«avtomobilyo’llari va aerodromlar» kafedrasi


Tushuntirish xatining mazmuni



Download 3,85 Mb.
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi3,85 Mb.
#277269
1   2   3   4
Bog'liq
''Avtomobil yo'llarini loyihalash'' kurs loyiha 68746

Tushuntirish xatining mazmuni:

1.Kirish.

2.Yo’l loyihalanayotgan viloyatning iqlimi.

3.Berilgan yo’l toifasi uchun texnik meyorlar.

4.Xaritada berilgan A va B punktlar oralig’ida trassa variantlarni o’tkazib, ularni texnik-iqtisodiy jihatdan solishtirish.

5.Asosiy variant uchun bo’ylama kesimni loyihalash.

6.Ko’ndalang kesimni loyihalash.

7.Yo’l to’shamasi konstruksiyasini loyihalash.

8.Xulosa.

9. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



Chizmalar tarkibi:

1.Topografik xaritada kamida ikkita yo’l trassa variantlari rejasi.

2.Bo’ylama kesimi.

3.Ko’ndalang kesimi.

4.Yo’l to’shamasi konstruksiyasi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Babkov V.F. Avtomobil yo’llarini qidiruvi va loyihalash.-Toshkent, 2014, 525 b,

2.ШНҚ 2.05.02-07 Автомобиль йўллари.-Toshkent, 2008, 89 b,

3.Mamajonov Murodjon “Avtomobil yo’llarini loyihalash” fanidan kurs loyihasini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanma. –Namangan, NamMQI, 2020,




Kirish

Mamlakatimizdagi avtomobil sanoati yildan-yilga o’sishi, avtomobillarni yuk ko’tarish qobilyatini va tashilayotgan yuk hajmini ortishi, harakat jadalligi va tezlikni ortishi avtomobil yo’llarining iste’mol talablarini ortishiga olib kelmoqda.

Hammamizga ma’lumki, O’zbekiston to’g’ridan-to’g’ri dengizga chiqish yo’liga ega emas. O’zbekiston hududining ko’pgina qismi 30% tog’ va tog’ oldi adirlari, 70% o’rtacha qirli, adirlik va tekislik bo’lib keskin kontinental, quruq iqlim sharoiti 90% atrofida ishlab chiqarish va aholini Respublika hududini uchdan bir qismida joylashishi transport tarmog’ini rivojlanishiga ta’sir etadi. Bu geografik vaziyat mamlakaitmizning keng, jahon andozalari talabi darajasida bo’lgan, rivojlangan mukammal transport tizimiga ega bo’lishini taqozo etadi va runi taraqqiy ettirishning asosiy yo’nalishlairini belgilab beradi. Bunda asosiy o’rinni avtomobil yo’li egallaydi. So’ngi vaqtlarda mamlakatimizda sodir bo’layotgan jarayonlar, qurilish sohasidagi o’zgarishlar yurtimiz chiroyiga-chiroy qo’shib O’zbekistonni yanada gullab yashnashiga omil bo’lmoqda. Zero bu o’zgarishlar o’z-o’zidan emas balki katta sarmoya va katta mehnatlar evasiga kelgan. Albatta bu ishlar inson mehnati va zahmati bilan bo’ladi. Lekin bunday ulkan ishlar faqatgina inson mehnati bilan qilish ancha murakkab jarayonlarni vujudga keltiradi. Bu murakkab ishlar avtomatlashtirilgan texnika va texnologiyalar bilan ma’lum bir kampyuter tizimlari bilan amalga oshiriladi. Qurilish ishlarini asosiylari yo’l va bino inshooti bo’lgani uchun, ularning eng ko’p vaqt oladigan jarayoni shu inshootlarni loyihalash jarayonidir. Shu bilan birga eng yaxshi maosh oladigan ishchilar ham bu loyihachilardir. Loyiha–bu hali qurilmagan yo’l, bino va inshootning chizmada ko’rinishi, chizmalar tarhi, qurilish olib borish ko’rsatmasi va qacha sarf-harajat ketishini ko’rsatuvchi, inshootning qanday qurilishi kerakligini ko’rsatuvchi yo’l xaritasidir. Ushbu kurs loyihasini bajarishdan maqsad ham mamlakatimizdagi yo’l xo’jaligidagi texnika texnologiyalardan samarali foydalish va avtomobil yo’llarini loyihashda yangicha g’oya va ko’nikmalarni egallashdan iboratdir.


Yo’l loyihalanadigan joyning iqlimi

Menga berilgan variantga ko’ra yo’l loyihalanadigan hudud bu Namangan viloyati Kosonsoy tumanidir. Kosonsoy tumani - Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashqil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Chust tumani bilan birlashtirilgan. 1973 yil 28 dekabrda yana qaytadan tuzilgan. Kosonsoy tumani viloyatning shimoliy qismida, Qoratogʻ etaqlarida, oʻrtacha 790 m balandlikda joylashgan. Janubidan Namangan shahri, sharqdan viloyatning Yangiqoʻrgʻon, janubi-gʻarbdan Chust tumanlari, shimoliy va gʻarbdan Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,51 ming km². Aholisi 141,5 ming kishi (2002). Tumanda 1 shahar (Kosonsoy), 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Yoshlik, Koson, Tergachi, Chinovul, Shirin, Qorasuv, Koʻkumboy) bor. Markazi — Kosonsoy shahri. Tabiati. Tuman hududi togʻli rayonlar zonasiga kiradi. Kosonsoy va uning irmoqlari oqib oʻtgan Qoratogʻ, Mugʻ, Koʻkumboy qirlari, Dam, Isporan, Yoyiq, Qisiq, Qorankoʻl, Sarson va Yertikan, Boyoston adirlari bor. Tuman qududining qariyb 1/3 qismi adir. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 12°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 0, minimal temperatura — 14°, maksimal temperatura 39—40o. Vegetatsiya davri 219 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin 315 mm. Tuman iqlimining shakllanishida shimolidan keladigan Arktika havo oqimi, Markaziy Osiyo hududida hosil boʻladigan moʻʼtadil quruq havo va janubidan harakatlanuvchi tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Tuman xududidan Kosonsoyning qariyb 40 km qismi hamda Chust (16 km), Tyoshiktosh (41 km), Koʻkumboy (12 km) kanallari oʻtgan. Ulardan sugʻorishda foydalaniladi. Kosonsoy (Urtatoʻqay), Qorasuv, Yertikan suv omborlari qurilgan. Tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq, shimoliy qismida qisman qoʻngʻir va togʻ oldi tuproqlari. Daryo vodiylarida jiyda, tol, terak, turangʻil, yulgʻun, oqtikan, maymunjon va boshqa oʻsadi. Togʻlarda doʻlana, sirach, pista, yongʻoq, naʼmatak, archa, lola, gulbarra, ravoch, qir va adirlarda shuvoq, shoʻra, yantoq, qoʻytikan, tekislik joylarda kurmak, qamish, ajriq, ariq boʻylarida esa yalpiz uchraydi.





Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish