Axatov nozim



Download 84,09 Kb.
bet3/5
Sana06.12.2022
Hajmi84,09 Kb.
#879854
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korxona - bozor iqtisodiyotining xo\'jalik subyekti, milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonaning o‘rni va roli.

3. Korxonalarni tasniflash
Har bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan mahsuloti, shuningdek, ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari bilan aloqalari va boshqa ko’rsatkichlari bilan farq qiladi. Biroq bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda alohida ishlab chiqish kerak, degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruhiga nisbatan qo’llash mumkin bo’lgan umumiy qarorlarni tayyorlash mumkinligi nazariy va amaliy jihatdan isbotlab berilgan.

Bu bilan korxonalarning ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkillashtirish masalalarini bir xil tipda hal qilish mumkin bo’lgan guruhlarini aniqlash maqsadida ularni tasniflashning maqbulligini izohlash mumikn.


Korxonalarning eng muhim xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa qarashliligi; hajmi; ishlab chiqarishning turli jabhalarini qamrab olganligi; ixtisoslashtirish darajasi va bir tipdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosi;ishlab chiqarishni tashkillashtirish usuli hamda uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; tashkiliy-huquqiy shakllarini prognozlashtirishga bog’liq bo’ladi.


Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko’ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (mashinasozlik, ko’mir qazib chiqarish, sug’urta va hokazo) sohalariga mansub bo’lishi mumkin.


Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko’rinishiga ko’ra, korxonalar sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo’linadi.


Texnologik umumiyligiga ko’ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida yurituvchilarga bo’linadi.


Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko’ra, barcha korxonalar ikkita katta guruhga bo’linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.


Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko’ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi.


Yil davomida ishlash muddatiga ko’ra, korxonalar mavsumiy va yil bo’yi faoliyat yurituvchilarga bo’linadi.


Hajmiga ko’ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi Farmoniga asosan ishlab chiqarish tarmog’ining o’rtacha yillik xodimlari soni 20 kishigacha bo’lgan hamda xizmat ko’rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasidagi o’rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo’lgan; ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi.


Kichik korxona hisoblanadi:


− engil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan;
− mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, qishloq xo’jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan;
− fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish xamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar.

Ixtisoslashuv darajasiga ko’ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash korxonalarga bo’linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar o’rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.


Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko’ra, korxonalar ishlab chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi korxonalarga bo’linishi mumkin.


Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga


ko’ra, korxonalar to’liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo’l-mashina va faqat qo’l mehnatiga asoslangan korxonalarga bo’linadi.

Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi - qo’shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo bo’lishiga olib keldi.


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining boshqa ko’rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilab qo’yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlarida yangi iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan.


Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo’jalik huquqi normalarida ko’zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bo’lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog’liq bo’lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko’rinishlari xo’jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi.


Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo’lib, ular o’zlariga biriktirib qo’yilgan mulk tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko’ra ham tasniflanadi.


Xo’jalik faoliyati yurituvchi har bir sub’ekt bir qator huquqlarga ega bo’lib, bular bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o’zaro munosabatlarini amalga oshirishga ko’maklashadi.


Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko’rinishida ularning egalari, ya’ni xususiy mulk egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo’ladilar. Masalan, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish huquqiga egalar hamda boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishda ham o’z aktsiyalari miqyosida ishtirok etadilar.


Xo’jalik o’rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan bo’lib, korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish


imkoniyati yaratib berilgan.

Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo’jalik o’rtoqliklari bo’lib, ular ishonch asosidagi to’liq o’rtoqlik (kommandit o’rtoqligi) ko’rinishida tashkil qilinishi mumkin.


Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo’yicha tadbirkorlik faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo’lgan o’rtoqliklar - to’liq o’rtoqliklar hisoblanadi.


Kommandit o’rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o’zaro xo’jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo’ladi.


Jamiyatlarning ko’pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo’ladi. Mas’uliyati


cheklangan jamiyat (MChJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilib, Nizom
jamg’armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab qo’yilgan ulushlarga bo’lingan bo’ladi.

Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar bo’lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o’zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar ko’rishlari mumkin.


O’zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari mustaqillikka erishilgandan keyin keng faoliyat ko’rsatmoqda.


Nizom jamg’armasi aktsiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati hisoblanadi. Hissadorlik jamiyati a’zolari jamiyatning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar, biroq o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalar qiymati doirasida zarar ko’rishlari mumkin.


Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi:


aktsiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - aktsiyalarga taqsimlanishi; aktsiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun javobgarligining aktsiyalar qiymati hajmida cheklanganligi; aktsiyadorlik kapitalining hajmi va a’zolar sonini osonlik bilan o’zgartirish imkonini beruvchi Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazfalarining xo’jalik faoliyatini boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar.

Iqtisodyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini jahon iqtisodiyotida o’z o’rniga ega bo’lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki kontsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi.


Kooperatsiya jarayonida kontsern, konsortsium, xo’jalik asotsiatsiyasi kabi tashkiliy shakllar vaqtinchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin.





Download 84,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish