Avtopoezd va yakka avtomobillardan foydalanish
Avtomobillarda tashishni tashkil etishdagi eng ilgor usullardan biri avtopoezdlardan foydalanishdir. Avtomobillarga tirkama qo’shib ishlatish, transport vositasi birligining yuk ko’taruvchanligini oshirish hisobiga uning unumini oshiradi. Bunda tyagach avtomobilning dvigateli quvvatidan to’laroq foydalanish hamda tyagachlarning almashinuvchi tirkamalar bilan ishlatilishi ortish-tushirish operatsiyalarida bo’lish vaqtini kamaytirish imkoni bo’ladi.
Avtopoezdlar qo’llanilishi natijasida transport ishi birligining tannarxi yakka avtomobildagiga nisbatan ancha arzon bo’ladi. SHuning bilan birga, qayd qilish lozimki, bir sharoitda avtopoezd qo’llash samarasi oshsa, boshqa sharoitda kamayishi mumkin. Ba’zi hollarda esa transport vositasining yuk ko’taruvchanligini oshirish, boshqa ish ko’rsatkichlarining kamayishiga ham olib kelishi mumkin. Natijada transport vositasi ish unumi oshmaydi va xatto kamayishi ham mumkin, tashish ishi tannarxi esa oshib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |