Axborot kutubxona katalogi va fondi


  «BDB:  BIBSYS  Digital  Library»,  available  from  http://www.bibsys.no/



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

1  «BDB:  BIBSYS  Digital  Library»,  available  from  http://www.bibsys.no/
 
BDB/eng/.


balardagi tarixiy hujjatlarning tavsifi,  bibliografik ma’lumotlariga 
ega  bo‘lish,  raqamli  foydalanish  imkoniyatini yaratdi.
Lokal  raqamli  kutubxona  faoliyati
Yevropada  bunday  faoliyatning  ikki  turi  mavjud:  ulardan 
biri  tarm oq  orqali  barcha  kutubxona  xizm atlari  turlarini  o‘z 
ichiga  oladi,  ikkinchisi  kutubxonaning  raqamli  faoliyatiga  ja- 
vobgardir.  Bugungi kunda keltirib  o‘tilgan ikkala tur ham  keng 
tarqalgan.
*Raqamli kutubxonalar bo‘yicha Yevropa konferensiyasi — Eu­
ropean  Conference  on  Digital  Library  (ECDL)  ilk bor  1996-yil- 
da  tashkil  etildi.  Keyingi  yillarda  mazkur  konferensiya  texnika- 
viy,  tashkiliy  va  ijtimoiy  masalalarga  bag'ishlangan  Yevropaning 
bosh  forumiga  aylandi.  Bu  ta’lim  tizimini  media  va  axborot  bi­
lan  ta’minlashga  yo‘naltirilgan  bo‘lib,  Germaniya  Fan  va  ta’lim 
vazirligi  tomonidan  qo‘llab-quvvatlandi.  Asosiy  e’tibor  Fan  va 
ta’lim vazirligi,  Germaniya tadqiqotlar instituti,  individual nemis 
federal  yerlari  va  boshqa  ilmiy  tadqiqot  institutlarini  faoliyatini 
moliyalashtirishga bag1 ishlanadi.
Yevropada  raqamli  kutubxonalarning  rivojlanish  faoliyati­
ni  kuzatar  ekanmiz,  raqamli  kutubxonalar  yaratish  bo‘yicha 
ko'pgina  boshiang'ich  loyihalar  dastlab  madaniy  merosni 
saqlashga  yo‘naltirilgani,  keyingi  bosqichlarda  ijtimoiy  gumani- 
tar,  matematika va boshqa ko‘pgina sohalarga e’tibor qaratilgani, 
bularning  orasida,  ayniqsa,  tarixiy  hujjatlarni  raqamlashtirish 
muhim  o‘rin  tutgani  haqida  xulosaga  kelish  mumkin.  Shuning- 
dek,  raqamli  kutubxonalarni  rivojlanishi  bilan  ko‘pgina  jabha- 
lar  qamrab  olina  boshlagan.  Kutubxonalarda  mavjud  qadimiy 
kolleksiyalarni  internet  orqali  foydalanishga  taqdim  etish  orqali 
tadqiqotchilar,  keng  ommani  bahramand  etish  kabi  maqsadni 
ko‘zlaganlar.
Ko‘pgina  raqamli  kutubxonalar  loyihasi  Milliy  kutubxonalar­
ning milliy tillardagi kolleksiyalariga bag‘ishlangan,  bu albatta o‘z 
navbatida barcha tillar va  madaniy qadriyatlarni  saqlanishiga xiz­
mat qiladi.  Shu bilan bir qatorda boshqa til va madaniy qadriyatlar 
vakillari  uchun  foydalanishga  taqdim  etish  maqsadida,  umumiy
194


tillarga  o‘giriladigan  sahifalarning  mavjud  bo‘lishiga  e’tibor  qa- 
ratilgan.  Bunda  asosan,  qadimda  yaratilgan  noyob  kitoblar,  qim- 
matbaho  materiallarga  alohida  e’tibor  qaratilishi,  raqamlashtirish 
obyekti  bo‘lib:  noyob  kitoblar,  qadimiy  qolyozmalar  tanlangani 
ahamiyatlidir.  Masalan, jahonda atigi 4 dona nusxaga ega bo‘lgan, 
1450-yilda  pergamentda  Gutenberg  tomonidan  kitob  nashr  etish 
kashf etilganda chop  etilgan  «Bibliya»  originali  ilmiy-amaliy tad- 
qiqotlar olib borish va «birinchi real kitob»ni his etish maqsadida, 
Gettingen  davlati va universitet kutubxonasi «Guttenberg»  loyiha- 
sini  1999—2002 yillarda amalga oshirdi.  Loyihani amalga oshirish 
jarayonida  raqamlashtirish  ishlari  olib  borilib,  Guttenbergning 
Bibliyasi  Internet  orqali kitobxonlarga taqdim  etildi.  Shuningdek, 
Britaniya  kutubxonasi  tomonidan  Bibliyaning  ikkala  nusxasi  ham 
raqamlashtirilib taqdim etildi.  Bu  esa foydalanuvchilar uchun foy­
dalanish  hamda taqqoslash  imkoniyatini  yaratdi.
D aniil  Grinshteyn  va  Raqamli  kutubxona  Federatsiyasi- 
ning  (D LF)  sobiq  direktori  Syuzanna  Ye.Torinlar  tomonidan 
yozilgan  «Raqamli  kutubxona:  biografiyasi»  kitobida  raqamli 
kutubxona  rivojlanishi  3  bosqichga  b o lin ad i:  yosh  raqamli  ku­
tubxona,  o‘rta  yoshdagi  raqamli  kutubxona  va  yetuk  raqamli 
kutubxona.  M azkur  material  AQSHdagi  D L F  tashkiloti  va- 
killarini  so‘rovnomasi  asosida  yaratilgan  bo'lsada,  Yevropada- 
gi  raqam li  kutubxonalar  rivojlanishining  analogik  rivojlanish 
bosqichlarini  o‘tdi.
Kutubxonalarni  raqamlashtirish  bo'yicha  deyarli  barcha  loyi- 
halar  o‘tgan  asr  oxirida  yakunlandi.  Bugungi  kunda  ham  bu 
borada  tadqiqotlar  davom  etmoqda,  shu  kabi  loyihalar  qo‘llab- 
quvvatlanib,  o‘z  amaliy davomiga ega  bo‘lmoqda.
Yevropada  raqamli  kutubxonalar  kutubxonalarning  axborot 
infrastrukturasiga  aylandi.  0 ‘zaro  bog‘liqligi,  ko‘ptilliligi,  multi- 
medialiligi  Yevropa  raqamli  kutubxonalari  faoliyatining  tenden- 
siyasiga aylandi.
Hozirda 0 ‘zbekistonda raqamli kutubxonalar yaratish bo‘yicha 
bir  qator  loyihalar  bajarilayapti.  Xususan,  Toshkent  axborot 
texnologiyalari  universiteti  «Axborotlashtirish  va  kutubxonashu- 
noslik»  ta ’lim  yo‘nalishi  bitiruvchilarining  bitiruv  malakaviy ish-
195


lari va  magistrlik dissertatsiyalari doirasida elektron  kutubxonalar 
yaratish  metodikasi  tadqiq  etilib,  shoir  va  yozuvchilar,  olim  va 
tadqiqotchilarning elektron kutubxonalarini yaratish, shuningdek, 
turli  fan  sohalariga,  jum ladan,  fizika,  kimyo,  axborot  texnologi- 
yalari,  mashinasozlik,  adabiyotshunoslik,  qishloq xo‘jaligi va h.k. 
sohalarga  oid  resurslarning  to‘liq  matnli  m a’lumot  bazalarini 
yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.  Mazkur yaratilgan resursla­
rini «Ziyonet»,  Elektron ta’lim tizimi va Alisher Navoiy nomidagi 
0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot resurslarida hamda OTM 
yoki  uning  bo‘linmalari  saytlari  resurslarida joylashtirish  ishlari 
amalga oshirilmoqda.
Axborot-kutubxona  muassasalari  oliy  ta’lim  muassasalari 
tarkibiy tuzilmasining bir qismi  hisoblanib,  oliy ta’limning  rivoj- 
lanish  tendensiyalari  bilan  hamnafas  holda  shakllanishi,  rivoj­
lanishi  hamda  zamonaviy  ta’lim jarayonida  yetakchi  o'rinlardan 
birini  egallashi  lozim.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish