Allaberganova Muyassar Rimberganovna
1
, Ravshanqulov Abbos Ravshanqul 
o‘g‘li
2
 
1
TATU Urganch filiali o‘qituvchisi, 
amuyassar83@gmail.com
 
2
TATU Urganch filiali talabasi, ravshanqulovabbos3@gmail.com 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada bulutli texnologiyalar haqida tuhuncha, 
bulutlit xizmatlar, google xizmatlari va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish 
haqida ma’lumot berilgan. Bunda bulutli texnologiyalar, bulutlit xizmatlar, google 
xizmatlar haqida umumiy ma’lumot, Google xizmatlaridan foydalangan holda 
o‘quv jarayonini tashkil etish bir qator afzalliklari, Google xizmatlari orasida eng 
ommabop va asosiy o‘quv vazifalarini hal qilishga hissa qo‘shadigan Google 
Drive, Google Docs, Google Presentations, Google Sheets, Google Forms va 
Google sites ilovalari va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish haqida 
ma’lumotlar berilgan. 
Kalit so‘zlar: bulutli texnologiyalar, bulutli servislar, Google xizmatlari, 
Google Drive, Google Docs, Google Presentations, Google Sheets, Google Forms, 
Google sites 
 
Zamonaviy jamiyatda dolzarb masalalarni yechishda turli xil axborot va 
“bulutli” xizmatlardan foydalanish keng tarqalib bormoqda. O‘qitish va 
individuallashuv jarayonlarini tadqiqot qilishda turli xil zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanish pedagoglarning diqqatini o‘ziga jalb qilib 
kelmoqda. Chunki mazkur sohadagi rivojlanish o‘quvchilarning shaxsiy o‘ziga xos 
jihatlarini hisobga olishi bilan bog‘liq jarayonlarni avtomatlashtirishda instrument 
bo‘lib xizmat qiladi. Individuallatirish variantlaridan biri – bu individual o‘qitish 
traektoriyasini tuzish lozim. Bu holatda nafaqat o‘quvchining bilim saviyasi, balki 
xotirasining rivojlanishi, fikrlashidagi turli hil yondashuvlarining shakllanishi ham 
hisobga olinadi. 
Hozirgi kunda “bulutli texnologiyalar” so‘zlar birikmasi ko‘pchilik 
tomonidan foydalanilmoqda. Masalan, ilmiy-texnikaviy maqolalarda quyidagi 
“bulutli ilovalar”, “bulutli xizmatlar” va “bulut” atamalari foydalanilmoqda. Biroq 
ushbu tushunchalar ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlarda juda kam uchraydi. 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
648 
“Bulutli texnologiyalar, xizmatlar va ilovalar” atamlariga berilgan 
tushunchalarni tadqiq qilish natijasida o‘qitish faoliyatini tashkillashtirishda 
foydalanish uchun quyidagi tushunchasini hosil qilishga erishildi. “Bulutli 
texnologiyalar”ning asosini “bulutli xizmatlar” tashkil qiladi. Ushbu xizmatlar 
“bulutli texnologiyalar”ni yaratuvchi tomonidan foylanuvchiga taqdim etiladi. 
Xizmatlar o‘z navbatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: “bulutli servislar” va 
“bulutli ma’lumotlar xotirasi”. 
“Bulutli servislar” – bu tugallangan dastur bo‘lib, “bulutli texnologiyalar”ni 
yetkazib beruvchining serverlarida ishga tushiriladi va shaxsiy dasturiy muhitda 
bajariladi, foydalanuchining ishlashi uchun ruxsat berilgan bo‘ladi. 
“Bulutli servislar” soni kundan kunga oshib bormoqda. Ularning ko‘rinish shakli, 
dasturiy ta’minoti, ishlash imkoniyatlariga bo‘lgan texnik talablar o‘zgarib 
bormoqda[1]. 
Ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari masofaviy ta’lim 
texnologiyalaridan faol foydalanishni nazarda tutadi. Keng tarqalgan masofaviy 
ta’lim vositalaridan biri bu - Google xizmatlari bo‘lib, undan Google akkauntiga 
ega har qanday foydalanuvchi to‘liq imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. 
Google xizmatlaridan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish bir 
qator afzalliklarga ega: 

istalgan qurilmadan ma’lumotlarga murojaat qilishi (agar Internet mavjud 
bo‘lsa); 

lokal kompyuterdagi operatsion tizim va dasturiy ta’minotga bog‘liq 
bo‘lmaslik; 

turli ilovalardan bepul foydalanish imkoniyati; 

foydalanuvchilar bilan birgalikda ishlash imkoniyati; 

tezkorlik. 
“Google xizmatlari onlayn rejimda ishlashni ma’qul ko‘radigan odamlarning 
ishini tashkil etishga yordam beradi, ya’ni, ta’lim muassasasi devorlaridan 
tashqarida yangi ta’lim muhiti shakllantiriladi” [2]. 
Google xizmatlari orasida eng ommabop va asosiy o‘quv vazifalarini hal 
qilishga hissa qo‘shadigan Google Drive, Google Docs, Google Presentations, 
Google Sheets va Google Forms hisoblanadi (1-rasm). 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
649 
1-rasm. “Google xizmatlari” ilovalari 
«Google Drive» xizmati – bu har xil turdagi fayllarni, ya’ni matn va 
elektron jadval hujjatlari, grafik va boshqa tasvirlar, video va audio kontentni 
saqlash imkonini beruvchi bulutli xotira hisoblanadi. 
Google Docs - bu matnli hujjatlarni yaratish va tahrirlash uchun barcha 
kerakli funksiyalarga ega matn muharriridir. Ushbu xizmat sizga hujjatlarni 
kompyuteringizga yuklab olmasdan masofadan turib ishlash imkonini beradi. 
Matnli hujjatlarni turli formatlarda saqlashingiz mumkin: DOC, PDF va hokazo. 
Bunda formatlash vositalari bilan ishlash qiyinchilik tug‘dirmaydi, chunki ular 
Microsoft Office ilovalarida taqdim etilgan interfeys bilan bir xil. 
Google Docs xizmatidan foydalanib, siz o‘zingizning elektron o‘quv 
kursingizni yaratishingiz va talabalarga materiallardan foydalanish imkoniyatini 
berishingiz mumkin. Har qanday Google xizmati materiallarga kirishning ikkita 
variantini nazarda tutadi: hamkorlik uchun kirish va havola orqali kirish 
(cheklanmagan miqdordagi foydalanuvchilar uchun ochiladi). Foydalanuvchilar 
kirish huquqiga ega bo‘lishlari uchun siz materiallar bilan ishlashning uchta 
rejimini tanlashingiz mumkin: o‘quvchi (tahrirlash huquqisiz), sharhlovchi, 
muharrir (hamkorlikni nazarda tutgan holda) 
Google Forms sizga yopiq va ochiq viktorinalar yaratish imkonini beradi. 
Yopiq turdagi testlar orasida quyidagi turdagi test savollarini ajratib ko‘rsatish 
mumkin: 

bitta javob variantli test; 

bir nechta tanlovga ega test; 

ochiluvchi ro‘yxat ko‘rinishidagi javobli test (ya’ni foydalanuvchi 
ochiladigan ro‘yxat-menyudan bitta variantni tanlaydi). 
Ochiq testlar uchun ikkita variant mavjud: 

qisqa javob test; 

batafsil javobni talab qiluvchi test; 
Batafsil javobni nazarda tutuvchi oxirgisidan tashqari barcha 
test 
topshiriqlari avtomatik tarzda tekshiriladi. "Google Forms" yordamida siz kirish 
nazoratini, oraliq sertifikatlashni tashkil qilishingiz mumkin, Google shakllari 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
650 
keyinchalik bilimlarni o‘z-o‘zini tekshirish bilan simulyator sifatida ham 
foydalanish mumkin. 
«Google Sheets» xizmati ma’lumotlarni tahlil qilish maqsadida jadvallar, 
diagrammalar yaratish imkonini beradi. Ular turli fayl turlariga import qilinishi va 
eksport qilinishi mumkin. 
Google sites - foydalanuvchidan ilg‘or texnik bilimlarni talab qilmaydigan 
oddiy sayt yaratuvchisidir. Uning yordamida siz o‘zingizning ehtiyojlaringiz uchun 
moslashtirilgan shablon veb-sahifalar to‘plamini tezda yaratishingiz, to‘ldirishingiz 
va nashr qilishingiz mumkin. Loyihalaringiz va tadbirlaringiz uchun har qanday 
ekranda ajoyib ko‘rinadigan chiroyli va yuqori sifatli veb-saytlarni yaratish 
imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 
Google xizmatlaridan darsning istalgan bosqichida foydalanish mumkin. 
Ushbu xizmatlar nafaqat elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish va ulardan 
foydalanishni ta’minlash, balki o‘quvchilarning muloqoti va hamkorligini tashkil 
etishni osonlashtiradi, o‘qituvchiga ta’lim yutuqlarini kuzatish va baholashga 
yordam beradi, ta’limni masofadan turib boshqarish va talablarga muvofiq 
individual ta’lim strategiyasini yaratadi. 

Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish