Avvalo golubika shimol botqoqliklarida oʻsadigan mevali buta va uning toʻq koʻk mevasi(rasmda) ekanligini aytib oʻtsak



Download 11,29 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi11,29 Kb.
#397324
Bog'liq
Rezavor mevali-WPS Offi


Rezavor mevali oʻsimliklar — sershira rezavor meva beruvchi koʻp yillik buta, chala utsimon oʻsimliklarning katta guruhi. Mevali oʻsimliklar guruhiga kiradi, yovvoyi va ekma quritilgan holda isteʼmol qilinadi, ulardan qiyom, sharbat, murabbo, vino va boshqa tayyorlanadi. Rezavor mevalar, Mas, krijovnik, maymunjon, kulupnay, smorodina, malina va chakanda (oblepixa)lar tarkibida inson salomatligi uchun zarur boʻlgan organik kislotalar, qand, mineral tuzlar, vitaminlar, xushboʻy moddalar koʻp; baʼzilari (Mas, zirk, malina, chernika, qora mevali ryabina) dorivorlik ahamiyatiga ega. Mevalari isteʼmol qilinadigan yovvoyi va ekma turlari Yer yuzining hamma joyida, ayniqsa, iqlimi moʻʼtadil mamlakatlarda koʻp oʻstiriladi. Oʻzbekistonda kulupnay, malina, smorodina koʻp ekiladi. Rezavor mevali oʻsimliklaroʻ. vegetativ yoʻl bilan (kalamchasidan, parhish qilib, bachkisidan va gajakchasidan) koʻpaytiriladi. Koʻchati bahorda va kuzda ekiladi. Tuproq yumshatilgan, begona oʻtlardan toza holda tutiladi, oʻgʻitlanadi, vaqtivaqti bilan sugʻoriladi. Rezavor mevali oʻsimliklaroʻ. hosilga erta (kulupnay 2yili; malina 3yili; smorodina, krijovnik 3—4yili) kiradi va har yili hosil beradi.

Avvalo golubika shimol botqoqliklarida oʻsadigan mevali buta va uning toʻq koʻk mevasi(rasmda) ekanligini aytib oʻtsak.

EastFruit portali ekspertlarining fikricha, mamlakatda ishchi kuchi xarajatlari past ekanligi mahalliy golubikani raqobatdosh qila oladi.

Ular bir qator davlatlar, jumladan, yurtimiz supermarketlari chakana savdo tarmoqlaridagi meva-sabzavot boʻlimlari boʻyicha xalqaro auditni yakunlashdi. Shu asnoda Oʻzbekistonda ilk bor golubika paydo boʻlganini eʼtirof etishdi.

Ekspertlar Toshkent supermarketlarida ana shunday moviy reza mevaga duch kelishgani qayd etishgan. Ularning soʻzlariga koʻra, uning narxi Polsha va Ukrainadagiga nisbatan ancha qimat va “chaqib” oladi.

Xususan, 150 grammlik qadoqdagi golubikaning oʻrtacha narxi 49 ming soʻm, demak 1 kg.i qariyb 327 ming soʻmni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, hozirgi kursda 1 kilosining qiymati deyarli 37,6 AQSH dollariga teng. Vaholonki, Ukrainada uning chakana narxi ancha arzon – 1 kg. 9 dollardan 12 dollargacha turar ekan.

Hozir olcha, qorag‘at, xo‘jag‘at (malina), yer tut, chernika kabi rezavor mevalar ayni pishgan palla. Bu kabi rezavor mevalar tabiat yaratgan eng foydali ne’matdir. Ularda turli biologik faol moddalar ko‘p va tig‘iz. Foydasiz moddalar esa, deyarli yo‘q hisobi. Shuning uchun bu turdagi mevalar G‘arbda “superfud”, ya’ni ideal ne’mat sifatida qadrlanadi.

Olimlar bunday mevalarni tibbiy dori-darmonlarga teng qo‘yishadi. Chunki ular xolesterinni kamaytiradi, qon tomirlarni aterosklerozdan himoyalaydi, qand xastaligida shifo beradi, saraton rivoj olishiga to‘sqinlik qiladi, ayrim turdagi o‘sma hujayralariga qiron keltiradi. Xullas, rezavor mevalarning afzalliklari ilmiy tadqiqotlarda tasdig‘ini topgan.

Aslida, har qanday rezavor meva foydali. Biroq ayrimlari juda foydali. Masalan, bu jihatdan qora qorag‘at qizil va oq qorag‘atdan ustun turadi. Qizil xo‘jag‘at och ranglisidan, ko‘kimtir olxo‘ri va qora rangli gilos sariq ranglisidan ko‘ra foydali moddalarga boyroq. Mevalardagi nordon va taxir ta’m ham ularning foydali ekanidan dalolatdir. Shuning uchun oddiy olcha hammavaqt yirik va shirin gilosdan ko‘ra foydali. Ayni chog‘da gilosning o‘zida ham foydali moddalar behisob.

Hozir mavsumiy tarmevalar ko‘pligi uchun ular kunlik taomlar ro‘yxatidan joy olishi kerak. Kamida kuniga bir hovuch turli rezavor mevalar iste’mol qilish kerak. Ularning turi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Mavsum o‘tgandan so‘ng ham rezavorlarni unutib yubormang. Harorat ostida ishlov berilmagan, muzlatilgan va quritilgan tarmevalar ham foydali.

— Odamlar, meva va rezavorlarni ko‘pincha taomdan so‘ng iste’mol qilishga odatlanishgan, — deydi endokrinolog shifokor M. Bogomolov. — Bu noto‘g‘ri. Ularni salatlar kabi ovqatlanishdan avval iste’mol qilish organizm uchun foydali. Yengil tamaddi uchun suzma-tvorog yoki qatiq mahsulotlari bilan qo‘shib yeyish yanada foydali. Negaki, birinchidan, rezavor mevalar pektin moddasiga boy. Agar taomdan avval iste’mol qilinsa, u xolesterin, yog‘lar va ayrim zararli moddalarning organizmga taom bilan birga singishiga to‘sqinlik qiladi. Ikkinchidan, ko‘pgina rezavor mevalar tarkibida qand va uglevodlar organizmga singishini me’yorga soluvchi moddalar mavjud. Agar ular taomdan so‘ng iste’mol qilinsa, xolesterin va uglevodlarning qonga so‘rilishini to‘xtatishga ulgurmaydi.

Rezavor mevalarni tushlik payti birinchi taom sifatida iste’mol qilishda hikmat ko‘p. Chrianteli deb ataladigan gruzincha sho‘rva bunga misoldir. Unga asosan olcha, ba’zan tkemali, maymunjon yoki boshqa tarmevalar, bulardan tashqari, bosh piyoz, bodring, ko‘katlar va sarimsoq piyoz ham solinadi.

Yap-yangi tarmevalardan kompot-sharbat tayyorlab iste’mol qilishni ham unutmang. Faqat uni to‘g‘ri tayyorlashga e’tibor bering. Buning uchun rezavor tarmevalarni qaynatish shart emas. Yaxshisi, termosga shu mevalardan solib, ustidan qaynoq suv quyib oqshomdan ertalabgacha saqlang. Odatdagi mavsumiy tarmevalarga na’matak va do‘lana, shakar o‘rniga esa stiviya o‘simligi yaproqlari yoki uning tolqonini ­solgan ma’qul. Stiviya giyohi ham shirin, ham yengil hazm bo‘ladigan uglevodlarga ega emas.

Hatto qand kasaliga uchraganlar ham rezavor mevalardan bosh tortmasligi kerak. Ularning tarkibida qand moddasi bo‘lsa-da, aynan shu xastalik muolajasi uchun naf keltiradigan foydali moddalar anchagina. Ko‘plab rezavor mevalar tarkibida kaliy va magniyning zarur miqdorda mavjudligi organizmda insulin ishlab chiqilishiga zamin yaratadi. Xo‘jag‘at (malina) tarkibida salitsil kislotasining ko‘pligi mazkur gormonning faolligini oshiradi. Yertut, maymunjon, qulupnay tarkibidagi ayrim moddalar qand xastaligini davolashda faol qo‘llanadigan biguanid dorilari kabi ta’sirga ega.

Ayni chog‘da, bog‘ va o‘rmonlarda o‘sadigan tarmevalarning ko‘m-ko‘k barglarini choyga qo‘shib damlashni ham unutmang. Ular ham noyob shifobaxsh xususiyatga ega. Tarmevalarni qirg‘ichdan o‘tkazib, choyga solsa bo‘ladi. Agar choy shirinroq bo‘lsin desangiz, shakar emas, mevaga teng miqdorda asal qo‘shgan ma’qul. Bu aralashma issiq yoki qaynatib sovutilgan suvga qo‘shilsa, yanada xushta’m ichimlik hosil bo‘ladi. Muzlatish uchun esa, mevalarni yaxshilab yuvib, suvini selgitib olib, so‘ngra plastik idish yoki boshqa idishlarga solib sovuqxona muzxonasida saqlash kerak. Muzxonadan olingandan so‘ng qayta muzlatmang.

Rezavor mevalarni 60 darajali harorat ostida maxsus quritgichlarda quritib olsa bo‘ladi. Ularni patnisga yoyib issiq plita yonida quritish ham mumkin. So‘ngra mevalarni qahva maydalagichdan o‘tkazib, ertalab va kechqurun bir choy qoshiqdan iste’mol qilib turilsa, organizm darmondorilarga ehtiyoj sezmaydi.



Ijtimoiy tarmoqlarda ham Oʻzbekistondagi toʻylarda golubikani koʻrinarli joyga chiroyli vazalarda qoʻyilgani tez-tez koʻzga tashlanyapti. Bu mamlakatda golubika ham oʻziga xos urfga aylanayotgani, demak, mazkur mevani mahalliy miqyosda yetishtirilishini kengaytirish imkoni bor. Bu esa uning narxini ham arzonlashtiradi.

Pomologiya (lot. pomum — meva va ...logiya), navshunoslik — mevali va rezavor oʻsimliklar navlari toʻgʻrisidagi fan. Mevali va rezavor mevali oʻsimliklarni ilmiy r-nlashtirish, bogʻlarning nav tarkibini va ayrim navlarni muttasil yaxshilash va ulardan bogʻdorchilikaa samarali foydalanish masalalarini oʻrganadi. P. fan sifatida 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida shakllangan. Ilmiy P. rivojlanishiga ame-rikalik mashhur seleksioner-oʻsimlikshunos olim Lyuter Berbank (1849— 1926), I.V.Michurinnpng amaliy ishlari va asarlari hal qiluvchi taʼsir koʻrsatdi. Ukrain pomolog olimi L.M.Simi-renko P.ning asosiy mazmunini ifo-dalab berdi. Uning mevali va rezavor mevali ekinlar navshunosligi, nav sinovi va r-nlashtirish masalalari boʻyicha asarlari muhim ahamiyatga ega.
Download 11,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish