11.1 Тransport vositsining tashqi ko’rinishini tekshirish
Тransport vositsini ko’zdan kechirish. Kabina, kuzov, oynalar, orqani ko’rsatuvchi oyna, raqam belgilari, bo’yoqlarining holati va eshik mexanizmining sozligi, moy va yonilg’ining oqmasligi, o’t oldirishning yengilligi va dvigatelning bir maromda ishlashini tekshirish.
Natijalar laboratoriya hisobotiga kiritiladi.
11.2 Shinadagi havo bosimini va holatini baholash
Shinani ko’zdan kechirish, g’ildirak protektorini va disk yonlarini, shikastlanmaganlik holatini aniqlash. Protektorning chuqurligi yuk avtomobillari uchun 1 mm dan, yengil avtomobillar uchun 1,6 mm dan kam bo’lmasligi kerak.
Shinadagi havo bosimini o’lchash. Bosim yetarli bo’lmaganda shinadagi havo bosimini me’yoriga keltirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |