Avtotransport vositalari servisi asoslari


KSHM va GTM ga texnik xizmat ko’rsatish



Download 6,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/185
Sana15.12.2022
Hajmi6,78 Mb.
#886478
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   185
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

KSHM va GTM ga texnik xizmat ko’rsatish.
Dvigatelning buzilishi va unda hosil bo’luvchi
nosozliklarini oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar kompleksi bajariladi. Bu diagnostikalash, KXK
va davriy TXK davridagi dvigatel bo’yicha bajariladigan diagnostikalash, maxkamlash, sozlash va
moylash ishlari hisoblanadi. SHu jumladan zamonaviy yengil avtomobillar uchun ham shu maqsadda
davriy servis xizmat ko’rsatish ishlarini bajarishda yuqorida keltirilgan amallar bajariladi. Xizmat
ko’rsatish davrida asosiy e’tibor mahkamlash va nazorat-sozlash ishlariga qaratiladi.
Maxkamlash ishlarini bajarishdan maqsad dvigatel birikmalarini (dvigatelning rama tayanchiga,
tsilindr kallagi va karterni tsilindrlar blokiga va h.k.) zichligini tekshirishdan iborat. Gaz va sovitish
suyuqligining chiqib ketmasligini oldini olish uchun, tsilindr kallagining blokka maxkamlash momenti


tekshiriladi. Bu vazifa avtomobillarni ishlab chiqaruvchi zavod ko’rsatmasiga binoan belgilangan ketma-
ketlikda(3-rasm), hamda me’yoriy burash momentida dinamometrik kalitdan, avtochilangar asboblari
to’plamlaridan foydalanilanib bajariladi. CHo’yan kallaklar issiq holatda, alyumin kallaklar esa sovuq
holatda mahkamlanadi.
3-rasm.
Neksiya SONS-dvigatellarining tsilindr kallaklari gaykalarini mahkamlash ketma-ketligi
Dvigatellarda KSHM va GTM bo’yicha sozlash ishlari klapan sterjenining yuqori qismi bilan
turtgichlar yoki karomislolar oralig’idagi tirqishni sozlash, dvigatel tayanchining rama bilan birikmasini
qotirish, tsilindrlar kallagi va karterni tsilindr bloki bilan birgalikda qotirish ishlaridan iborat bo’lib,
diagnostikalash ishlari natijasiga ko’ra bajariladi. Klapan tirqishlarini sozlash ishlari davriy TXK da yoki
zaruratga ko’ra bajarilib, GTMning ravon ishlashini ta’minlaydi, gaz taqsimlash jarayonini me’yorlaydi,
tsilindrlarning yonilg’i aralashmasi bilan to’lishini ta’minlaydi, bular o’z navbatida dvigatelning
quvvatini va kompressiyaning oshishiga imkon yaratadi.
TSilindr, tsilindr kallagi, shtanga va klapanlarning yuritma mexanizmidagi boshqa detallar dvigatelni
isishiga qarab 80-150°S gacha, klapanlar esa 300-600°S gacha qiziydi. Bunda detallar orasidagi issiqlik
tirqishi kamayadi, bu esa detallarni issiqlik ta’sirida deformatsiyalanishiga, klapanlarni o’z uyalariga zich
o’tirmasligiga olib keladi.
Dvigatel ishlaganda, chiqarish klapanida issiqlik tirqishi haddan ziyod kichik bo’lsa, tarelka o’ta
qizib ketadi, unda yoriqlar paydo bo’ladi, klapan egari yumshab, gazlar chiqib ketishi oqibatida uning
yeyilishi tezlashadi. Ikkinchidan yuqori harorat ta’sirida klapanlar ishlashida kuchli taqillashlar paydo
bo’ladi va gaz taqsimlash mexanizmi detallari jadallik bilan yeyila boshlaydi. Issiqlik tirqishi, odatda,
po’lat shchup yordami bilan 20-25°S haroratda aniqlanadi (4 -rasm).
4-rasm.
Gaz taqsimlash mexanizmlaridagi issiqlik
tirqishini rostlash va shchup bilan tekshirish shakli: a-
rostlash vinti va klapan tirqishi oralig’i, b-kulachok va
turtkich usti sozlash shaybasi oralig’i, v-klapan o’zagi va
karamislo tumshug’i oralig’i. 1-shchup, 2-rostlashvinti, 3-
klapan qalpog’i, 4-ariqcha, 5-kulachok, 6-kirgizma, 7-
turtkich, 8-gayka, 9-buragich, A-eyilishni e’tiborga
olgandagi
shayba qalinligi, B-shayba qalinligi, V-issiqlik tirqishi.
Buning uchun porshen siqish taktida tsilindrdagi yuqori chekka nuqtaga keltiriladi va birinchi tsilindrga
tegishli klapanlar bilan koromislo orasidagi tirqish shchup yordamida aniqlanadi va zarur bo’lsa
sozlanadi, qolgan klapanlar va koromislolar orasidagi tirqish esa, tsilindrlarning
ishlash ketma-ketligi bo’yicha bajariladi. Klapanning issiqlik tirqishini sozlashda quyidagilarni ham
e’tiborga olish zarur, tutashuvchi sirtlarning yeyilishi hisobiga ariqcha (4) hosil bo’ladi va u o’lchash
jarayonida shchup ostida qoladi. Natijada haqiqiy tirqish shchup bilan o’lchangan tirqishdan katta bo’ladi.
SHuning uchun yuritma richagini klapan bilan tutashadigan zonasidagi yo’lini o’lchash uchun
indikatordan foydalangan ma’qul. Ko’pgina avtomobillarda (5-rasm), taqsimlash vali kulachoklari bilan


1-koromislo orasidagi tirqishni sozlash 2-sozlovchi vintni burash bilan bajariladi, so’ngra 3-chegaralovchi
gayka bilan chegaralanadi. Zamonaviy Neksiya, Espero va shunga o’xshash dvigatellar GTM
tuzilishlarida gidrokompensatorlarning paydo bo’lishi klapan mexanizmida tirqish sozlanishini avtomatik
ravishda ta’minlaydi, ammo gidrokompensatorlar moyning sifati va uni tozalanish darajasiga judayam
sezgirdirlar. Moyning kokslanishi, yeyilgan va yemirilgan detallarning zarrachalari gidroitargichni qotib
qolishiga sabab bo’ladi.
5-rasm.
Ananaviy tuzilishdagi VAZ, Tiko va Matiz
avtomobillari gaz taqsimlash mexanizmining issiqlik
tirqishini sozlash shakli. 1-koromislo; 2-sozlovchi vint;
3-kontrgayka.
Bu vaqtda mexanizmda hisobga olinmagan zarbli yuklanishlar hosil bo’ladi, natijada klapan va
taqsimlash valini foydalanib bo’lmaslik darajasigacha yeyilishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun
motor moyini almashtirish vaqtida, tsilindrlar kallagining qopqog’i taqsimlash vali biln birgalikda yechib
olinib, gidroitargichlar yechib olinishi va benzin yoki kerosinda yuvib tashlanishi zarur. Bu gidroitargich
ichidagi kirliklardan xalos bo’lishni ta’minlaydi.

Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish