O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI
MA’LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLARI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Guruh: 971-19
Bajardi: Qurbanov Elmurod
Tekshirdi: Shamuratova Inabat
2-Mavzu: Eng oddiy qatorlarni qayta ishlash algoritmlari
Reja:
Algoritm nima.
Qayta ishlash algoritmlari:
Saralash algoritmlari
Qidiruv algoritmlari III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir. Algoritm maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ish-latiladigan amallarning muayyan tar-tibda bajarilishi haqidagi aniq qoida. Kibernetika va mat.ning asosiy tushunchalaridan biri. O‘rta asrlarda sanoqning o‘nli tizimi bo‘yicha to‘rt arifmetik amal bajariladigan qoidani A. deb atashgan. "Bu qoidalarni mat.ga 9-asrda al-Xorazmiy kiritgan. Yevro-pada bunday qoidalar uning tugilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan , keyinchalik "algoritm"ga aylangan" . Fanda "Yevklid algoritmi", "G‘iyosiddin Koshiy algoritmi", "Laure algoritmi", "Markov algoritmi" deb ataluvchi A.lar maʼlum. A. tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan A.lar nazariyasi paydo bo‘ldi. Oʻzbekiston Respublikasi da bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash mar-kazlarida A.dan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Mas, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, O‘zbekistondagi bar-cha universitetlarda, Toshkent davlat texnika untida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqgisod va statistika vazirligi qoshidagi
Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol bo‘la oladi. Algoritm so’zi Al – Xorazmiy nomining lotincha talaffuzidan kelib chiqqan bo’lib.
Muxammad Muso Al-Xorazmiyning X asrda yaratilgan qo’llanmasida keltirilgan o’nlik sanoq sistemasida arifmetik amallarni bajarish qoidalari soddaligi tufayli yevropada ham o’nlik sanoq sistemasi qo’llanishiga turtki bo’ldi. Bu qoidalar tarjimasida xar bir qoida “AlXorazmiy aytadiki” deb boshlangan va bora-bora talaffuz tufayli algoritm tarzida ifodalanib kelgan.
Hozirgi paytda algoritm sifatida biror masalani ishlash yoki biror ishni bajarish uchun qilinishi kerak bo’lgan tartiblangan chekli sondagi aniq bir qiymatli ko’rsatmalar ketmaketligi tushiniladi. Algoritm tushunchasi keng ma’noda tahlil qilish mumkin.Masalan, biror manzildan boshqa manzilga borish uchun shahar transportidan foydalanib qanday borish mumkin, degan savolga biz ma’lum algoritm tavsiya qilishimiz mumkin. Pazandalik kitobida, masalan, palovni pishirish qoidasi keltiriladi. Bu ham o’ziga xos algoritm hisoblashlar ishlanadigan masala algoritmini biz hisoblash algoritmi deymiz.
Biz asosan hisoblash algoritmlari haqida so’z yuritamiz. Algoritmlarga xos bo’lgan belgi va talablarni sanab o’tamiz. Har qanday algoritm quyidagi asosiy xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |