12. Avtomobilni sirpanishi, old va orqa o’qlarning sirpanishi.
6.1. Oldingi o’qning surilishi.
Avtomobilning oldingi o’qiga yondan Ru1 kuch ta’sir etganda u V3 tezlik bilan yonga surila boshlaydi. U vaqtda Va1 va V3 tezlik vektorlarning teng ta’sir etuvchisi Vp yo’nalishida harakat qiladi. Lekin orqa o’q Va2 tezlik vektori yo’nalishida harakatlanib avtomobilni oniy markaz O atrofida buradi. Natijasida markazdan qochma kuch. Rm.q va inertsiya momenti Mja hosil bo’ladi (24.10-rasm, a).
24.10-rasm. a- Olidingi o’qni yon tomonga surilishi, b-orqa o’qni yon tomonga surilishi.
SHakldan ko’rinib turibdiki, oldingi o’qning yonga surilishi avtomatik ravishda so’nadi, chunki Rmk ning tashkil etuvchisi Rmu hamda moment Mja oldingi o’qning surilishiga qarshilik qiladi, ya’ni Ru1 va Rmu kuchlar qarama-qarshi tomonlarga yo’nalgan va bir-birini kuchsizlantiradi.
6.2. Orqa o’qning yonga surilishida (24.10-rasm, b) Rmk va Ru2 kuchlar bir tomonga yo’nalgan bo’lib, yonga surilishni kuchaytiradi va avtomobil turg’unligini yo’qotadi hamda havfli vaziyatni keltirib chiqaradi. Bunday holat qish vaqtida havflidir. Buni oldini olish uchun oldingi g’ildirakni surilish tomoniga burish kerak, bunda burilish radiusi ko’payib Rmk kuch kamayadi. Surilishni oldini olishning ikkinchi usuli oyoqni tormoz pedalidan olish va harakat tezligini kamaytirish kerak.
13. Avtomobilning turg’unligiga ta’sir etuvchi omillar.
Avtomobilning turg’unligi uning harakat xavfsizligini ta’minlaydi.
Avtomobilning turg’unligiga shinaning va tormoz mexanizmining texnik holati ko’proq ta’sir qiladi. SHina tishlarining yeyilishi g’ildirakning yo’l bilan tishlashishini kamaytiradi va yoniga surilib harakatlanishini oshiradi, tishlashish koeffitsienti kamayadi.
Tormozning noto’g’ri sozlanishi o’ng va chap g’ildiraklarda har xil tormozlash momentini hosil qiladi, bu moment avtomobilni turg’unligini kamaytiradi.
Avtomobilning ko’ndalang turg’unligi kuzovdagi yukning noto’g’ri joylashuvi natijasida ham buzilishi va yo’qolishi mumkin. Agar yukning og’irlik markazi avtomobilning bo’ylama o’qida yotmasa S yelkada inertsiya kuchi va burovchi moment hosil qilib oldingi g’ildiraklarning yoniga surilishini keltirib chiqaradi.
Nazorat savollari.
Transport vositasining boshqaruvchanligi deb nimaga aytiladi?
Boshqaruvchanlik o’lchamlari va ko’rsatkichlarini tushuntiring.
Boshqaruvchanlik shartini tushuntiring.
SHinalarni yonaki sirpanishi bo’lmaganda avtomobilni burilishini tushuntiring.
SHinalarni yonaki sirpanishi bo’lganda avtomobilni burilishini tushuntiring.
Avtomobilni burilish jarayonini tushuntiring.
Burilayotgan avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlar.
Burilish turlarini tushuntiring.
Buriluvchanlik bo’yicha chegaralangan tezlikni tushuntiring.
Turg’unlik va uning o’lchamlarini tushuntiring.
Bo’ylama qiya tekislikdagi turg’unlikni tushuntiring.
Ko’ndalang qiya tekislikdagi turg’unlikni tushuntiring.
Avtomobilning burilishidagi turg’unligini tushuntiring.
Avtomobil o’qlarining yonga sirpanishi va turg’unligini oshirish yo’llarini ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |