Avtomobil benzinlari zaharli material bo‘lib, inson organizmi-ga nafas olish yo‘llari, teri va ovqat hazm qilish yo‘llari orqali tushi-shi mumkin. Benzin bug‘larining havodagi konsetratsiyasi 0,3 mg/l dan oshmasligi lozim. Odam tarkibida 5–10 mg/l benzin bug‘lari bo‘lgan havodan qisqa muddat nafas olganida kuchli zaharlanishi mumkin, buning xarakterli belgilari quyidagilardir: bosh og‘rig‘i, tomoq tirnalgandek bo‘lishi, yo‘tal tutishi, ko‘z va burun achishi shi, yurganida qalqib ketish, bosh aylanishi, hushdan ketish. Za-harlangan kishi toza havoga olib chiqilganidan keyin ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng bu belgilarning ko‘pchiligi barham topadi. Bun-dan tashqari, benzin bug‘laridan kuchli zaharlanishning dastlabki belgilari tana haroratining pasayishi, yurak urishining sekinlashi-
222
shi, arteriya qon bosimining (yuqorigi va quyi ko‘rsatkichlarining) pasayishi va odam organizmidagi boshqa fiziologik o‘zgarishlar.
Benzin bug‘larining konsentratsiyasi 35–40 mg/l bo‘lgan havo-da 5–10 minut nafas olish odam sog‘lig‘i uchun xavflidir. Benzin bug‘lari konsentratsiyasi bu chegaradan yuqori bo‘lganida odam tezda hushdan ketishi va hatto o‘lishi mumkin.
Kuchli zaharlanishga shamollatilmaydigan xona va sexlardagi sig‘im va taralarni benzin qoldiqlaridan tozalash sabab bo‘ladi. Bunday xonalar yetarli darajada shamollatilmasligi oqibatida xona havosi benzin bug‘lariga tezda to‘yinadi va xavfli konsentratsiya hosil qiladi. Shuning uchun sig‘im va taralarni benzin qoldiqlaridan tozalash ishlarini bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish lozim. Kuchli zaharlanish benzin shlang yordamida og‘izda so‘rilganida yoki yonilg‘i apparaturalari og‘izda purkal-ganida ham kelib chiqishi mumkin. Buning natijasida og‘ir kasal-lik – zotiljam kasalligi kelib chiqishi mumkin. Bunda o‘pkaning oraliq to‘qimasi va bronxlarning juda mayda tarmoqlari yallig‘la-nadi. O‘tkir zotiljam kasalligi 2 ko‘rinishda bo‘ladi: krupoz zotil-jam (bunda o‘pkaning bir bo‘lagi zararlanadi, et uvishib, tana haro-rati ko‘tariladi, nafas olganida ko‘krak qafasi og‘riydi), o‘choqli yoki interstitsial zotiljam (yo‘tal tutib, bemor shilliq yiring aralash balg‘am tashlaydi, tana harorati 37–39°C bo‘ladi).
Yuqorida aytib o‘tilganidek (2- bob), etillangan benzinlar tarkibi-da antidetonator sifatida kuchli zaharli modda tetraetilqo‘rg‘oshin ishlatiladi. Etil suyuqligi toza tetraetilqo‘rg‘oshin kabi organizmga kuchli ta’sir etuvchi zahardir. Etil suyuqligi bilan bajariladigan bar-cha ishlar, asosan, uni benzinga aralashtirish (etillash) zaharlanish-ni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun bu ishlarni bajarish-da profilaktika qoidalariga qat’iy amal qilish lozim. Shu maqsadda benzinlarni etillash zavod sharoitida maxsus aralashtirish quril-malarida bajariladi. Benzinlarni maxsus aralashtirish qurilmalari bo‘lmaganida etillash qat’iy taqiqlanadi.
Etillangan avtomobil benzinlarida tetraetilqo‘rg‘oshin miqdori etil suyuqligiga nisbatan juda kam va benzinning zaharliligi bir
223
necha barobar past bo‘lishiga qaramay, ulardan ehtiyot bo‘lib foy-dalanish lozim. Etillangan benzinlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi etillangan benzinlardan odatdagi benzinlar kabi foy-dalanishga imkon beradi.
Etillangan avtomobil benzinlarini ishlatishda tetraetilqo‘rg‘os-hin ta’sirida zaharlanishning oldini olish uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish lozim.
Etillangan avtomobil benzinlarini faqat dvigatel uchun yonilg‘i sifatida ishlatish lozim. Etillangan benzinlarni yoritish shamdonla rida, primuslarda, kavsharlash lampalarida (koviya), zajigalkalar-da, benzin yonilg‘isida ishlaydigan arralarda, shuningdek, texnik maqsadlarda erituvchi sifatida, mashina detallarini va qo‘l yuvish-da ishlatish taqiqlanadi.
Etillangan benzindan tasodifan zaharlanishning oldini olish va uning faqat belgilangan maqsadlarda ishlatilishini ta’minlash uchun etillangan benzin saqlanadigan sig‘imlarga «Etillangan ben-zin. Zaharli!» degan yozuv (yuvilib ketmaydigan bo‘yoqda) yozib qo‘yilishi lozim.
Etillangan benzinlarning organizmga ovqat hazm qilish yo‘llari orqali tushishi natijasida odam kuchli zaharlanishi mumkin. Shu ning uchun etillangan benzinni og‘iz bilan so‘rish va ta’minlash tizimiga haydash (puflash) taqiqlanadi. Benzinni so‘rish va hay-dash uchun maxsus moslamalar (nasoslar, noksimon rezinalar)dan foydalanish kerak.
Etillanmagan benzinni har qanday holatda oziq-ovqat mahsulot-lari, turli xil yuklar, odamlar bilan birga, shuningdek, avtobuslar, yengil avtomobillar va yuk avtomobillarining kabinalarida tashish taqiqlanadi. Go‘sht, non, un, yog‘lar tetraetilqo‘rg‘oshinni osongi-na yutish xususiyatiga ega. Benzinning bexosdan to‘kilishi oziq-ovqat mahsulotlarida zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari qaynatilganida ham uning za-harliligi kamaymaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tashishda etillangan ben zindan bo‘shatilgan idishilarni ishlatish maqsadga muvofiq emas,
224
chunki bunday idishlarda doimo ma’lum miqdorda tetraetil qo‘rg‘oshin bo‘ladi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari orqali zaharlanishning oldini olish uchun haydovchilarning shaxsiy gigiyenasiga e’tibor qaratish lozim. Etillangan benzin kiyim-kechakka yoki badanga tekkanida uni zararsizlantirish uchun terini yoki kiyim-kechakning o‘sha jo yini issiq suvda sovunlab yuvish kerak.
Etillangan benzinni ishlatadigan xodimlar maxsus kiyim kiyib olishlari va shaxsiy himoya vositalarini (ko‘zoynak, qo‘lqop, niqob va boshqalar) olib yurishlari lozim.
Etillangan benzindan zaharlanish xavfi tetraetilqo‘rg‘oshinning atrofdagi buyumlar (bino devorlari hamda poli, kiyimlar, idishlar va boshqalar)ga o‘tirib qolish xususiyati hisobiga yana-da ortadi. Etillangan benzin ta’sirida zararlangan buyumlarni zararsizlanti rishda degazatorlar – dixloramin (benzindagi 1,5 foizli eritmasi) va xlorli ohakdan foydalaniladi. Xlorli ohak bo‘tqa ko‘rinishida ish-latiladi, bunda 1 qism ohakka 3–5 qism suv qo‘shiladi. Etillangan benzin to‘kilgan joyga qum sepib, supuriladi, so‘ngra xlorli ohak bo‘tqasi (1 m2 ga 1,5 l hisobida) bir tekis surtiladi va 4–5 soatdan keyin yuvib tashlanadi. Etillangan benzin to‘kilgan joylarni quruq xlorli ohak bilan zararsizlantirish taqiqlanadi, aks holda, yong‘in chiqishi mumkin.
Dvigatelni va ta’minlash tizimini ta’mirlashda barcha ajra tib olingan detallarni (yonilg‘i nasosi, filtrlar, karburator, benzin o‘tkazgichlar, porshen kallagi, klapanlar va klapan uyalari, chiqa rish quvur o‘tkazgichlari) ishqorli qaynoq eritmada yoki kerosinda yuvish va artish shart.
Benzin teriga tushsa, uni kerosinda ho‘llangan latta bilan artish, keyin iliq suvda sovunlab yuvish lozim. Etillangan benzin ko‘zga tushganida, ko‘zni 2 foizli soda eritmasi yoki toza iliq suv bilan yuvish, so‘ngra davolash muassasasiga murojaat qilish lozim.
Etillangan benzin tasodifan oshqozonga tushganida, oshqozonni ichimlik sodasi eritmasi bilan chayish va majburan qayt qilish lozim.
225
ATKning etillangan benzin ishlatiladigan hamma joylarida iliq suv, kerosinli idish, sovun, toza latta va sochiq turishi kerak. Etil-langan benzin bug‘lari ham benzinning o‘zidek zaharli ekanligini yodda tutish zarur.
Neft mahsulotlari ta’sirida zaharlangan kishini, avvalo, toza havoga olib chiqish lozim. Agar u kuchsiz zaharlangan bo‘lsa, shifokor kelguniga qadar uni tinch qo‘yish va unga valerianka ichi rish kerak. Og‘ir hollarda (nafas olish keskin kamayganda, hushdan ketganda) unga novshadil spirti hidlatish va toza kisloroddan nafas oldirish zarur. Nafas olish keskin susayib ketganida yoki to‘xtaga nida sun’iy nafas oldirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |