3. Turizmda xavfsizlikning boshqa masalalari.
Turizmda xavfsizlik masalalariga quyidagilar ham kiradi: marshrut, tur toifasi turistlarning tayyorgarligi darajasiga muvofiqligi (agar sport, safar, sarguzasht turlari togrisida soz yuritilayotgan bolsa). Bir qancha marshrutlarga turistlar faqat sayohat qilishga moneliklar yoqligi togrisida tibbiy malumotnoma taqdim etgan taqdirda qoyiladi (masalan, Kamchatkadagi «Dzenzur vulqoniga chiqish» turi); turistlarni marshrutda kuzatib boradigan gidlar, instruktorlar malakasining yuqoriligi (tasodifiy, tayyorgarliksiz shaxslar turistlar bilan ishlashga qoyilmaydi);
turistlar harakatlanadigan xavfsiz trassalarni, shuningdek ular toxtaydigan joylarni lozim darajada jihozlash.Turistik firmalar muvaffaqiyatli faoliyat korsatish uchun shu muhim muammolarni hal qilishlari lozim. Turizm sohasida sugurta bilan shugullanuvchi kompaniyalar xavfsizlikni taminlash chora-tadbirlariga oz mablaglarini joylashtiradilar. Masalan, turistlar yoqolishining oldini olish uchun sayohat marshrutlarida turistlarni radiostansiyalar bilan taminlaydilar.Lekin bu maxsus qutqarish hamda turistlar xavfsizligini taminlash xizmatlariga bolgan talabni bekor qilmaydi.Ozbekistonda bunday nazorat-qutqarish xizmatlari barcha faol turizm mintaqalarida faoliyat korsatadi.
3.Xalqaro yo’nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari
Doimiy xalqaro yo’nalishlarda harakatlanish davlatlararo 2 tomonlama kelishuv asosida amalga oshiriladi, uchinchi davlat orqali tranzit esa transport bo’yicha yevropa Iqtisodiy Komissiya qo’mitasi ruxsati bilan amalga oshiriladi. 1973 yil 1 martda Jeneva konventsiyasi doirasida «Yo’lovchi va yuklarni avtomobilda olib o’tish shartnomasi to’g’risidagi konventsiya» qabul qilingan.
Turistik sayohat davomida foydalanilayotgan avtobus haydovchisi yo’lovchilarning birma-bir ismi, sharifi yozilgan ro’yxatga ega bo’lishi lozim.
Avtomobil transporti vositasida xalqaro tashishni tashkil etishda quyidagi masalalarni hal etish lozim:
-texnik yordam, remont va texnik xizmat ko’rsatish (yo’lda);
-bekatlar, yoqilg’i quyish shaxobchasi, dam olish, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish;
-yo’nalish trassasida aloqani tashkil etish va h.k.
YUkchilik yoki sug’urta kompaniyasi:
-sug’urta javobgarligi shartnomasi yoki qonunchiligida (nazarda tutilgan) belgilab qo’yilgan miqdorda, yo’lovchining sog’ligiga zarar yetkazganligi uchun;
-yukka zarar yetishi yoki manzilga yetkazilmaganligi uchun;
-yukning yo’qolganligi uchun va h.klar bo’yicha javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Jeneva Konventsiyasiga binoan har bir jabrlanuvchi uchun maksimal zararni qoplash summasi 350 ming tilla frankdan oshmasligi kerak.
Turistik transport sayohatlari xalqaro miqyosda shuningdek, shaxsiy prokatga yoki ijaraga olingan avtomobillarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda sayohat mustaqil erkin dastur yoki maqsadli marshrut bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. Hayot uchun zarur barcha narsalar kompleksiga ega bo’lgan pritsepli avtomobil vositadagi guruhli turizm «karavan»ing deyiladi. Avtoturistlarga xizmat ko’rsatishda quyidagi vositalar o’z faoliyatini amalga oshiradi.
rodtel – g’ildirakdagi yo’l oteli (avtopoezd), bu yerda yo’lovchi o’rinlaridan tashqari uxlash uchun joylar, shuningdek oshxona mavjud;
kemping - avtoturistlar uchun lager, bu tunash yoki ozgina dam olish uchun xizmat qiladi;
motel - bu (yo’lovchi) turist (va uning avtomobili)ning (ma’lum) uzoq muddat istiqomat qilishi uchun mo’ljallangan mehmonxona.
Motelda turistlar uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan bo’lishi kerak: barcha qulayliklarga ega bekat, texnik xizmat ko’rsatish shoxabchasi, avtomobilning remonti va yoqilg’i quyish shaxobchasi va h.k. Xalqaro turistik marshrutlarda yuqori sifatli va yuqori ekologik xarakterli MERSEDES, RENO, VOLVO, SETRA, MAN, DAF kabi chet el avtobuslaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu avtobuslar xalqaro standartlarga to’liq javob bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |