Avtosamosvallar.
Karyer avtosamosvallari konstruktiv tuzilishi buyicha ikkita asosiy guruxga ajratiladi: avtosamosvallar va avtopoezdlar - yarim pritsepli tyagachlar va pritsepli tyagachlar.
Avtosamosval – ramasiga o’rnatilgan mustaxkam konstruktsiyali kuzovga ega bo’lgan avtomobil bo’lib, orqaga yoki yonga yuk tushiradi.
Avtopoezd – bir yoki bir necha pritsepli yoki yarim pritsepli avtomobilь-tyagachdir. Avtopoezdning ishga belgilanishiga qarab yarim pritsep kuzovi tagidan, orqadan yoki yonidan yuk tushiradi.
Avtomobil transporti turlari:
a) orqaga yuk to’kuvchi samosval; b) tagidan
yuk to’kuvchi pritsepli tyagach; v) orqadan yuk tushiruvchi yarim pritsepli tyagach.
Ochiq kon ishlarida ishlatishning maxsus sharoitlari karyer avtosamosvallari konstruktsiyasiga quyidagi talablarni qo’yadi: ekskavatorda yuklanayotganda zarb kuchlariga chidamli bo’lishligi uchun mexanik qismlarning yuqori mustaxkamligi; yuklash va yuk tushirish ishlari texnologik jarayonlari davomiyligini qisqartirish uchun kuzovning soda va qulay bo’lishi; qisqa kon zaboylari sharoitida samarali ishlashi uchun yuqori manevrli bo’lishi; joyning og’ir relьefli sharoitlarida va sifatsiz yo’llarda xarakatlanishga yuqori chidamlilik va xarakatchanlik; kar’er sharoitiga mos bo’lgan uzoq davomli qiyaliklarda ish davrini qisqartirish uchun avtosamosval yetarli tezligini saqlay olishi yoki yetarli tormozlash kuchiga ega bo’lishi kerak.
Yuqorida sanab o’tilgan talablar kar’er avtomobillarining ishga belgilanishiga qarab ularning komponovka sxemalarini va asosiy parametrlari aniqlaydi.
Konstruktiv nuqtai nazardan qaralsa ruxsat etilgan yuklanishlarda orqadan yuk tushiruvchi ikki o’qli avtosamosvallarni yaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda konstruktsiya soddalashadi, ishonchlilikni, tortish-dinamikasi sifatini va manevrni oshiradi. Yengil yuklarni (ko’mir, slanets) tashishda kuzov xajmining katta bo’lishi talab etiladi, bu esa avtopoezdlar yoki tagidan yuk tushiruvchi avtosamosvallarni yaratishni taqqazo etadi.
Karyer avtomobillarini komponovka qilishda dvigatel va kabinaning o’z’aro joylashishi hamda shassining konstruktiv sxemasi tanlanadi.
Kabina va dvigatelьning joylashishi bo’yicha shunday komponovka sxemasi qo’llaniladiki, bunda kabina dvigatelь yoniga joylashadi.
Bir joyli kabinali bunday sxema eng ko’p tarqalgan bo’lib, dvigatelьning xaydovchiga juda yaqin bo’lishiga qaramasdan avtomobilning yuqori jipsligini ta’minlaydi.
Shassining konstruktiv sxemasi avtomobilning massasini aniklaydi va birinchi navbatda uning menevrliligini ta’minlaydi. Ko’pchilik xollarda o’q formulasi 4 x 2 bo’lgan oldingi g’ildiraklari boshqariluvchi sxema ishlatiladi.
Xorijiy mamlakatlar amaliyotidan ma’lumki ikkita birlashgan sharnirli qismdan tashkil topgan ramali shassi
Karyer avtomobillari komponovka sxemalari
konstrkuktsiyali avtomobilning manevrliligi yuqoriligini ko’rsatdi. Har ikala o’qning yetaklovchi sifatida qo’llanilishi avtomobilni boshqarishda gidrotsilindrlar yordamida ikala o’qning bir yo’la burilishini ta’minlaydi. Bu avtomobilь massasining kamayishiga, manevrning oshishiga va yuk ko’tarish (8 g’ildirakli bo’lganligi xisobiga) qobiliyatining oshishiga imkoniyat beradi.
O’qlar sonining 3 tagacha oshishi yuk ko’tarish va o’tish qoibiliyatini oshiradi, lekin uning massasi ko’payishiga, manevrning qiyinlashishiga va konstruktsiyaning murakkablashishiga olib keladi. Yarim pritsepli avtopoezdlar 10 ta g’ildirakli bo’lib, ularning yuk ko’tarishi sezilarli darajada yuqori, lekin uzunligi oshadi va manevr qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |