Ismoilov g’ofur
Vazifasi va turlari
Transmissiya- dvigateldan yetaklovchi g`ildiraklarga burovchi momentni yo`nalishini, qiymatini o`zgartirib, uzatish va yetakchi g`ildiraklarga bo`lib berish uchun xizmat qiladi.
Transmissiya dvigatel bilan yetakchi g`ildiraklar orasidagi bog`lanishga qarab quyidagi turlarga bo`linadi:
- mexanik;
- gidrohajmli;
- elektr;
- kombinatsiyalashgan (gidromexanik va elektromexanik).
Turlari tuzilishi
Zamonaviy avtomobillarda asosan mexanik transmissiya qo`llanilib, ular avtomobillarning vazifasi va agregatlarning o`zaro joylashishiga qarab turli sxemalarda tayyorlanishi mumkin.
Klassik sxemaga ega bo`lgan mexanik transmissiya 1-rasmda keltirilgan (Damas, VAZ 2101, 2107, Volga, Uzotayo`l va hokazo).
Oldi g`ildiraklari yetaklovchi bo`lgan zamonaviy avtomobillarning transmissiyasining sxemasi 2-rasmda keltirilgan (Neksiya, Tiko, VAZ-2108 va hokazo).
Orqa yetakchi bo‘lgan(klassik) avtomobilning transmissiyasi.
I-digatel; II-ilashish muftasi; III-Uzatmalar quttisi; IV-kardanli uzatma:1-elastik mufta; 2-shlitsali birikma; 3-oldingi kardanli val; 4-tayanch podshipnik; 5-oldingi kardan sharniri; 6-orqa kardan val; 7-orqa kardan sharniri; V-orqa ko‘prik,asosiy uzatma va differensial: 8-yarimo‘q; 9-yetaklovchi(orqa) g‘ildirak.
Old yetakchi bo‘lgan avtomobilning transmissiyasi:
I -dvigatel, II-ilashish muftasi, III-uzatmalar qutisi, IV-asosiy uzatma,
V-yetakchi g‘ildirak uzatmasi, VI-yetakchi g‘ildiraklar.
Mexanik transmissiya sxemalari:
a,b-mexanik transmissiya 4x2 avtomobili uchun; v-mexanik transmissiya 4x4 avtomobil uchun, g-mexanik transmissiya 6x4 avtomobil uchun1-dvigatel, 2-ilashish muftasi, 3-uzatmalar qutisi, 4-kardan uzatmasi, 5-asosiy uzatma, 6-kardan sharniri, 7-taqsimlash qutisi, 8-differentsial
1-dvigatel, 2-ilashish muftasi, 3-uzatmalar qutisi, 4-kardan uzatmasi, 5-asosiy uzatma,
6-taqsimlash qutisi
Gidrohajmli transmissiyada ichki yonuv dvigatelidan harakatga keltiriladigan nasos gidromotor bilan trubalar orqali ulangan va gidromotor yetaklovchi g`ildiraklarni harakatga keltiradi.
1- Ichki yonuv dvigateli;
2- gidronasos;
3- truba;
4- gidrodvigatel;
5- g’ildirak
Gidrohajmli va elektr transmissiylarning printsipial sxemalari o`xshashdir. Elektrik transmissiyalarda ichki yonuv dvigateli generatorni harakatga keltiradi. Generatordan chiqayotgan tok elektrodvigatelni harakatga keltiradi, o`z navbatida elektrodvigatel elektromotor g`ildirakni harakatga keltiradi.
Elektr transmissiya
1- Ichki yonuv dvigateli, 2- generator, 3- elektrodvigatel
Elektromexanik transmissiya
1- Ichki yonuv dvigateli, 2- generator, 3- elektrodvigatel
Elektromexanik transmissiya
1- Ichki yonuv dvigateli, 2- generator, 3- elektrodvigatel
Transmissiyadagi asosiy agregatlar - ishlash muftasi, uzatmalar qutisi, tarqatish qutisi, kardanli uzatma va orqa ko'prik, asosiy uzatma va h.k
Avtomobil va traktorlar ning transmissiyasi agregatlari barcha nosozliklarning 1015% ni va texnik xizmat ko'rsatishdagi umumiy mehnat hamda materiallar sarfining 40% ini tashkil etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |