Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. Transportsiz, jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo‘jaligini tasavvur etib bo‘lmaydi


To‘yinmagan uglevodorodlar. Past haroratlarda muzlov­ chi sovitish suyuqliklari (antifrizlar)ning qotish harorati-ni aniqlash



Download 1,52 Mb.
bet69/121
Sana01.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#423463
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   121
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

To‘yinmagan uglevodorodlar. Past haroratlarda muzlov­ chi sovitish suyuqliklari (antifrizlar)ning qotish harorati-ni aniqlash. Qotish harorati tashqi ko‘rinishi va ishlash tartibi-ga ko‘ra areometrni eslatuvchi gidrometr yordamida aniqlanadi. Gidrometrning tor qismida ikkita shkala bo‘ladi. Birinchi shkala an-tifrizdagi etilenglikolning foizda o‘lchanadigan miqdorini (20 dan 100 foizgacha), ikkinchisi suyuqlikning qotish haroratini (minus 8 dan minus 67°C gacha) ko‘rsatadi. Past haroratlarda muzlaydigan suyuqlik shisha silindrga quyiladi, unga gidrometr tushiriladi va hi-soblanadi. Gidrometrlar 20°C ga mo‘ljallab darajalangan. Agar si-nov boshqa haroratlarda o‘tkazilsa, tuzatish kiritish lozim. Tuzatish qiymati yo‘riqnomadagi jadvaldan olinadi.

Neft mahsulotining sifatini tekshirish bo‘yicha yo‘riqnomalar chiqarilgan bo‘lib, bu yo‘riqnomalarga muvofiq yonilg‘ining zich-ligi u omborga qabul qilinishidan oldin va ombordan berilayotgani-da tekshirilishi lozim, bu uning og‘irligini aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Yonilg‘i solingan idishlar tubidagi suv miqdori kamida oyiga­ bir marta, yonilg‘i va moyni saqlash davrida undagi mexanik


207
aralashmalar miqdori kamida har uch oyda bir marta aniqlanadi. Past haroratlarda muzlaydigan suyuqliklarning qotish harorati ular-ni transportga quyish uchun berishdan oldin aniqlanadi.



  1. 5. Yonilg‘i va moylash materiallarini hisobga olish

Neft mahsulotlarini qabul qilib olish, tarqatish, saqlash va avto-mobillarga quyish vaqtida neft mahsulotlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri hisobga olib borish yo‘li bilan kamaytirish mumkin.


Neft mahsulotlari talonlar bo‘yicha hisoblab boriladi. Talonlar ATK hisob bo‘limida saqlanadi hamda haydovchi va boshqa mas’ul shaxslarga tarqatiladi. Hisob bo‘limi talonlar tarqatilishi bo‘yicha har kuni kassa hisoboti ko‘rinishida hisobot beradi. Korxonada neft mahsulotlarining sarfi va qolgan qismini hamda talonlarni hisobga olish bo‘yicha omborxona, tezkor va hisob bo‘limining hisobotlari yuritiladi.


Neft omborida yoki yonilg‘i quyish shoxobchalarida va moy almashtirish postlarida har bir markadagi neft mahsulotining sarfi ombordagi hisob-kitob daftariga yozib boriladi. Bu daftar talonlar yoki kirim-chiqim hujjatlari asosida to‘ldiriladi. Neft mahsulotla­ rining ishlatilishi bo‘yicha kamida 5 kunda bir marta hisobot yozi-ladi va hisob bo‘limiga topshiriladi. Neft mahsulotlari qoldig‘i har oyda maxsus komissiya tomonidan inventarizatsiya qilinadi.


Avtomobillarning yo‘l varaqasi yonilg‘i-moylash materiallari sarfini hisobga olishda muhim hujjat hisoblanadi. Yo‘l varaqasida-gi yozuvlar asosida haqiqiy va me’yoriy yonilg‘i sarfi aniqlanadi. Shundan so‘ng har bir avtomobil uchun yonilg‘i sarfini hisobga olish­ varaqasi to‘ldiriladi. Oy oxirida hisobot tuziladi.


Omborlardagi neft mahsulotlari oyning birinchi kuni inven-tarizatsiya qilinadi, avtomobil bakidagi qolgan yonilg‘i miqdori har kuni avtomobil ishdan qaytganidan so‘ng o‘tkaziladi. ATK hi-sob bo‘limida, shuningdek, yonilg‘i va moylash materiallari uchun javobgar shaxslarda saqlanadigan yonilg‘i talonlari har oyda bir


208

marta inventarizatsiya qilinadi. Inventarizatsiya natijalariga binoan inventarizatsion ro‘yxat tuziladi. Yonilg‘ining isrof bo‘lishi tabiiy isrof bo‘lish chegarasidan ortmagan hollardagina ular ro‘yxatdan chiqariladi.

Neft mahsulotlarining ifloslanishi yoki oqib ketishi, shuningdek, noqonuniy sarflanishida aybdor bo‘lgan shaxslar ma’muriy yoki moddiy javobgarlikka tortiladilar.


Neft mahsulotlarining miqdori belgilangan tartibga ko‘ra mas-sa birliklari kg yoki tonnada hisoblab topiladi. Massa birliklarida o‘lchashni bevosita yoki bilvosita usul bilan bajarish mumkin. Be­ vosita usul asosida o‘lchash tarozida tortib aniqlashga asoslangan bo‘lib, bu usulda o‘lchashga ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi. Neft mahsulotlarining massasini bilvosita usul bilan aniqlash uchun uning bir xil haroratdagi zichligi va hajmini bilish kerak.


Sig‘im, sisterna yoki boshqa idishdagi neft mahsulotlarining hajmini uni suyuqlik o‘lchagich-hisoblagichi orqali o‘tkazib va ma’lum miqdordagi suyuqlikni kalibrlangan o‘lchagich yordami-da o‘lchab yoki idishdagi mahsulot sathini o‘lchab (agar kalibrlash jadvali bo‘lmasa) aniqlash mumkin.


Yonilg‘i iste’molchilarga hajm birligi litrda beriladi. Idishlar, sig‘imlar, yonilg‘i baklaridan yonilg‘i qoldiqlari ham hajm bir-liklarida olinib, keyin kg ga aylantiriladi. Qabul qilib olish, saqlash va tarqatish vaqtida neft mahsulotlari miqdorini o‘lchash uchun, odatda, turli tipdagi tarozilar, to‘la sig‘imi bo‘yicha kalibrlangan avtosisternalar, sisternalar, yonilg‘i hamda moy tarqatish kolonka-laridan foydalaniladi. Idishlarga quyilgan yonilg‘i sathi va sig‘im-lar kalibrovkasi po‘lat ruletkalar, shtangensirkullar, metrshtoklar, tavroreykalar bilan aniqlanadi. Ruletkalar lot bilan birga ishlatiladi.


Agar barcha sig‘imlar kalibrlash jadvallari bilan ta’minlangan bo‘lsa, neft omboridagi neft mahsulotlari miqdorini tez va to‘g‘ri aniqlash mumkin. Mashinalar baki yoki karterga quyiladigan neft mahsulotlari miqdori hajmiy suyuqlik o‘lchagich-hisoblagichlar yordamida aniqlanadi.


209
Neft mahsulotlari sarfini kamaytirish ko‘p jihatdan ular sarfini to‘g‘ri va ilmiy asosda me’yorlashga bog‘liq.



  1. 6. Yonilg‘i va moylash materiallarining sarfini me’yorlash

Yonilg‘i va moylash materiallari sarfini me’yorlash deganda, aniq texnik-iqtisodiy va ekspluatatsion ko‘rsatkichlar hisobga olin-gan holdagi ish rejimida tashish yoki boshqa transport ishlarini ba-jarishda sarflanadigan yonilg‘i va moylash materiallarining ruxsat etilgan chegaraviy miqdori tushuniladi.


Yonilg‘i sarfi me’yorlari nazorat, yo‘l, qo‘zg‘almas jihozlar o‘rnatilgan avtomobillar uchun, marshrutdagi avtomobillar uchun va guruhli turlarga bo‘linadi.


Yonilg‘i sarfining nazorat me’yori avtomobilni ishlab chiqaruv-chi zavod tomonidan belgilanadi va bu ko‘rsatkich avtomobilning texnik jihatdan takomillashtirilganligini tavsiflaydi. Yonilg‘i sarfi­ ning yo‘l me’yori deb, avtomobilning ish bajarmasdan, ya’ni uning o‘z massasi bilan (qo‘shimcha jihozlar o‘rnatilmagan holda) ishla-tilish sharoitida yurgan yo‘liga sarflangan yonilg‘i miqdoriga ayti-ladi. Yonilg‘i sarfining yo‘l me’yori 100 km bosib o‘tilgan masofa uchun belgilanadi. Qo‘zg‘almas jihozlar o‘rnatilgan avtomobillar uchun yonilg‘i sarfi me’yori har bir jihozning 1 soat ishlashi uchun sarflanadigan yonilg‘i miqdori asosida belgilanadi. Marshrutdagi avtomobillar uchun yonilg‘i sarfi, odatda, avtobuslar va marshrut-dagi taksilar uchun ATK rahbari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan kelishuv asosida belgilanadi. Guruhli yonilg‘i sarfi me’yori ish bajarayotgan avtomobillar uchun yonilg‘i sarfi me’yori asosida aniqlanadi. Ular korxonaning rejalashtinlayotgan muddatda baja­ radigan transport ishi uchun yonilg‘iga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash-ga xizmat qiladi.


Yonilg‘i sarfi me’yorlari iqlim sharoiti, yo‘lning holati va bosh-qa omillarga asosan to‘g‘rilanadi. Bunday me’yorlar differensial­ langan me’yorlar deb yuritiladi. Ular sharoitga qarab oshirilishi va qisqartirilishi mumkin.


210

Transport vositalari uchun yonilg‘i sarflash me’yorlari «Avto-mobil transporti uchun benzin, dizel yonilg‘isi va suyultirilgan gaz-ning yo‘l me’yori» asosida belgilanadi. Bu me’yorlar bajariladigan transport ishi va transport vositalari turlariga boq’liq holda o‘zgar-tirilishi mumkin:



  1. Bajarilgan ishi tonna-kilometrlarda hisobga olinadigan avto-mobillar va avtopoyezdlar uchun har 100 tkm uchun qo‘shimcha tarzda quyidagi yonilg‘i sarfi benzin uchun 2 l, suyultirilgan gaz uchun 2,5 l, dizel yonilg‘isi uchun 1,3 l etib belgilangan. Tirkamali avtomobillar bilan ishlayotganida yonilg‘i sarflash me’yori yuklan-gan tirkama massasining har bir tonnasiga yonilg‘i sarflash me’yori quyidagicha oshirilgan: benzin uchun 2 l, suyultirilgan gaz uchun 2,5 l, dizel yonilg‘isi uchun 1,3 l.




  1. O‘zi ag‘daruvchi avtomobillar hamda o‘zi ag‘daruvchi avto-mobil va o‘zi ag‘daruvchi tirkama tarkibidagi avtopoyezdlar uchun yuk bilan bir marta borib kelishga qo‘shimcha yonilg‘i sarflash me’yori 0,25 l miqdorida belgilangan.

O‘zi ag‘daruvchi avtopoyezdlar ishlayotganida yonilg‘i sarfi­ ning yo‘l me’yori tirkamali harakatdagi tarkibi umumiy massasi-ning (u 50 foiz foydali yuk bilan ta’minlanganda) har bir tonnasi uchun benzin 2 l ga, suyultirilgan gaz 2,5 l ga, dizel yonilg‘isi esa 1,3 l ga oshiriladi.





  1. Ixtisoslashtirilgan avtomobillar bilan yoki maxsus jihozlar o‘rnatilgan avtomobillarda ishlayotganida bunday avtomobil mas-sasining har bir oshgan yoki kamaygan (baza massasiga nisbatan) tonna hisobidan yonilg‘i sarfining yo‘l me’yori 2 l benzinga, 1,3 l dizel yonilg‘isiga, 2,5 l suyultirilgan gazga ko‘paytiriladi yoki ka-maytiriladi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish