IV. Avariya xolatlarida xavfsizlik talablari.
7) O‘rinbosar yo‘lovchilarni va yuklarni avtomobil transportida tashishda yo‘l- transport xodisasi yoki boshqa avariya (baxtsiz xodisa) sodir bo‘lganligi to‘g’risida ma’lumot olishi bilan bu xaqda ish beruvchiga u yo‘q bo‘lsa bosh muxandisga zudlik bilan xabar beradi va shundan so‘ng ularning ko‘rsatmalari bo‘yicha xarakat qiladi.
V. Ish tugagach xavfsizlik talablari.
8). Ish tugagach o‘rinbosar:
a) xarakatlanadigan tarkibning tasdiqlangan grafik bo‘yicha vaqtida korxonaga qaytib kelishini nazorat qiladi;
b) xarakatlanadigan tarkib vaqtida korxonaga qaytib kelmasa, kechkish sabablarini aniqlaydi;
v) agar xarakatlanadigan tarkib uzoq vaqtgacha kechkiyotgan bo‘lsa, uning qayerdaliligini aniqlaydi va shundan so‘ng vaziyatga qarab xarakat qiladi hamda zarur choralarini ko‘radi;
Amaliy mashg’ulot №-1
MAVZU: Avtobuslar, yuk va yengil avtomobillarda yonilg’i sarfi xisobining umumiy uslubi.
I.Ishni maqsadi: O‘tilgan mavzular bo‘yicha savol va topshiriklarni seminar shaklida tayyorlab amaliy mashgulotlarhi mazmun va mantiqqa ega bo‘lishi talab etiladi.
II Umumiy ma’lumotlar: Mavzu bo‘yicha quydagi savol va topshiridagi taqsimot asosida amaliy dars seminar tariqasida berilgan savollarga talabalar navbat bilan chiqib amaliy darsda ximoya qiladilar:
1. “Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining me’yorlarini aniqlash usullari” fanining maqsadi nima?
2. “Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasining me’yorlarini aniqlash usullari” fanining asosiy mazmuni va yo‘nalishi nimalardan iborat?
3. Transport vositalarini ekspluatatsiyasining qanday aniqlash usullari mavjud?
4. Yengil avtomobillarda yonilg’i sarfi qanday aniqlanadi?-
5. Yuk avtomobillarda yonilg’i sarfi qanday aniqlanadi?
6. Avtobuslarda yonilg’i sarfi qanday aniqlanadi?
7. Maxsus avtomobillarda yonilg’i sarfi qanday aniqlanadi?
8. Avtomobil yonilg’isini olishning qanday turlari mavjud?
9. Xozirda ichki yonuv dvigatellarida qo‘llanilayotgan yonilg’i turlari qanday?
10. Avtomobil transporti ekspluatatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari deganda nima tushuniladi?
III. Topshiriq
O‘tilgan mavzular bo‘yicha savol va topshiriklarni magistrlar ro‘yxati bo‘yicha quyidagicha;-
1-10gacha 5ta savol, 11-20gacha 5ta, savol 21-30gacha 5ta savol taqsimlanali.
Amaliy mashgulotlar xar biriga 1,5 ball beriladi.
1. Magistrlar jurnaldagi tartib raqam bo‘yicha o‘zini variant topshirig’ini oladi.
2. Magistrlar nazariy qismdagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi.
3. Magistrlar o‘z variantidagi topshiriq talablarini bajaradi.
Xar bir topshiriq 1,5 -1,3 –a’lo,1,2-1,1 yaxshi, 1,0- 0,82 qoniqarli, 0,8dan pasti qoniqarsiz baxolanadi. Bu jarayon amaliy darsda amalga oshiriladi, ulgurmagan magistrlar alohida keyin topshirishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |