Avtomobilning boshqariluvchanligi va turg’unlik xususiyati. Reja


Boshqariluvchanlikni baholovchi ko’rsatkichlar, boshqariluvchanlik bo’yicha kritik tezlik



Download 1,06 Mb.
bet2/7
Sana30.06.2022
Hajmi1,06 Mb.
#720250
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6.2. Avtomobilning boshqariluvchanligi va turg

2. Boshqariluvchanlikni baholovchi ko’rsatkichlar, boshqariluvchanlik bo’yicha kritik tezlik.
Boshqaruvchanlik o’lchamlariga: burilish radiusi, o’ng va chap oldingi g’ildiraklarining burilish burchaklari, oldi va keyingi ko’priklarining sirpanish burchaklari, burilish markazining joylanishi, avtomobil bazasi, oldingi va orqa ko’prik o’lchamlari kiradi.
Boshqaruvchanlik ko’rsatkichlariga: avtomobilga ta’sir etuvchi ko’ndalang kuch, oldingi va orqa g’ildiraklariga ta’sir etuvchi reaktsiya kuchlari, sirpanishni qarshilik koeffitsienti, avtomobilni kritik tezligi va boshqariluvchi g’ildiraklarning burilish burchaklari o’rtasidagi bog’lanishlar kiradi.


3. SHinaning yonaki surilishi va surilish koeffitsienti.
Transport vositasining g’ildiraklari yoniga sirpanmagan holatda bo’lganda transport vositasining burilish radiusini aniqlash uchun keyingi g’ildiraklar o’qini davom ettiriladi. Oldingi boshqariluvchi o’ng g’ildirakning aylanish tekisligiga oldingi ko’prik o’rtasidagi nuqta orqali perpendikulyar chiziq o’tkazamiz, bu chiziq orqa o’q davomidagi chiziq bilan kesishib O nuqtani xosil qiladi. Bu nuqta transport vositasining burilish markazi bo’ladi. Burilish markazidan transport vositasining bo’ylama o’qigacha bo’lgan masofa transport vositasining g’ildiraklarining sirpanishi bo’lmagan xolatdagi burilish radiusi R bo’ladi (24.1-rasm).

24.1-rasm. SHinalarning yonaki sirpanishi bo’lmaganda
avtomobilning burilishi.

Elastik shinali transport vositasi burilayotganda unga inertsiya kuchining ko’ndalang Ru tashkil etuvchisi, shamol kuchi va yo’l qiyaligining qarshilik kuchlari ta’sirida oldingi shinalar δ1 va orqa shinalar δ2 burchak ostida sirpanadi. O’ng va chap shinalarning sirpanish burchaklari bir hil bo’ladi. SHinalarning sirpanish natijasida oldingi va orqa ko’priklarning harakati ham o’zgaradi (24.2-rasm).





24.2-rasm. SHinalarning yonaki sirpanishi bo’lmaganda
avtomobilning burilishi.

Orqa ko’prik V2 tezlik vektori bo’yicha transport vositasining bo’ylama o’qiga nisbatan δ2 burchak ostida va oldingi ko’prik esa V1 tezlik vektori bo’yicha bo’ylama o’qga nisbatan  δ1 burchak ostida harakatlanadi,
bu yerda: -oldingi g’ildiraklarning o’rtacha burilish burchagi.

Elastik shinali transport vositasining burilish radiusini aniklash uchun tezlik vektorlari qo’yilgan nuqtalar orqali vektorlarga perpundikulyar chiziqlarni o’tkazib, bu chiziqlarning kesishgan O nuqtasini hosil qilamiz. Bu nuqtaning elastik shinali transport vositasining oniy burilish markazi deyiladi. Oniy burilish markazidan transport vositasining bo’ylama o’qigacha bo’lgan masofani elastik shinali transport vositasining oniy burilish R radiusi deyiladi.


24.1 va 24.2 rasmdan ko’rinadiki oniy burilish markazi sirpanish bo’lmagandagi burilish markazidan S masofaga siljigan bo’ladi.
OBA va OVB uchburchakdan foydalanib oniy burilish R radiusi va siljigan S masofani aniqlaymiz:

bundan
(11.1)
Demak, transport vositasining burilish radiusi boshqariluvchi g’ildiraklrining o’rtacha burilish burchagiga, oldingi va orqa g’ildiraklarning sirpanish burchagiga bog’liq ekan.
Burilishda oniy markazning siljish masofasini quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
OBV dan ,
bu ifodaga R qiymatini o’rniga qo’yib quyidagi ifodani hosil qilamiz:
(11.2)
Demak, oniy markazning siljishi boshqariluvchi oldingi g’ildiraklarning burilish burchagiga va oldi hamda orqa g’ildiraklarning sirpanish burchaklariga bog’liq bo’ladi.
Transport vositasining burilish jarayoni uch davrda sodir bo’ladi. (24.3-rasm.): AB- burilishga kirish; BV- burilish; VG-burilishdan chiqish;

24.3-rasm. Avtomobilning burilishi. a) burilish jarayoni davrlari;
b) burilishda ta’sir etuvchi kuchlar.

Boshqariluvchi g’ildirak burilishiga kirishda to’g’ri chiziqli harakatdan radiusi kichrayib borayotgan egri chiziq AB bo’yicha harakatlanadi, so’ng radiusi o’zgarmas to’g’ri chiziq BV bo’yicha harakatlanadi va o’zgaruvchan radiusli egri chiziq VG bo’yicha harakatlanadi, so’ng radiusi cheksiz bo’lgan to’g’ri chiziq bo’yicha harakatlanadi.


Burilayotgan transport vositasiga quyidagi kuchlar ta’sir qiladi. (24.3-rasm, b)
Markazdan qochma Rmq kuch ; markazdan qochma kuchning ko’ndalang Ru va bo’ylama Rx tashkil etuvchilari, oldingi va orqa ko’priklarga ta’sir etuvchi yo’lning ko’ndalang qarshilik Ru1, Ru2 kuchlari.
Burilayotgan avtomobilga asosan avtomobilni bo’ylama o’qiga tik bo’lgan markazdan qochma Rmq kuch ta’sir qiladi. Burilishda tekis harakatlanayotgan avtomobilga ta’sir etuvchi markazdan qochma kuchning ko’ndalang ta’sir etuvchisi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
; (11.3)
Demak, bu kuch harakat tezligining kvadratiga va burilish radiusi hamda avtomobilning to’la og’irligiga bog’liq bo’ladi.
Burilishda tekis harakatlanayotgan avtomobilning oldingi va orqa ko’priklariga ta’sir etuvchi yo’lning ko’ndalang reaktsiya kuchlari quyidagi ifodalar bilan aniqlanadi:
; ; (11.4)
bu yerda; G1, G2-oldi va orqa o’qlarga tushgan og’irlik kuchlari;
Va-avtomobil tezligi; R-burilish radiusi; g-erkin tushish tezligi.


G’ildirakning yonaki sirpanishi va avtomobilning boshqariluvchanligi
Ko’ndalang Ru kuch ta’sirida boshqariluvchi g’ildirakning aylanish tekisligiga nisbatan δ1 burchak ostida g’ildirashiga g’ildirakning yonaki sirpanishi deyiladi.
Agar ko’ndalang kuch bo’lmasa g’ildirak o’zining to’g’ri chiziqli aylanish tekisligi bo’yicha harakatlanadi. Ko’ndalang kuch ta’sirida g’ildirak aylanish tekisligiga nisbatan δ1 burchak ostida harakatlanadi.
G’ildirakning aylanish tekisligi bilan tezlik vektori orasidagi burchakni sirpanish burchagi deyiladi. Sirpanish burchagining qiymati ko’ndalang kuch va shina yonining bikrligiga bog’liq bo’lib quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
, (11.5)
bu yerda; Ks-sirpanish qarshiligining koeffitsienti.
Demak, sirpanish qarshiligining koeffitsienti shina o’lchamlari, konstruktsiyasi shinadagi havo bosimi va g’ildirakni yuklanishiga, avtomobil tezligiga hamda burilish radiusiga bog’liq bo’ladi. Sirpanish qarshiligining qiymati yuk avtomobili va avtobuslari uchun Ks60-150 kNrad; yengil avtomobil shinalari uchun Ks15-40 kNrad ga teng bo’ladi.
Avtomobil xi bo’yicha harakatlanayotganda shinalarning yonaki sirpanishi ko’ndalang, qiyalik, shamol, yo’lning notekisligi, ilashish koeffitsientlarining farqi kabi sabablar ta’sirda paydo bo’ladi. CHunki bu vaqtda avtomobilga ta’sir etuvchi yonaki Ru kuch hosil bo’ladi. SHu kuch ta’sirida orqa g’ildiraklarning yo’nalishi b2 burchakka, oldingi g’ildiraklarning yo’nalishi esa δ1 burchakka yonga suriladi.



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish