Ushbu qarorga asosan:
2012-2014 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
2012-2014 yillar davrida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Milliy axborot tizimiga ulanadigan axborot tizimlari ro’yxati tasdiqlandi;
Axborot va uning turlari, xossalari, o’lchov birliklari
Axborot - so’zi lotincha «informatio» so’zidan kelib chiqgan bo’lib tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’noni anglatadi.
Axborotning o’zini esa biror ob’yekt, atrof muxitni ma’lum bo’lagi yoki ma’lum jarayon xaqidagi, aniqmaslik darajasini kamaytiradigan belgilar, belgilar (parametrlar), tafsilotlar yo’riqlar va h.k. majmuasi deyish mumkin.
O’z navbatida xabar axborotni tasvirlash formasi bo’lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va h.k. ko’rinishida ifodalanadi.
Umuman, zamonaviy mazmunda olganda - axborot bu odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.
Informatika - bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan, ko’nikma va vositalar tizimidir.
Informatika atamasi 60 yillar oxirida Frantsiyada vujudga keldi. U axborot (informatique) va avtomatika (automatique) so’zlarini birlashtirishdan hosil bo’lib, «Ma’lumotni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda kompyuter fani Computer science deb ataladi.
Mustaqil fan sifatida informatika 40 - yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinsiplari haqidagi - kibernetika fani bazasida vujudga keldi.
Informatikaning asosiy vazifasi - axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish, hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iboratdir.
Informatika quyidagi masalalarni yechadi:
Ixtiyoriy informatsion jarayonlarni tekshirish;
Informatsion jarayonlarni tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish;
Jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va injenerlik muammolarini yechish.
Shartli ravishda informatikani uchta o’zaro bog’liq qismga bo’lish mumkin:
Apparatli texnika vositasi.
Dastur muhiti.
Algoritmlar muhiti.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan sohadir.
Tor ma’noda informatika 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar va algoritmlar. Shuningdek, informatikani xalq xo’jaligidagi, fundamental va tadbiqiy fanning bir tarmog’i deb ko’rish mumkin.
O’z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har bir tarmog’i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo’lsin, undagi axborot o’zining maxsus tomonlari bilan tavsiflanadi.
Masalan, iqtisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida aytadigan bo’lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo’lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma’lumotlar to’plami bo’lib hisoblanadi.
Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri - iqtisodiy axborot. Uning farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan, korxonalar va shu singari boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog’liqligidadir.
Ma’lumot yoki axborot tarixan moddiy va ma’naviy boyliklar qatoridagi qadriyatlardan bo’lib kelgan. Tinch hayot davrida xom ashyoni qayta ishlash, inshootlarni puxta qilib yaratish, tabiyat injiqliklariga bardosh bera olishga doir tajriba xulosalari yozma yoki og’izdan - og’izga ko’chuvchi ma’lumot, oila, qabila va millat-elatlarni mavqeini belgilovchi manba va boylik sifatida qadrlangan. Urush yoki taxlikali kunlarda esa dushman qurolli kuchlari, rejalari, mudofaa imkoniyatlari haqidagi ma’lumot hayot-mamot masalasi bo’lgan. Shu bois ma’lumotga nisbatan har doim uni saqlash, tezkorlikda uzatish va to’g’ri taxlil qilish kabi masalalar dolzarb bo’lib kelgan. Masalan, ma’lumotni qulay va ishonchli saqlash maqsadida qog’oz ixtiro qilingan, tezkorlikda va ta’sirchan uzatish uchun telegraf, telefon, radio, televidenie ixtiro qilingan. To’g’ri va tezkor tarzda katta hajmdagi ma’lumotni qayta ishlash maqsadida esa kompyuter ixtiro qilingan deyish mumkin.
Ishlab chiqarish kuchlari imkoniyatlari hamda fan-texnika yuqori cho’qqilarga ko’tarilgan zamonida ham ma’lumot yoki axborot o’ta muhim ahamiyatga ega tovar sifatida namoyon bo’ladi. Endi yangi ma’lumot yoki bilimlarni yaratuvchi bir qator mutaxassisliklar mavjudki, muayyan shaxs, tashkilot, tarmoq hatto davlatlar taqdiri va salohiyati ulardan o’z vaqtida olingan sifatli ma’lumotga bog’liq desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu mutaxassislarni kuch-qudrati bir tomondan o’z sohalaridagi yuqori malakasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan hisoblash mashinalari (kompyuterlar) zamonaviy informatsion texnalogiyalarni o’zlashtirganliklarida namoyon bo’ladi. Haqiqatan ham kompyuter, aniqrog’i u va unga ulanadigan uning imkoniyatlarini nihoyatda kengaytiradigan yordamchi qurilmalar majmuasi, quyidagi tuzimga ko’ra ma’lumotni qayta ishlaydi: axborot-kompyuter-axborot.
Ko’p hollarda kompyuterga kiritiladigan axborot bilimlar yoki ma’lumotlar bazasi sifatida namoyon bo’ladi, unda hosil qilingan axborot esa o’z iste’molchisiga ega bo’lgan yuqori baholarga ega tovar sifatida qadrlanadi.
Xulosa qilib aytganda, bir tomondan eng xaridorgir tovar yangi ma’lumotni yaratish, qayta ishlash va uzatish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib yetishish uchun mutaxassislarni shakllantirish bo’lsa, ikkinchi tomondan bu maqsadga erishishda ularga sharoitlarni ta’minlash olimlarning vazifasidir.
Kompyuterlar imkoniyatlari takomillashuvi hamda ishlab chiqarish va hayotni turli sohalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan sohasini informatika fani predmetini bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu fanni o’qitishda har bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va ko’nikmalar majmuasini belgilash imkonini beradi va taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |