Rastrli grafika
Vektorli grafika
Fraktal grafika
Kompyuter grafikasi (mashina grafikasi) deganda obyektlarning hajm modellarini yaratish, saqlash, ishlov berish va EHMlar yordamida ularni tasvirlash tushuniladi.
Kompyuter grafikasi yangi axborot texnologiyalari orasida to’xtovsiz rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika sohasida ham, dasturiy vositalar sohasida ham ko’zga tashlanmoqda. Ular videofilm kadrlari bilan sifat bo’yicha taqqoslashga loyiq haqiqiy, hajmli harakatlanuvchi tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Bu dasturiy mahsulotlar reklamalar ishlab chiqaruvchi vositalar hisoblanib, san’at va multimediya texnologiyasi sohalarida qo’llaniladi.
Bundan tashqari namoyish grafikasiga, geometrik modellashtirishga, grafik interfeyslarni loyihalashga, animatsiya (harakatli tasvirlar bilan ishlash)ga va ko’zga ko’rinuvchi (vizualniy) harakatni ko’rishga katta e’tibor berilmoqda.
Kompyuter grafikasi qurilish sohasida, ayniqsa arxitektura va loyihalash ishlarini bajarishda hamda dizaynerlik ishlarini bajarishda muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda.
Grafik ma’lumotlarni ikki xil shaklda ifodalash mumkin: anologli va diskret. Biror qo’lda chizilgan tasviriy san’at asarini olaylik, unga turli buyoqlar bilan ishlov berilgan u anologli tasvir. Buyoqli printerda nashr etilgan tasvirni olaylik u turli rangdagi nuqtalarning to’plamidan iborat- bu diskret tasvirdir. Biz odatdagi tasvirlarni kompyuter xotirasida tasvirlash uchun ularni anologli formadan diskret formalarga o’tkazamiz. Bu jarayonlar grafik tasvirlarni kodlashtirish deyiladi.
Kodlashtirish jarayonida asosan ikki xil kodlashtirish amalga oshiriladi ,rastrli(nuqtali) va fraktalli(vektorli-nurli, formulali). Bu jarayon-larni amalga oshirishda grafik tasvirlar komp’yuterning qaysi qurilmasida qay tasvirda ifodalash maqsadga muvofiqligi nazarda tutiladi. Masalan, monitorlarda tasvirlarning ifodalanishi asosan rastrlidir.
Kompyuterlarda monitor ekranining tasvirlash imkoniyatlari 640x480, 800x600, 1024x768, 1280x1024 nuqtalidir. Agar ekran monoxronli(oq-qora tasvirli) bo’lsa, u holda ikki xil oq yoki qora tasvir uchun yoritish holatini oladi. Bunday holda unga kodlashtirish uchun bir bit xotira yetarli bo’ladi. Ya’ni 0- qora, 1-oq. Agar ekran rangli tasvirlar bilan ifodalanishi lozim bo’lsa, u holda RGB va CMYK rejimlarini qo’llashga to’g’ri keladi. RGB rejimida 256 ta rangni tasvirlash uchun (har bir nuqtaga 3 bitdan xotira ajratiladi)
Eng minimal qiymat qora rang uchun (0,0,0) va eng maksimal qiymat oq rang uchun( 255,255,255) ajratiladi. Ranglarni tashkil etuvchi koordinatlarning qiymatlari qancha katta bo’lsa, ushbu rang shuncha tiniq bo’ladi: misol ko’kimtir-qora rang koordinatlari-(0,0,128), ko’m-ko’k rang-(0,0,255). RGB bu R-Red (qizil), G-Green(yashil), B-Blue(ko’k).
Nol va birlar ketma-ketligi bilan grafik axbarotlarni ham kodlash mumkin. Gazetadagi rasmga diqqat bilan razm solsangiz u mayda nuqtalardan tashkil topganligini ko’rasiz. Turli poligrafiya uskunalarida bu nuqtalarning zinchligi turlicha bo’ladi. Masalan, “Toshkent oqshomi” gazetasida rasm “xalq ta’limi” jurnalidagi rasmga qaraganda aniqroqdir. Ko’pchilik gazetalardagi rasmlarda bir santimetrlik uzunlikda 24 ta nuqta bo’ladi, ya’ni 10X10 santimetrli rasm taxminan nuqtalardan iborat. Agar bular faqat oq va qora nuqtalardan iborat bo’lsa, u holda ularning har birini 1 bit bilan kodlasa bo’ladi. Agar nuqtalar har xil bo’lsa, u holda bitta nuqtaga bir bit yetarli bo’lmaydi. Ikki bit bilan nuqtaning to’rt xil rangini:00-oq, 01-ochkulrang, 10-to’q kulrang, 11-qora rangni kodlash mumkin. Uch bit 8 xil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkoninni beradi va h.k.
Tasvirlarni ifodalashda ishlatilatigan ranglar(K) va ularni kodlashtirish uchun ajratiladigan bitlar(A) o’rtasidagi bog’lanishni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: K= 2A. Va bu moslikni quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin.
Tasvirlarning ekranga chiquvchi ikkilik kodlari videoxotirada saqlanadi. Videoxotiraning o’lchami monitor ekranining tasvirlash imkoniyatlari va ranglar soni bilan aniqlanadi. Uning minimal darajasi esa tasvirlar joylashtirilganidan so’ng uning tasvirlarni qay darajada ifodalashiga qarab aniqlanadi. U quyidagicha aniqlanadi Vmin = M * N * a.
Do'stlaringiz bilan baham: |