10. Avtomobilning ko’ndalang tekislikdagi turg’unligi.
Ko’ndalang qiya tekislikda harakatlanayotgan avtomobil yoniga surilmasdan yoki og’darilmasdan harakatlanishini ta’minlaydigan burchak ni qiymati avtomobilni ko’ndalang turg’unligini ifodalaydi.
Ko’ndalang qiyalikda harakatlanayotgan avtomobilga ta’sir etuvchi tashqi kuchlar va reaktsiya kuchlari 24.7-rasmda tasvirlangan.
24.7-rasm. Ko’ndalang qiya tekislikda harakatlanayotgan avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlar
|
Bu yerda, yon reaktsiya kuchlari.
Avtomobilni tashqi g’ildiragiga ta’sir etuvchi yo’lning reaktsiya kuchi R2=0 ga teng bo’lganda va og’irlik kuchining tashkil etuvchisi ni ta’sirida avtomobil 01 tayanch nuqta atrofida ko’ndalanggiga og’darilishi mumkin.
Avtomobil og’darilmasdan harakatlanishi uchun kuchlardan 01 tayanch nuqtaga nisbatan olingan momentlarning yig’indisi ga teng bo’lishi lozim.
Muvozanat shartiga ko’ra quyidagi tenglamani yozamiz:
|
bundan, qiyalik burchagi quyidagicha aniqlanadi:
, (12.3.)
bu yerda orqa g’ildiraklar orasidagi masofa;
yo’l sathidan avtomobilni og’irlik markazigacha bo’lgan masofa.
Ko’ndalang qiyalikda harakatlanayotgan avtomobil yoniga surilmasdan yoki og’darilmasdan harakatlanishi uchun qiyalik burchagining chegaralangan qiymati avtomobil turlari bo’yicha quyidagicha belgilangan:
Yuk avtombillari uchun yengil avtomobillar uchun
11. Burilishdagi ag’darilish va sirpanish bo’yicha kritik tezlik.
Transport vositasi egri chiziq bo’ylab burilishidagi turg’unlikni uchta holatda ko’rish mumkin:
- transport vositasi tekis yo’lda egri chiziq bo’ylab buriladi, burilish markazi ichkariga joylashgan bo’ladi;
- transport vositasi qiyalikda egri chiziq bo’ylab buriladi, burilish markazi qiyalikning pastki tomonida joylashgan bo’ladi;
- transport vositasi qiyalikda egri chiziq bo’ylab buriladi, burilish markazi qiyalikning yuqorigi tomonida joylashgan.
Birinchi holatda transport vositasi tekis yo’lda egri chiziq bo’ylab o’zgarmas radius va tezlik bilan harakatlanganda avtomobilning og’irlik markaziga markazdan qochma kuch Rm.q ta’sir etadi. Bu kuchning gorizontal tashkil etuvchisi R'm.q avtomobilni tashqariga og’darishga harak qiladi (24.8-rasm).
24.8-rasm. Transport vositasini tekis yo’lda egri chiziq bo’ylab burilishi.
Burilish markazi orqa va oldingi g’ildiraklarning aylanish tekisliklariga shkvoren o’rnatilgan nuqtalar orqali tushirilgan tik chiziqlarning kesishgan nuqtasi 0 bo’ladi.
Markazdan qochma kuch quyidagicha aniqlanadi:
(12.4.)
bu yerda: avtomobilning yuk bilan og’irligi;
R-burilish radiusi;
Rom-og’irlik markazining burilish radiusi;
Va-avtomobilni tezligi;
g-erkin tushish tezlanishi.
Avtomobilni tezligi oshgan sari burilish radiusi kamayib markazdan qochma kuch ortda va avtomobilni tashqi g’ildiraklar atrofida og’darib tashlaydi, bu xolatda g’ildirakning tishlashish kuchi bo’ladi.
Avtomobilni og’darilishi (12.5) bo’lganda boshlanadi,
bu yerda og’irlik markazining balandligi, m;
orqa g’ildiraklar orasidagi masofa, m.
(12.5) ifodadan (12.6) ni xosil qilamiz va (12.4) bilan (12.6) ni tengligidan foydalanib avtomobilni burilish paytida og’darilishini boshlanish oldidagi eng katta kritik tezligini quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
, (12.7)
Avtomobil burilayotganda uni yoniga sirpanishi bo’lganda sodir bo’ladi. Avtomobilni sirpanishdagi eng katta kritik tezligi quyidagicha aniqlanadi:
dan
, (12.8)
Ikkinchi holatda transport vositasi qiyalikda harakatlanib burilayotganda burilishi markazi qiyalikning pastki tomoniga joylashgan bo’ladi (24.9-rasm).
24.9-rasm. Avtomobilni qiyalikda burilish paytidagi turg’unligi.
Avtomobilga og’irlik kuchi dan boshqa yana markazdan qochma kuch ta’sir qiladi. Bu kuch avtomobilni O2 nuqta atrofida og’darishga harakat qiladi. Avtomobilni og’darilish paytda va ga teng bo’ladi. Avtomobilni og’daruvchi momentni quyidagicha aniqlanadi:
, (12.9)
va kuchlarning qiymatlarini o’rniga qo’yamiz va ifodani qo’yidagicha yozamiz:
Markazdan qochma kuchning qiymati ga teng ekanligini hisobga olib, avtomobilni qiyalikda egri chiziq bo’yicha burilishida uning turg’unligi quyidagicha bo’ladi:
Bu tenglamadan foydalanib avtomobilni qiya tekislikda egri chiziq bo’ylab burilish paytidagi kritik tezligini aniqlaymiz:
, (12.10)
Agar burilish markazi qarama-qarshi tomonga joylashgan ya’ni qiyalik tomonda bo’lsa, egri chiziq bo’ylab burilayotgan paytdagi avtomobilni maksimal tezligi quyidagi ifodaga teng bo’ladi:
, (12.11)
Demak, berilgan radiusda va qiyalikda qanday tezlik bilan egri chiziq bo’ylab harakatlanish kerakligini 12.10 va 12.11 ifodalar ko’rsatadi.
Bu holatda avtomobilning turg’unligi havfli bo’ladi, chunki, burilish paytida markazdan qochma kuchning miqdori har doim ga ko’p bo’ladi. Demak, burilish radiusi R katta bo’lsa va bo’lsa hamda burilish markazi qiyalikning pastida joylashgan bo’lsa, avtomobilning burilishdagi turg’unligi shuncha mustahkam bo’ladi.
Avtomobil yo’llarini loyihalashda qiya yo’llarda burilish radiusini R=300-1000m va qiyalik burchagini gacha qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |