Atmosfera havosining ifloslanish manbalari. Havoning tabiiy ifloslanishi sayoramizdagi 500 dan ortiq vulqonlar, changli bo’ronlar faoliyati natijasida ro’y beradi. Ayrim hollarda bo’ronlar, tuproqning ustki unumdor qatlamini uchirib ketadi. Qum va chang havoni xiralashtiradi. Inson va hayvonlarning nafas olish yo’llariga, ko’zlarining shilliq qavatiga kirib zararlaydi, hayvonlarning junlarini ifloslaydi. Shang havoda juda ko’p mikroblar bo’lib , ularning orasida kasal qo’zg’atuvchilari ham kam emas. Ayrim tumanlarda ommaviy ravishda turli gazandalar ko’payadi. Gazandalar Shimoliy Amerikada, Sibir, Uzoq Sharqning tundra, taiga hududlarida, Dunay daryosi soxillarida ko’p tarqalgan.
Atmosferaning iflos bo’lishi manbalaridan eng xavflilari kelib chiqishiga ko’ra, antropogenlar hisoblanadi. Ayniqsa, sanoat va shahar chiqindilari juda zararli. Ularning yillik miqdori o’ta yuqori. Har yili atmosfera 150 mln. Tonna oltingugurt oksidi, 60 mln tonna azot, 300 ming tonna qo’rg’oshin va boshqa chiqindilar tarqaladi. Inson faoliyati natijasida atmosfera ifloslanadi. Masalan, 1987 yil atmosferada 22 mlrd. tonna karbonat angidrid ajratilgan. Shunday AQSHda 23%, MDH 19%, G’arbiy Ovrupoda 13,5%, Xitoyda 8,7% qolgan boshqa davlatlarda 28% tarqalgan. CO2 gazining asosiy qismi 45% ko’mirni, 40 % neftni va 15% esa gazni yoqish hisobiga bo’ladi.
Atmosferaning ifloslanishi shartli ravishda mexanik va kimyoviy ifloslanishga bo’linadi. Mexanik ifloslanish- bu sement zavodlari chiqindilari, ko’mir yoqishdan chiqgan tugunlar, neftning yonishi, rezinkali g’ildiriraklarning yeyilishi va boshqalar. Kimyoviy ifloslanish changsimon, gazsimon, kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalar. Kimyoviy ifloslanishda birinchi o’rinda oltingugurt gazi turadi. Avtomobillar (CO) is gazi, azot ikki oksidi (NO2) ajratadi. Ular inson salomatligiga yomon ta’sir qiladi. Atmosferaning radioktiv moddalar bilan mexanik ifloslanishi quyosh nuri o’tishini kamaytiradi, ya’ni albedani nurni qaytib ketishini ko’paytiradi.
Atmosferaning ifloslanishini va uning tashqi muhitga salbiy ta’siri. Atmosferaning turli zaharli gazlar bilan ifloslanishi odamlar va hayvonot dunyosini turli kasalliklarga uchrashiga olib keladi. Havoning zaharlanishidagi “sezilmaslik” ta’siridan saqlanish uchun ma’lum maromli chegaralar belgilanadi. Bu maromlar zaharli moddalarning eng ko’p mum-kin bo’lgan konsentratsiyasi bilan belgilanadi. Eng ko’p mumkin bo’lgan ifloslanish konsentrasiyasi odamlarning soglig’ini, mehnat unumiga, kayfiyatiga bevosita salbiy ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |