Axborot kutubxona katalogi va fondi


  Y o'ldoshev  E.,  Raximova  M.  Hujjat  fondlari.  -   Т.,  2004.  -   78-b



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

1  Y o'ldoshev  E.,  Raximova  M.  Hujjat  fondlari.  -   Т.,  2004.  -   78-b.
116


Kutubxona  tizimiga  kutubxona  fondlaridan  tashqari  yana  an­
cha tizimchalar kiradi,  masalan,  kitobxonlar (K),  axborot-kutub­
xona mutaxassisi (KM), moddiy-texnika bazasi (MTB) va hokazo. 
Bundan  tashqari,  paydo  bo‘lib,  yo‘qolib  turadigan  tizimlar  ham 
mavjud.  Kutubxona  fondi  vujudga  kelishida  ma’lumot  qidiruv 
apparatining  (MQA)  ahamiyati  katta.  Kutubxona  tizimida  har 
bir  tizim  o‘ziga  xos  vazifani  bajaradi,  natijada  bir  tizimning  tu- 
shib  qolishi butun tuzilmaning yo‘qolishiga  olib  keladi.  Masalan, 
kitobxon yoki  MTB  bo‘lmasa va hokazo.
Kutubxona  fondi  kutubxonaning  barcha  tizimchalari  bilan 
bog‘liq.  Bu bog‘liqlik ikki  xildir.
1)  to‘gridan to‘gri  aloqa
2)  qaytma  (aks)  aloqa
Kutubxonadagi  hujjatlarning  soni  va  mazmuni  kitobxon­
lar  soniga,  tarkibiy  qismiga,  kitobxon  talabiga  juda  katta  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Kutubxonaning  fondi  katta  bo‘lib,  mazmuni  kitob­
xonlar  talabiga  javob  bermasa,  u  yerda  o‘qiydigan  kitobxonlar 
soni ozayib ketadi.  Fondning tarkibiy qismi va mazmuni kitobxon 
talabi  va  qiziqishiga  mos  kelsa-yu,  lekin  kitoblar  soni  oz  bo‘lsa, 
bu  holda  ham o‘quvchi  talabi qondirilmay qoladi.
Kutubxona  fondidagi  har  bir  o‘zgarish  kitobxonlarning 
ko'payishi  va  kamayishiga  olib  keladi.  Masalan,  umumta’lim 
maktabi  kutubxonasida  o‘quv-uslubiy  materiallarining  kamligi 
o'qituvchilarni  boshqa  kutubxonalardan  foydalanishga  ‘majbur 
qiladi.
Umuman,  kitobxon  kutubxonaga  unda  saqlanayotgan  resurs- 
larga  qarab  baho  beradi.  Chet  elda  bu  muammo  boshqacha  hal 
qilinadi.  Agar kutubxonada  kitob bo‘lmasa,  uni tezda boshqa ku­
tubxonadan  olib  kelib  berishadi  yoki  talab  qilinadigan  kitoblar 
nusxa  ko‘paytirish  apparatida  ko‘paytiriladi,  boshqa  kutubxona­
dan  telekanal  orqali  ma’lumotni  ekranga  tushirib  berib,  kitob­
xon talabi qondiriladi.  Bugungi kunda Axborot-kutubxona muas- 
sasalarining  korporativ  tarmoqlari  orqali  respublikaning  har  bir 
chekkasida mavjud axborot-kutubxona muassasida kerakli bo‘lgan 
resursni  olish  imkoniyati  yaratilgan.  Kutubxonada  hujjat  (H)  va 
kitobxon  (K)  elementlari o‘rtasidagina uzviy aloqa bo‘lib  qolmay,
117


ushbu  aloqada  vositachi  maslahatchi  bo‘lib  turgan  axborot-ku- 
tubxona  mutaxassisi  (KM)  elementi  ham  aloqaning  uzviyligiga 
javob beradi.
Demak,  kutubxona  fondi  hujjat  (H),  kitobxon  (K),  axborot- 
kutubxona  mutaxassisi  (KM)  elementlari  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
uzviy  bogMiq  ekan.  Hujjat  o‘zining  mohiyatiga  ko‘ra  ikki  xil: 
birinchidan,  ma’naviy,  g‘oyaviy,  badiiy  xususiyati  bo‘lsa,  ikkin- 
chidan,  u  predmet  xususiyatiga  ega  bo‘lib,  o‘ziga  xos  xonalarda 
saqlanadigan,  hisobga  olinadigan,  qayta  ishlanadigan,  qidiriladi- 
gan va  foydalanadigan  moddiy buyum  hisoblanadi.
Shuning uchun ham har bir kutubxona binosi fondning tarkibiy 
qismi,  mazmuni,  xizmat  ko‘rsatish  tarkibi  va  hokazolarga  qarab 
qurilishi,  bino  arxitekturasida  ana  shu  talablar  hisobga  olinishi 
kerak.  Bundan  tashqari  fondni  risoladagidek joylashtirish  uchun 
binoni  moslashtirish  lozim.
Demak,  kutubxona  fondi  kutubxonaning  faoliyat  ko‘rsatishi 
uchun  eng  muhim  tuzilma bo‘lib  hisoblanadi,  shu  sababli ham:
1.  Axborot-kutubxona  muassasasini  fondsiz  tasavvur  qilib 
bo‘lmaydi.
2. Axborot-kutubxona fondi orqali kutubxona o‘zining ijtimoiy 
vazifasini  bajara oladi.
3.  Axborot-kutubxona  fondining  soni  va  mazmuni  ijtimoiy 
hayotning rivojlanishiga,  taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
4.  Axborot-kutubxona  fondi  va  uning  mazmuni  Axborot-ku- 
tubxona  muassasasining  turi va xilini  aniqlab  beradi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish