Ekskovator bilan ishlaganda
Ekskovatorlarning ko‘chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam o‘rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash ta’qiqlanadi.
Ekskovatorning o‘qi (stela) va cho‘michi tagida, ekskovator va transport vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning 15 m gacha bo‘lgan masofasida odam bo‘lmasligi kerak.
Ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning cho‘michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o‘tishi kerak.
Ekskovatorning cho‘michi to‘ldirilgan holatda yurishi mumkin emas.
Avtogreyder bilan ishlaganda
Avtogreyder daraxtlar, daraxt to‘nkalari va katta toshlar bor joyda ishlashi mumkin emas.
gruntni tekislashda avtogreyderning tashqi g‘ildiraklari bilan yo‘l poyi cheti orasida eng kamida 1 m masofa bo‘lishi kerak.
avtogreyderni baland ko‘tarmalarga chiqishi uchun maxsus chiqish va tushish joshlari qilinishi kerak.
Katok bilan ishlaganda
Haydovchi mashinani ishga tushirganligi haqida ogohlantiruvchi signal berishi kerak.
Katok ko‘tarmada ishlayotganda ko‘tarmaning qoshiga borishi mumkin emas.
Katokni qiyalikda to‘xtatib qo‘yish mumkin emas.
Zichlash jarayonida bir nechta katoklar ishlayotgan bo‘lsa oraliq masofani saqlash lozim.
Avtosamosval bilan ishlaganda
Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxslar avtosamosvalni boshqarishlari mumkin emas.
Yuk ortilgan holatda belgilangan tezlikdan ortiq tezlikda harakatlanmaslik kerak.
Avtomobil yo‘llarini loyixalash, qurish va ta’mirlashda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash RD 119 0027714-29-93 ga hamda QMQ 2.05.02-95 ning 3-qismiRD 119 0027714-29-93 va 2.05.11-95 ning 7 - qismi shu qatorda texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish zarur.
Qurilish maydonlarida va ishlab chiqarish binolarida mehnat jarayonida atmosferaga chang ajralib chiqishi ko‘zatiladi.
CHang, bu qattiq jismlarni ishlov berayotganda ulardan ajralib chiqib havoga erkin uchib yuraoladigan mayda zarrachalarga aytiladi. Bu zarrachalarning odam oragnizmiga ziyon etkazish darajasi, ularning kimyoviy tarkibiga, o‘lchamlariga va havodagi zichligiga bog‘liqdir.
Inson organizmiga bu changlarni yutilishi, ularni xavodagi zichligiga, ya’ni son miqdoriga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Havodagi chang inson uchun o‘ta havfli ekanligini inobatga olgan holda, kishilarni salomatligini muhofaza qilish maqsadida, ish joylarida havoning tarkibida changning miqdori sanitariya me’yorlari belgilagan zararsiz mikdor REM qiymatidan oshib ketmasligini ta’minlash lozim bo‘ladi.
Qurilish sanoatining deyarli barcha sohalarida bajariladigan ishlar jarayonida chang hosil bo‘lishi va havoda tarqalish ehtimoli mavjud. Havoning tarkibidagi chang miqdorini asboblar yordamida o‘lchash asosan tarozi (gravitatsion) usulida amalga oshiriladi.
Tarozi usuli havodagi chang zarrachalarini filtrlar yordamida ushlab olib, so‘ng ularni og‘irligini tarozida o‘lchab o‘rganishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |