MUXAMMAD
AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
AXBORAT XAVFSIZLIGI KAFEDRASI
MUSTAQIL ISH № 3
Mavzu: ELEKTR ZANJIRLARIDA O‘TKINCHI JARAYONLAR
Bajardi: 2-kurs talabasi Jo’raboyev Sh.
Qabul qildi: Nizamov A.
Ishni bahosi:
Samarqand – 2022
Mavzu rejasi:
1. Umumiy ma'lumotlar
2. O‘tkinchi jarayon masalasini o‘zgarmas koeffitsiyentli chiziqli differensial tenglamalar yechimiga keltirish
3. Tok va kuchlanishlarning turg‘un va erkin tashkil etuvchilari
4. Kommutatsiya qonunlari va boshlang‘ich shartlar
Umumiy ma'lumotlar
Avvalgi boblarda yig‘iq parametrli chiziqli elektr zanjirlarida turg‘un, ya'ni kuchlanishi va toki o‘zgarmas (o‘zgarmas tok zanjirlari) yoki sinusoidal tok va kuchlanishli (sinusoidal tok zanjirlari) jarayonlar o‘rganilgan edi.
Aytaylik, o‘zgarmas kuchlanish manbayiga ketma-ket rezistor va induktiv g‘altak ulangan bo‘lsin (1- rasm,
a).
a)
b)
rasm
Nazariy jihatdan bunday zanjirda tok cheksiz katta vaqt davomida, amalda esa cheklangan vaqtda turg‘un qiymatga ega bo‘ladi (1- rasm,
b). Agar zanjirdagi tok turg‘un qiymatga ega bo‘lganidan so‘ng kuchlanish o‘zgartirilsa, u holda tok mos ravishda yana o‘zgaradi. Bir turg‘un rejimdan boshqa turg‘un rejimga o‘tish ma'lum vaqt davomida sodir bo‘ladi.
Elektr zanjirlarida bir turg‘un holatdan ikkinchi turg‘un holatga o‘tishda paydo bo‘ladigan elektromagnit jarayon o‘tkinchi jarayon deb ataladi. O‘tkinchi jarayon tugashi bilan elektr zanjiri holati oldingi holatidan, masalan, sxemaga ta'sir
etuvchi EYK, sxema parametrlarining qiymati, kuchlanish yoki tok amplitudasi, fazasi, shakli yoki chastotasi o‘zgarishi bilan farq qiladi. Elektr zanjirlarida o‘tkinchi jarayonlar kommutatsiya natijasida sodir bo‘ladi.
Kommutatsiya - bu elektr zanjirida ulash (2- rasm, a) yoki uzish (2- rasm, b) jarayonidir.
Fizik jihatdan o‘tkinchi jarayon zanjirning kommutatsiyagacha bo‘lgan energetik holatidan kommutatsiyadan keyingi energetik holatiga o‘tishdir. Agar zanjirda energiya yig‘uvchi elementlar, ya'ni induktiv g‘altak va kondensator bo‘lsa, o‘tkinchi jarayon ma'lum vaqt davom etadi. Zanjirning har bir ishchi holatiga uning elektr va magnit maydonlarida ma'lum energiya zahirasi mos keladi. Zanjirning bir holat(rejim)dan ikkinchi holat(rejim)ga o‘tishi unda to‘plangan energiyalar o‘zgarishi (ortishi yoki kamayishi) ga olib keladi. Zanjir induktiv g‘altagida to‘plangan magnit maydoni energiyasi
o‘tkinchi jarayonlar ma'lum bir foydali maqsadlarda qo‘llanishi (masalan, radiotexnika qurilmalari, avtomatik boshqarish tizimlari va boshqa zanjirlarda) yoki zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin (masalan, katta induktivlikka ega zanjirlar uzilishida izolyasiya uchun xavfli bo‘lgan o‘ta kuchlanishlar paydo bo‘ladi,
kondensatorli zanjirlarda, transformatorlar va elektr mashinalardagi qisqa tutashishda toklar qiymati bir necha barobar sakrashi mumkin). Shunday