7-rasm. GAZ – 53 A avtomobil dvigateli gaz taqsimlash fazalarining doiraviy diagrammasi.
Diagrammaga nazar tashlansa, tirsakli valning aylanma yo‘nalishi bo‘yicha 460 davomida ikkala klapan ochiq turadi. Bunga klapanlarning baravariga ochiq turishi deyiladi. Bu davr juda qisqa bo‘lib yangi zaryad amalda ishlatilgan gazlar bilan aralashib tashqariga chiqib ketishga ulgurmaydi. Demak, bu davr davomida silindr puflanadi, ya’ni u ishlatilgan gazlardan yana ham yaxshi tozalanadi. Klapanlarning bunday baravariga ochiq turishi dvigatelning ish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Gaz taqsimlash fazalarini to‘g‘ri o‘rnatish uchun dvigatelni yig‘ish paytida taqsimlash tishli g‘ildiraklarining (yulduzchalarining) belgilangan joylarini aniq tutashtirish lozim. 1- jadvalda ba’zi avtomobil dvigatellarining gaz taqsimlash fazalari keltirilgan.
1-jadval
Avtomobil dvigatellarining gaz taqsimlash fazalari (tirsakli valning aylanishi burchagi bo‘yicha graduslarda)
Dvigatel
|
Kiritish klapani
|
Kiritish dav- ri
|
Chiqarish klapani
|
Chiqa
rish davri
|
Ikkala klapanning baravariga ochiq turishi
|
YUCHN gacha ochilishi
|
PCHN dan so‘ng yopilishi
|
PCHN gacha ochilishi
|
YUCHN dan so‘ng yopili
shi
| Tiko |
12
|
36
|
228
|
46
|
10
|
236
|
22
|
VAZ-2101
|
12
|
40
|
232
|
42
|
10
|
232
|
22
|
GAZ-53A
|
24
|
64
|
268
|
50
|
22
|
252
|
46
|
ZIL-130
|
21
|
75
|
276
|
57
|
39
|
276
|
60
|
YAMZ-236
|
20
|
56
|
256
|
56
|
20
|
256
|
40
|
SamKoch Avto
|
12
|
31
|
223
|
50
|
16
|
246
|
28
|
MATIZ
|
12
|
36
|
228
|
46
|
10
|
236
|
22
|
NEKSIYA
|
|
|
|
|
|
|
|
DAMAS
|
12
|
36
|
228
|
46
|
10
|
236
|
22
|
2- BOB. PEDAGOGIK QISM
2.1. O‘qitishda ta’lim texnologiyalarini qo‘llash
Pedagogik faoliyatda «Texnologiya» atamasining qo‘llana boshlashi bilan pedagogik amaliyot, uning nazariy jixatlari hamda ular haqida bildirilayotgan muloxazalar bir muncha yuqori ilmiyo darajaga ko‘tarilmoqda.
Pedagogik texnologiya xozirgi zamondagi didaktika va pedagogika taraqqiyotining maxsuli.Uni pedagogikaning xozircha mavjud bo‘lgan hamda takomillashib kelayotgan barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy vazifalarni yanada yuqoriroq darajada amalga oshirish yo‘lidagi yangi bosqich deb hisoblash mumkin.
Shu nuqtai nazardan pedagogik texnologiyani avvalo xozirgi pedagogika fani taraqqiyoti natijasida xosil bo‘lgan yangi yo‘nalish deb xisoblagan holda, uning o‘ziga xos bo‘lgan tamoyillari, qoidalarini chuqur o‘rganib borish va pirovardida qonuniyatlarini aniqlash yo‘lidagi muammolarni yechish lozimligi ko‘rinib turibdi.
Pedagogik texnologiya avvalo ta’lim- tarbiyani yanada rivojlantirish extiyojlarini qondirish yo‘lidagi insonlar faoliyatidan iborat ijtimoiy xodisa xisoblanishi lozim.
Har qanday ijtimoiy xodisalar singari pedagogik texnologiyani ham ilmiy jixatdan o‘rganuvchi fan sohasi mavjud bo‘lib, uni pedagogik texnologiya fani deb nomlanadi.Shu pedagogik texnologiya fani o‘z navbatida zamonaviy ta’lim- tarbiyaning eng maqsadga muvofiq yo‘llari va usullarini tadqiq qiluvchi nazariy fan hamda o‘quv fan turlariga ajraladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi keng ko‘lamli, serqirra tushuncha bo‘lib, u ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish extiyojlari asosida kelib chiqqan va xozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o‘z o‘rniga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o‘qitishni jadallashtirish» ko‘zda tutilgan.
Hozirgi kunda adabiyotlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «ilg‘or pedagogik texnologiya», «zamonaviy pedagogik texnologiya» iboralari keng qo‘llanilmoqda. YUNESKO ning ta’rificha «Pedagogik texnologiya – bu butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlik vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli metodidir».
Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o‘qitish va ta’lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baholashni o‘zaro aloqada va bir-biri bilan bog‘liqlikda loyihalash – ko‘pincha an’anaviy o‘quv jarayonida yetishmaydigan narsalardir.
Ta’kidlash joizki, jarayon (texnologiya) deganda jarayonlarni amalga oshirish yo‘riqlari haqidagi bilimlar va vositalar majmuasi hamda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayonning o‘zi ham tushuniladi.
Pedagoglar faoliyatida ba’zida «pedagogik texnologiya» tushunchasi bilan foydali bo‘lsada avval o‘zlashtirilgan va texnologik qurilmagan o‘qitish uslublari ataladi. Aslini olganda pedagogik texnologiya – bu o‘qitishga o‘ziga xos bo‘lgan yangicha yondashuvdir.
Pedagogik texnologiyaning har xil ta’riflari mavjud bo‘lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondavshishni ifodalaydi.
Texnologiya – byuiror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi.
Texnologiya- ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V.M. SHepel).
Pedagogik texnologiya - o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyixasidir (V.P, Bespalko).
Pedagogik texnologiya- bu jamiyat extiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizimi sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma- ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir (B. Ziyomuxamedov).
Pedagogik texnologiya- ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P. Volkov).
Pedagogik texnologiya- bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat maxsuli sifatida yaularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir (N.Saydaxmedov).
Pedagogik texnologiya bu – obyektiv, moddiy jarayon.Agar biz o‘quv- tarbiya jarayonidan uning obyektiv, moddiy jixatini ajrata olsak, shunda biz texnologiyaga, eng kamida uning tafsilotiga ega bo‘lamiz (V.K. D’yachenko).
Pedagogik texnologiya- bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy- muxandislik tafakko‘rining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi xisoblanadi (B.L. Farberman).
Pedagogik texnologiya- turli mualliflar (manbalar)- ning barcha ta’riflari mazmunini o‘zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat (G.K. Selevko).
Yuqorda keltirilgan ayrim ta’riflarnig o‘zaro xar xilligidan ko‘rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, ungsha pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy ekologik va boshqa nuqtai nazardan yondashish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |