Avtotransportda ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik mexanik



Download 18,67 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi18,67 Kb.
#799178
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ish bo\'yicha ma\'lumotlar


Marhamat Qishloq va suv xo’jaligi kasb-hunar kolleji o’qituvchisi Sobirov.N.X tomonidan
Avtotransportda ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik mexanik” mutaxasisligi bitiruvchilariga bitiruv malakaviy ishlarini bajarishlari uchun bergan ko’rsatmalari:
Bitiruv malakaviy ishi quyidagi asosiy qismlardan iborat.
1.Kirish
2.Nazariy qism.
3.Texnologik qism
4.Konstruktiv qism.
5. Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi.
6. Iqtisod qismi.
7. Xulosa.
Jumladan kirish qismini bajarishda bugungi kunda mamlakatimizda avtomobil transporti va logistika ishlarini tashkil etishda olib borilayptgan ishlar to’g’risida ma’lumot beriladi.
Kirish qismini bajarishda quyidagi ma’lumotlardan ham o’quvchilar foydalanishlari mumkin.
Xalq farovonligini oshirish transport vositalarini ,jumladan avtomobil transportini rivojlanishiga bog’liq. Avtomobil transporti yordamida Respublikamizda tashiliyotgan yuklarning 90%idan ortig’i va yo’lovchilarning 65%idan ortig’I tashilmoqda.
O’zbekiston hududida avtomobil transportining ishi temir yo’l, suv(daryo va dengiz), havo va quvur transportlari bilan birgalikda yagona tizim asosida tashkil qilingan. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng xalq xo'jaligining boshqa sohalari kabi avtomobil transportida ham ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar hayotga izchil joriy etila boshladi. 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to'g'risida”gi qonunnning 4-moddasida avtomobil transporti xususiy va ommaviy mulk asosida faoliyat ko'rsatilishi, barcha mulkdorlarning teng huquqlarga ega ekanligi, 2001 yil 4 iyundagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transporti sohasidagi monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish to'g'risida” gi 2871-sonli farmoni transport xizmati bozorida qaysi mulkchilikka mansubligidan qat'iy nazar barcha avtomobilda tashuvchilar o'rtasida erkin raqobat muhitini yaratish uchun asos bo'ldi. Hozirgi kunda Respublikamizda avtomobil transportida mulkchilikning turli shakldagi (aksiyadorlik va mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, shirkatlar) korxonalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat ko'rsatmoqdalar.
O`zbekiston hududida avtomobil transportining ishi temir yo'1, suv (daryo va dengiz), havo va quvur transportlari bilan birgalikda yagona tizim asosida tashkil qilingan. Mamlakatimiz sobiq prezidenti I. A. Karimovning 1992-yilda Koreyaga qilgan safaridan so`ng yurtimizda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi.
2005-yil mamlakatimiz avtomobil sanoati uchun tub burilish yili bo`ldi, 14-oktabrdan e'tiboran esa «UzDEUavto» AJ tashqi majburiyatlardan butunlay xolos bo`lgan O`zbekiston kompaniyasiga aylantirildi. «UzDEU avto» AJ da avtomobil ishlab chiqarish hajmi muntazam ravishda o`sib bormoqda. 2007 yilda AQSHning “General Motors” avtokontserni bilan shartnoma imzolandi. Zavodning nomi “GM” Uz ga aylantirildi. Endilikda “GM” Uz zavodidan Nexia II, Lacetti, Spark, Epica, Captiva, Tacuma, 2015-yil iyun oyidan Malibu avtomobili ishlab chiqarilmoqda. 2015yil 06.09 kuni “GM-Uzbekiston” brendi ostida “COBALT” rusumli yangi avtomobilni rasmiy taqdimot marosimi o`tkazildi. Bu avtomobilni yiliga 120.000 dona ishlab chiqarish mo`ljallangan. Ushbu avtomobillarni MDH mamlakatlari: Rossiya, Qozog`iston, Moldova, Tojikiston, Ozarbayjon, Belorussiya va Qirg`izistonga eksport qilish yo`lga qo`yildi. 2019-yilda korxona barcha aktivlarni sotib olib UZAUTO MOTORS deb atala boshlandi. Markaziy Osiyoda avtobus va yuk tashuvchi avtomobillarga talab yuqoriligini hisobga olib, hukumat qarori bilan 1999- yilning mart oyidan boshlab loyihaviy quvvati yiliga 5 ming avtomobil (4 mingtasi avtobus, 1 mingtasi yuk avtomobillari) ishlab chiqarishga mo`ljallangan «SamKochAvto» o`zbek-turk qo`shma korxonasida avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. O`zbekiston mustaqilligining 10 yilligi arafasida 8 tonna yuk ko`tarishga mo`ljallangan yangi yuk avtomobilini ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. 2007-yil Yaponining ISUZU avtokontserni bilan yangi istiqbolli shartnoma tuzildi. 2007 yil yanvar oyidan zavod “Usuzu” deb yuritila boshlandi. Hozirda “Usuzu” zavodidan o`rta sig`imdagi avtobuslar, o`rta va katta yuk ko`taruvchanlikka ega yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. 2015 yilning iyul oyidan Germaniyaning “MAN” avtokontserni bilan hamkorlikda avtopoyezdlar hamda samosval avtomobillar ishlab chiqarish rasman yo`lga qo`yildi.
Shaharda yo`lovchi tashish sifatini yanada oshirish maqsadida 2008-yilda Germaniyadan zamonaviy Mersedes-Benz Low Floor avtobuslari keltirildi. Mamlakatimizning 20 yillik to`yiga Ispaniyaning “Patantes Talgo” kompaniyasidan eng zamonaviy tez yurar poyezd va shovqinsiz “Variyo” tramvaylari olib kelindi. Mamlakatimiz rahbariyati tashabbusi bilan 2015 yil avgust oyida 24 dona zamonaviy Mersedes-Benz Low Floor avtobuslari va qiymati 200 ming AQSH dollariga teng bo`lgan ehtiyot qismlar keltirildi.
O`zbekiston rahbariyati tomonidan kommunikatsiya masalasiga ham jiddiy e'tibor berilmoqda. Bunga Nukus-Miskin-Uchquduq temir yo`lining qurilib ishga tushirilishi bunga yaqqol misol bo`ladi. Toshg`uzor-Boysun-Qumqo`rg`on temir yo`l qurilishi ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi. Qamchiq dovonini kesib o`tuvchi yo'1 jahon andozalariga mos qilib qurildi. Dovonning eng baland joylarida ikkita tonnel ochilib, eni 24 metrlik ravon yo'l barpo etildi.
Hozirgi kunda respublikamiz avtomobil transportida Avtotransport vositalarida yuk tashishni tashkil qilish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish va avtomobil transporti faoliyatini yuksaltirish uchun avtomobil transportida yuk tashishni tashkil qilish bo`yicha va harakatni boshqaradigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash talab etiladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar.
1. A.X Umurzoqov va R.M. Rustamov “Avtomobillarni tuzilishi,texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash”. Toshkent-“Talqin”-2012-yil
2. E.Karimov “Avtomobillarda yuk tashish va uni tashkil qilsh”
3. B.A. Xo’jayev “Avtomobil transporti iqtisodiyoti” Toshkent- “O’qituvchi”
4. “Avto+” gazetasi to’plami materiallari.
5. Fayzullayev va boshqalar “Transport vazifalari tuzilishi va nazariyasi” Toshkent-Zarqalam.
Download 18,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish