Avtomobil yo‘lini ta’mirlash texnologik jarayonlari xaritasini tuzish. Menga berilgan ushbu kurs-loyiha ishida 6 km yo‘l uchastkasida yo‘l qoplama ustki qatlamini tiklash uchun kerakli jarayonlar belgilab, asosiy qo‘llaniladigan ta’mirlash, saqlash uchun zarur mashina-mexanizmlarning ish unumdorligi aniqlab, materillarga bo‘lgan talablarni hisoblab chiqilgandan so‘ng, texnologik xaritani chizishga kirishdim. Yo‘l qoplama ustki qatlamini tiklash texnologik xaritani tuzishda mavjud normativlar talablari asosida bajardim.
Tanlangan mashina-mexanizmlarning ish ko‘lami etakchi mexanizm ish unumdorligiga asoslanib hisoblab chiqildi.
Yo‘l qoplama ustki qatlamini tiklash uchun hisoblangan ish ko‘lami va unga kerakli bo‘lgan mexanizmlar, materiallar miqdorini inobatga olgan holda texnologik xarita tuzdim.
Tuzilgan xaritada:
-oqim yo‘nalishi bandida tanlangan mashina-mexanizmlarning yo‘nalishini yo‘naltirilgan strelka yordamida ko‘rsatib qo‘ydim.
-texnologik bosqich va texnologik jarayonlar bandlarida jarayonlar ketma-ketligi raqamlar yordamida ifodalandi.
-texnologik jarayonlar nomlari bandida olib borilgan texnologik jarayonlar algoritmi nomlari qayd qilindi.
-mashina va mexanizmlar bandida berilgan mashina-mexanizmlarning rusumi, ish unumdorli qiymatlari mexanizmlar soni, ish smenalari soni singari ko‘rsatkichlarini raqamlarda kiritdim.
-materiallar sarfi bandida belgilangan 10 km yo‘l uchastkasida yo‘l qoplama ustki qatlamini tiklash uchun kerak bo‘ladigan bitum materiallari, asfaltobeton qorishmasining miqdori, yo‘l chetki tasmasiga yotqiziladigan QSHA miqdori va QSHA ni zichlash uchun talab etiladigan suv sarfi miqdori va shu kabi boshqa materiallar sarfi miqdorlarini kiritdim.
Avtomobil yo‘lini qurishda texnologik jarayonlarning chizikli kalendar grafigini tuzish. CHizikli kalendar grafigi qurilayotgan yo‘lning butun uzunligi bo‘yicha chiziladi. CHiziqli kalendar grafigi ishlab chiqarishda juda muxim o‘rin tutudi. CHunki chiziqli kalendar grafigi qurilish muddatining qaysi paytida aynan qanday ish bajarilayotganini aniq ko‘rsatadi. CHiziqli kalendar grafigi shunday tuzilishi kerakki vaqtdan unumli foydalanish maqsadida bir ish tugashini xisobga olib, bu ish tugamasdan turib keyingi ishni bajarishga kirishish mumkin. CHunki ayrim qurilish jarayonlari bir biriga bog‘liq emas. Masalan yo‘l yoqasini mo‘staxkamlayotgan paytda bu jarayonni tugashini kutib o‘tirmasdan bir vaqtning o‘zida qurib bo‘lingan qoplama yuzasiga yo‘l chiziqlarini chizishni amalga oshirish mumkin.
Menga berilgan Qashqadaryo viloyati hududidagi 6 km lik yo‘l uchatkasida yo‘l qoplamasini TEK tiklash ishlari uchun yo‘lning butun uzunligi bo‘yicha chizdim. Bajariladigan barcha jarayonlar, ishtirok etuvchi mashina mexanizmlar ko‘rsatildi. Ordinata o‘qi bo‘yicha kun, oy va yil joylashtirdim, abssissa o‘qi bo‘yicha esa piket va kilometrlarni ko‘rsatdim. Grafikning o‘ng tarafida ishchi kuchi va avtosamosvallarga bo‘lgan talab epyurasini tasvirlab berdim.
CHiziqli kalendar grafigini tuzayotganda har bir ishlar ketma-ketligi shunday belgilanadiki, ishlar bir-biriga xalal bermagan holda biri tugashini kutmasdan ikkinchisi tashkil etiladi.
CHiziqli kalendar grafigi ishlab chiqarishda juda muxim o‘rin tutudi. CHunki chiziqli kalendar grafigi qurilish muddatining qaysi paytida aynan qanday ish bajarilayotganini aniq ko‘rsatadi. CHiziqli kalendar grafigi shunday tuzilishi kerakki vaqtdan yutish maqsadida bir ish tugashini xisobga olib, bu ish tugamasdan turib keyingi ishni bajarishga kirishish mumkin. CHunki ayrim qurilish jarayonlari bir biriga bog‘liq emas. Masalan yo‘l yoqasini mo‘staxkamlayotgan paytda bu jarayonni tugashini kutib o‘tirmasdan bir vaqtning o‘zida qurib bo‘lingan qoplama yuzasiga yo‘l chiziqlarini chizishni amalga oshirish mumkin.