88
Zamonaviy transport vositasida ichiga o‘rnatilgan diagnostikalash tizimining
markazi – bort kompyuteri (elektron boshqaruv bloki) hisoblanadi.
U diagnostik
axborotni dasturlar bo‘yicha taqsimlaydi, ular esa, o‘z navbatida, nosozlik tavsiflari va
turlarini
aniqlaydi, detal va agregatlar resurslari sarfini hisoblaydi, keyinroq
texnik
diagnostikalash tashqi vositalari tomonidan foydalanish uchun saqlaydi va texnik
ta’sirlarni rejalashtirish uchun ishlov beradi.
Detal va uzellar resursini hisoblash transport
vositasini buzilishlarsiz
ekspluatatsiya qilish imkonini beradi. Yetilib kelayotgan buzilishlar oldindan aniqlansa,
ekspluatatsiyani to‘xtatish, u yoki bu texnik ta’sirlarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul
qilish imkoni yaratiladi.
Ichiga o‘rnatilgan vositalar bilan diagnostikalash insonni nafaqat diagnoz olish
jarayonidan, balki undan keyin foydalanish uchun tavsiyanomalar
ishlab chiqishdan
ham ozod etishi mumkin, chunki mikroprotsessor texnikasi vositalari yordamida
diagnostikalash natijalariga ishlov berish, mazkur transport vositasining keyingi
ekspluatatsiyasi bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqish
va profilaktik texnik xizmat
o‘tkazishning ma’qul muddatlarini aniqlash imkoni bor.
Zamonaviy kommunikatsiya aloqalari vositalari holati nafaqat haydovchiga, balki
transport korxona menejeriga ham xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlashni rejalashtirish va
tashkil etish bo‘yicha real vaqt tartibotida qaror qabul qilish uchun transport vositasi
texnik holati to‘g‘risida axborot uzatish imkonini beradi.
Doimiy o‘rnatilgan diagnostika vositalariga moslashganlikni ta’minlash bo‘yicha
transport vositalariga ma’lum talablar qo‘yiladi. Transport
vositasi konstruktsiyasiga
o‘rnatilgan diagnostika vositalari uning korxonaga kelmasdan avval texnik holati
to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish imkonini beradi, ya’ni transport vositalarini soz, texnik
xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash talab qiluvchi guruhlarga bo‘linishini ta’minlaydi.
Transport vositasining nazoratga qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida uning agregat
va mexanizmlariga quyidagilar o‘rnatiladi:
1) datchiklar;
2) axborotni markazlashtirgan holda olish moslamalari;
3) nosozlik indikatorlari;
13.5-rasm.
O‘lchov asboblar paneli
89
4) kompyuter (texnik holat to‘g‘risidagi axborotga ishlov berish uchun).
Konstruktiyaga o‘rnatilgan murakkab diagnostika vositalari
haydovchiga tormoz
tizimining holati, yonilg‘i sarfi, ishlatilgan gazlarning zaharliligi ustidan doimiy nazorat
qilish imkonini beradi.
B. Doimiy o‘rnatilgan TDV yordamida haydovchi tormoz tizimi, uzatma va
mexanizm elementlarining ishlashi, yonilg‘i sarfi, zaharli chiqindi gazlar miqdorini
nazorat qilib borishi mumkin. Lekin bu qurilmalarning ishonchliligi
chegaralanganligi
sababli, ko‘proq
Do'stlaringiz bilan baham: