supermini EHM
paydo bo‘lishiga olib keldi - bu
arxitekturasi, o ‘lchamlari va narxi bo‘yicha kichkina EHM sinfiga
kirib, lekin unumdorligi bo‘yicha katta EHMga tenglashadigan
hisoblash mashinasidir.
Kompyuteming apparat qismlari shunday qismlarki ulaming
m a’lum bir og‘irligi bor va ulami qo‘l bilan ushlab bo‘ladi. Apparat
atamasi kompyuteming ichki va tashqi tarkibiy qismlarini qamrab
oladi. Shuningdek, bir yoki bir nechta tarkibiy qismlar o ‘zaro
aloqaga ega bo‘ladi. Bir qancha m a’lumot jarayonlari davri amalga
oshiruvchi apparat qismlari mavjud. Kiritish buyruqlami bajaradigan
apparatlar, kiritish moslamalari, moslamalar deyiladi.
Qayta ishlash jarayonlarida foydalaniladigan apparatlar qayta
ishlash moslamalari hisoblanadi va joriy buyruqlami bajaradigan
apparatlar natija moslamalari deb ataladi. Ushbu kategoriyalar har
birining turli hil moslamalari, brendlari va sifatlari bor. Ichki, tashqi
portlar va aloqalar kompyuter turli moslamalarini kompyuteming
ona platasi bilan aloqasaini o‘matishda foydalaniladi.
Stol kompyuteri (desktop).
Portativ kompyuteri (notebook).
Afzalliklari.*
-kichik oicham i va og‘irligi;
-akkumulyatordan ishlash (3-5 soatgacha) yoki tarmoqdan;
-mobillik;
-qimmat;
-klaviaturasi qisqartirilgan;
- o ‘zgartirib bo‘lmaydi;
-kichik unumdorlik;
-zarbga, vibratsiyaga tasirchanligi;
Netbuk-
bu Intemetga murojaal qilish va oddiy ofis dasturlar
bilan ishlash uchun kichik noutbuk;
Internet + Noutbuk = Netbuk
Afzalliklari:
-kichik o‘lchami va og'irligi;
-akkumulyatordan ishlash (5-12 soatgacha) yoki tarmoqdan;
-kichik narx;
Kamchiliklari:
-DVD-diskovodi yo‘q;
-kichik unumdorlik;
-Cho ‘nchak kompyuteri (palmtop);
-Mobil navigator;
-Smartfon;
-Kommunikator.
Nazorat savollari
1. Axborotlashgan jamiyat dcganda nimani tushunasiz?
2. Axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlarini
ayting.
3. Axborotlashtirish nima?
4. Jamiyatni axborotlashtirish ta’rifini keltiring.
5. Jamiyatni kompyuterlashtirish ta’rifini keltiring.
6. Kompyuter turlari haqida nima bilasiz?
7. Katta EHMlarga ta’rif bering.
8. Kompterlami o‘lchami bo‘yicha tasnifmi bering.
10
2-
mavzu. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINING TASNIFLANISHI
2.1. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari: tasnifi va
rivojlanish istiqbollari.
2.2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari evolyutsiyasi.
2.3.
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
milliy
iqtisodiyot tarmoq va sohalarida q o ‘llash.
Tayanch iboralar:
axborot tizimi, axborot texnologiyasi,
axborot jam iyati, axborot zaxiralari, EHM avlodlari, integ-
rallashgan paket, kompyuter grafikasi.
2.1.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tasnifi va
rivojlanish istiqbollari
«Texnologiya»
grekcha so‘z b o ‘lib (techne) mohirlik, ustalik,
biror ishni uddalay olishni anglatadi. Bu m a’lum bir jarayonga
nisbatan q o ‘llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga
y o ‘naltirilgan xatti-harakatlar majmui tushunilgan. Ushbu jarayon
kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli
xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab
chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xomashyo, material yoki
yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o ‘zgarishi, uni
qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror
bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
Axborot texnologiyalari to‘g ‘risida gap ketganda, material sifa-
tida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob-
yekt, jarayon yoki xodisa to ‘g ‘risidagi sifat jihatidan yangi m a’-
lumot b o ‘ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va
uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon b o ‘ladi. Sanoat ishlab
chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning
boshidan oxirigacha b o ‘lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi
tarkibiy elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy
elementlarining (texnologik operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil
bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur texnologik jarayon asosiga
nisbatan sifatli usullar va prinsiplar orqali, ikkinchidan, mahsulotni
u
tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish
uchun jalb etish mumkin bo'lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
Uslublar ayrim mahsulotlami olishning prinsipial imkoniyatini
tavsiflab beradi. Ulaming asosini inson tomonidan o ‘rganilgan
(balki to‘liq emas) tabiiy (fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki
mazkur soha mutaxassislarining ilmiy izlanishlari natijasida
to‘plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil ctishi
mumkin. Odatda muayyan bir tcxnologiya, usullar va prinsiplami
belgilovchi butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining
ahamiyati ham turlicha. Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik
jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy tomonini, boshqa biri
tashkiliy tuzilmani belgilaydi.
Uslublar va prinsiplarning turlicha roli ulaming texnologiya
tuzilmasiga nisbatan ta’siri har xil bo‘lishini keltirib chiqaradi.
Ba’zan ayrim uslub yoki prinsiplarning ishlab chiqarishga nisbatan
ta’siri hisobga olinmasligi mumkin.
Uslub va prinsiplar ishlab chiqarishning oxirigi jarayonidagi
mahsulotni olishni belgilab beradi. Ushbu mahsulotni olishga
erishish uchun, ishni kim va qanday bajarish davomiyligi aniq
belgilangan bo‘ladi. Mahsulotni yaratish jarayonida turli xil ishni
amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan asbob-uskuna
vositalari texnologiya tarkibi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Asbob-uskuna vositalarining mavjudligi (yoki bo‘lmasligi) tayyor
mahsulot ko‘rinishida natijalar olish uchun zarur bo‘lgan texnologik
operatsiyalar ro‘yhatini belgilaydi. Agar uni yaratish bo‘yicha
belgilangan barcha funksiyalar amalga oshirilsa (asbob-uskuna
vositalari yordamida yoki ulami qoMlamasdan), amalda o ‘sha
buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish mumkin. Aksincha,
ayrim funksiyalar bajarilmasa yoki mavjud asbob-uskunalar bilan
uni bajarish o ‘ta murakkab bo‘lsa, u holda tegishli operatsiyani
bajara oladigan asbob-uskunalami yaratish vazifasi qo‘yiladi yoki
bunday texnologiyani yaratish imkoniyati yo‘qligi haqida qaror
qabul qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi deganda,
tayyorlash, qayta ishlash vositalari va usullari orqali belgilanadigan
xom ashyo, material holati, xususiyati va shaklining o‘zgarish
jarayoni tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadida
12
materialning sifati yoki boshlang‘ich holatini o ‘zgartiradi (2.1-
rasm).
Axborot shuningdek, resurs ham hisoblanadi. Uni qayta ishlash
jarayonini xuddi moddiy resurslami qayta ishlash jarayoni kabi
texnologiya sifatida qabul qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |