Axborot kutubxona katalogi va fondi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

Yakka  hisobga  olish.
  Yakka  hisobga  olish  deyilganda  fondga 
olingan yoki  undan  chiqarilgan  nashrning  har bir  nusxasini  alo­
hida  ro‘yxatga  olish  tushuniladi.  Vaqtli  matbuot  va  audio-vizual 
materiallar ham yakka  tartibda  hisobga  olinadi.
Axborot-kutubxona  muassasalariga  olinadigan  kitobning  har 
bir  nusxasiga alohida inventar raqami beriladi.
Har bir tipograflk  mustaqil  rasmiylashgan  matbuot  asari bos- 
ma birlik deyiladi: kitob, broshura,  kitoblarning qayta nashri, jur- 
nalning  alohida  soni,  plakat,  nota  daftari,  standart  va  hokazo. 
Nashrlarning  bunday  turlari  uchun  hisobni  bir  xil  qilish  maqsa- 
dida  xalqaro  talablarga  muvofiq  hujjatni  nashr  nomeriga  ko'ra 
hisobga  olish joriy etilgan.
Bunday  hollarda  hisob  birligi  uchun  har  bir  alohida  nashr 
hisobga  olinadi.  Bu  hisob  fonddagi  har  bir  nashr  haqida  aniq 
ma’lumot beradi.  Ilmiy kutubxonalar vaqtli matbuotni yillik jam - 
lanmasi  va  alohida  sonini  hisob  birligi  sifatida  hisobga  oladilar.
149


Shuningdek,  quti,  papka,  disk,  kasseta,  m anjetajam lanm a va ho- 
kazolar ham  hisob  birligi bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkin.
Bunday  xilma-xillik  hisobga  olishga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi. 
Shuning  uchun  jahonda  yagona  birlikni  topish  uchun  izlanish- 
lar  olib  borilgan  va  borilmoqda.  Masalan,  to‘ldirilgan  stellajlar 
metraji tom (kitob, broshura, vaqtli nashrlar, qulyozmalar uchun), 
rulon  (tasmadagi axborotlar uchun),  fizik birlik (yassi mikrofilm- 
lar  uchun)  va hokazo.
Kutubxona  ishida  hisobga  olish  inventar  kitobida,  dalolat- 
noma  varaqalarida,  kartochkali  hisob  katalog  va  kartotekalarda, 
ro‘yxatga  olish  daftarlari  va  hokazolarda  olib  boriladi.  Inventar 
kitobi  yakka  hisobning  asosiy  shakli  hisoblanadi.  Boshqa  ku- 
tubxonalardan  depozitar  fondga  olinayotgan  kitoblarni  inventar 
nomeriga  «D»  belgisi  qo‘yiladi.  Fond  tekshirilganda,  Axborot- 
kutubxona  muassasasi  mudiri  almashganda  inventar kitobi  orqali 
qabul  qiladi,  chunki  u  muhim hujjat hisoblanadi.
Katta  fondga  ega  bo‘lgan 
kutubxonalar  inventarizatsi- 
yani  tezlashtirish  uchun  yakka  hisobning  dalolatnoma  tizimini 
qo‘llaydilar.  Bu  tizimda  Axborot-kutubxona  muassasalariga  olin- 
gan kitoblarning har bir kelgan guruhi uchun dalolatnoma ro‘yxati 
tuzilgan  bo‘lib,  hisob-kitobni  yoppasiga  olib  borish  imkoniyati- 
ni  beradi.  Mazkur  dalolatnomalarda  ham  kitob  haqidagi  asosiy 
ma’lumotlar yoziladi va har yili  №1  dan boshlanadi.  Har bir kitob 
ega  bo‘ladigan  dalolatnoma  nomeri,  odatda  uch  elementdan  ibo- 
rat  bo‘ladi.  Ro‘yxatga  olingan  yili,  dalolatnoma  raqami  va  un- 
dagi kitob ro‘yxatining tartib raqami:  2014—14  (153). Yil yakunida 
hamma  dalolatnomalar  yig‘ilib  inventar  kitobiga  o‘xshatib  kitob 
holiga keltiriladi.
Kitoblarni  qabul  qilib  olish  va  ularni  hisobdan  chiqarish  an- 
cha  mashaqqatli  ish,  hozirgi  hisob  shakllari  eskirib  qolganligini 
ko‘rsatmoqda.  Hisobga olishni sodda,  aniq,  tez bajarish imkonini 
beruvchi  shakllar  izlanmoqda  va  ba’zilari  qo‘llanmoqda.  Masa­
lan,  ko‘p  nusxada  kitob  olinsa  inventar  kitobi  yoki  kartochkaga 
ilgarigidek  har  bir  nusxa  qayd  etilmasdan  faqat  nashrning  nomi 
yozilib,  nusxalar miqdori  ko‘rsatiladi.  AKM da hisob  katalogi  for­
mal joriy qilingan bo‘lsa ham, bizningcha,  u o‘zini oqlay olmaydi.
150


Oliy  o‘quv  yurtlari  kutubxonalarida  olingan  darsliklarning 
bir  necha  nusxasi  (3—5)  inventar  kitobida  qayd  qilinadi,  qolgan- 
lari  inventarsiz  degan  so‘z  bilan  hisobga  kiritiladi.  Bunda  har 
bir nomdagi kitobga hisob  kartochkasi to'ldiriladi,  unda  umumiy 
hisob-kitobdagi  kitob  partiyasining  raqami,  olingan,  chiqarilgan 
hamda  qolgan  nusxalar  miqdori,  inventar  kitobida  hisobga  olin­
gan  darslikning  shifri  ko‘rsatiladi.  Hisob  kartochkasidan  o‘quv 
adabiyotlari  fondiga  kartotekalar tuziladi.
H ar  bir  kartochka  maxsus  qayd  qilish  kitobida  navbatdagi 
tartib  raqamiga  ega  bo‘ladi,  Bu  kitobga  ham  odatdagi  inventar 
kitobidagi  ma’lumotlar  aynan  o‘tkaziladi,  faqat  inventar  raqami 
grafasiga  hisob  kartochkasi  raqami  qo‘yiladi va nusxalar miqdori 
ko‘rsatiladi.
Texnika  kutubxonalarida  normativ  texnika  hujjatlariga  (stan- 
dart nomerlari,  nashriyotlar va hokazo)  inventarsiz hisob varaqasi 
qoMlanadi.  Ularning  raqami  kataloglarda  hisobga  olinadi.  Fond- 
dan  chiqariladigan  adabiyotlar  dalolatnoma  orqali  chiqariladi. 
Har  bir  dalolatnomada  chiqarish  sabablari,  yirtilganligi,  eskir- 
ganligi,  ko‘p  nusxaligi,  sohaga to ‘g‘ri  kelmasligi  ko‘rsatiladi.  D a­
lolatnoma  tuzilgandan  so‘ng  chiqariladigan  kitoblarning  ro‘yxati 
ilova  qilinadi.  Dalolatnomani  yuqori  tashkilot  rahbarlari  tasdiq- 
lagandan  so‘ng  nashrni  fonddan  chiqarish  haqida  individual  hi­
sob hujjatlarida belgilanadi.  Umumiy hisob-kitobida kitoblarning 
mazkur partiyasi hisobdan chiqarilgani qayd  etiladi.
Hisob  yuritish  uchun  maxsus  grafalangan  katalog  kaitochka- 
lari  ishlatiladi.  Kartochkaning yuza  tomonida kitobning nomi va 
unga  oid  boshqa  ma’lumotlar,  unga  berilgan  inventar  raqami  va 
olingan  nusxalarning  umumiy  miqdori,  orqasida  esa  AKM ning 
filiallariga  yuborilgan  nusxalar miqdori  ko‘rsatiladi.  Bu  kartoch- 
kalardan  hisobning  alfavit  kartotekalari  tuziladi  va  hisob-kitob 
shu  tarzda olib boriladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish