Avtomobil indd


Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

 Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan 
ishlashda xavfsizlik qoidalari
Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlashda 
«Sanoatkontexnazorat» boshlig‘ining 2010- yil 10- martdagi 
105-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Epoksid smolalar va 
ular asosidagi materiallar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari»ga 
rioya etiladi. 
Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan 
ishlaganda texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim 
bo‘lgan xavfsizlik talablari DSt 12.3.002–75 «Ishlab chiqarish 
jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari»ga muvofiq bo‘lishi 
lozim. 
Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlashda 
bir ish kuniga, smenaga yoki bir marta bajariladigan ishlar 
uchun yetarli bo‘lgan mahsulot miqdori bo‘lishi kerak. 
Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallarni reaktorda 
sin tez qilish va ishlatish jarayonlari alohida xonalarda amalga 
oshiri lishi lozim. 
Epixlorgidrin, toluol va boshqa dastlabki suyuq va yordamchi 
mahsulotlarni omborxonalardan sexga sintez qilish uchun 
transportirovka qilish zichlangan quvurlar orqali bajarish kerak. 
Epoksid smolalar asosida bog‘lovchi va yelimlarni tayyorlash 
avtomatik qurilmalarda alohida joylashgan maxsus xonalarda 
bajarish lozim. 
Epoksid smolalar asosida ishchi aralashmalarni tayyorlash, 
kichik miqdorlarda laboratoriya jihozlari va inventari bilan 
so‘rma javonlari ichida bajarilishi lozim. 
Epoksid yelimlar, bog‘lovchilar, qotiruvchilar, to‘ldi-
ruvchilarni maydalash, elash va boshlang‘ich komponentlar 
(dimetinol, dife nilolpropa-nol)ni tortish, ularni aralashtirgichga 
yuklash va ara lashtirish mahalliy so‘rma ventilatsiyasi bilan 
jihozlangan ish joylarida mexanik usulda bajarish kerak. 
Texnologik 
jarayonda 
bevosita 
ishlatishdan 
oldin 
tayyorlana digan kompaund aralashmasining qismlari bir marta 
ishlatiladigan o‘ralgan qadoqlarda, kompaund retsepturasi 
asosida oldindan tayyorlanib olib kelingan bo‘lishi lozim. 
Qadoqlash idishi bo‘shatilgach, zich yopiladigan sig‘imga 
soli nishi va smena oxirida chiqindilarni yo‘q qilish joyiga olib 
borilishi lozim. 
Qattiq epoksid smolalarni eritib shisha plastikning 
bog‘lovchi sini tayyorlash aspiratsiyaga ega qizdirish pechlarida 
amalga oshirilishi kerak. 
Epoksid kompozitsiyali kukunni tayyorlash uchun qattiq 
epoksid smolani, qotiruvchini va mineral to‘ldiruvchini 
maydalash yopiq maydalash uskunalarida amalga oshirish 
lozim. 
Singdiruvchi vannani epoksid bog‘lovchi bilan to‘ldirish, 
germetizatsiya qilingan quvurlar orqali bajarish kerak. 
Vannadagi bog‘ lovchi sathini bir maromda ushlab turish va 
uning to‘lib ketishini oldini olish avtomatik tarzda bajarilishi 
kerak. 
Singdiruvchi mashinaga to‘ldiruvchi rulonlarni qo‘yish, 
ularni shimdirib bo‘lganidan so‘ng yechish, shimdirilgan va 
quritilgan polotnolarni kesish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi 
lozim. 
Epoksid smolani qotiruvchi bilan aralashmasining 
tayyorlanishi aralashtirgichi bor germetizatsiya qilingan 
apparatlarda amalga oshi rilishi kerak. 
Epoksid smolani qizdirish yoki qotirishni termostatlarda, 
av toklavlarda yoki germetizatsiyalashgan va issiqlikdan 
izolatsiyalangan quritish javonlarida bajarish lozim. 
Epoksid aralashmasining tayyorlanishi so‘ruvchi javonlarda 
yoki ventilatsiyaga ega yopmalarda, epoksid qoplamani 
surtish va tekislash amaliyotlari esa xodimning qo‘l terisini 
himoyalovchi, ipli qo‘lqop ustidan rezina qo‘lqop kiygizilgan 
va havo olish a’zo sini himoyalovchi vosita (pnevmoshlem 
ËÈÇ–4) bilan himoyalangan holda amalga oshirilishi kerak. 


344
345
Buyumlarga epoksid smola va kompaunlarni surtish ishlari 
himoya ekranli ushlagichga ega asboblarda – shpatellar, 
lopatkalar va boshqa moslamalarda bajarilishi kerak. 
Kichik hajmli detallar tayyorlanayotganida epoksid yelimni 
surtish yoki kompaundni quyish mahalliy so‘rma ventilatsiyasi 
bilan jihozlangan ishchi stollarda bajarilishi kerak. 
Epoksid smolalar yoki uning asosidagi kompaundlar 
bilan mayda detallarga ishlov berilishi ifloslanganda tashlab 
yuboriladigan qog‘oz bilan yopilgan maxsus temir patnislarda 
bajarilishi kerak. 
Epoksid smolani kam miqdorda ishlatadigan laboratoriyalar, 
ustaxonalar va tashkilotning boshqa bo‘limlari smolaning idishi 
sifatida karton stakanchalarni qo‘llashi lozim. 
Dekorativ qoplamalarga epoksid yelimni yoki shisha 
gazlamaga bog‘lovchini surtuvchi valeslar qurilmasining vannasi 
mahalliy so‘ruvchi ventilatsiya bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 
Epoksid kompaundlar surtilgan yoki epoksid smola asosidagi 
bo‘yoq bilan bo‘yalgan buyumlarning quritilishi mahalliy 
so‘ruvchi ventilatsiya bilan jihozlangan termostat va quritish 
kameralarida bajarilishi lozim. 
Quritish kameralarida buyumlarni himoyalovchi ko‘z-
oynaklar, respiratorlar, movutli qo‘lqoplarni kiyib bo‘shatish 
lozim. 
Seriyali ishlab chiqarishda qabul qilinadigan idishga epoksid 
yelimining qizdirilgan (eritilgan) tuzilmasining bo‘shatilishi 
me xanizatsiyalashgan 
yoki 
avtomatlashtirilgan 
bo‘lib, 
aspiratsiyaga ega pana joyda bajarilishi kerak. 
Yirik buyumlarga mexanik ishlov berilganida harakatlanuvchi 
ventilatsiya qurilmasini qo‘llash kerak. 
Buyumlarning epoksid smola asosida aralashmalar bilan 
chang lanishi maxsus kameralarda bajarilishi, ish joylari esa 
kameralardan tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak. 
Texnologik jarayon bo‘yicha dastlabki dekorativ qoplamalarga 
epoksid yelimni yoki shisha gazlamaga epoksid smola asosidagi 
bog‘lovchini singdirish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim. 
Epoksid smolalar asosidagi mahsulotlarga mexanik ishlov 
berilganida ishlov berish turi, kesuvchi asboblar va kesish 
rejimi materiallarning buzilishini (yorilish, yonishni) istisno 
etishi lozim. 
Epoksid smola asosidagi mahsulotlarga ishlov berilganida 
kuymasligi uchun sovitish emulsiyasidan foydalanish lozim. 
Yelim bilan ishlash uchun stollar olinadigan karton qog‘ozi 
yoki yupqa parda (plyonka) bilan qoplangan bo‘lishi kerak. 
Yelim bilan ifloslangan qog‘oz, bir martalik ishlatiladigan 
(kartonli stakanlar) idishlar va tozalash uchun ishlatiladigan 
materialni yig‘ish uchun binoda qopqoqli metall idishlar 
o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ish kuni yoki smena oxirida shu 
idishlar tozalanib, ichidagi chiqindilar esa maxsus pechlarda 
yondirilishi kerak. 
Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ish 
olib borish xonalarida, ventilatsiya tizimida va havo bilan 
isitilganida havoning resirkulatsiyasi man etiladi. 
Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ish olib 
boriladigan ishlab chiqarish xonalarida ko‘zni va terini yuvish 
uchun dush va favvoralar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 
Epoksid smolalar va ular asosidagi ishchi aralashmasi 
ish joyi ga ishlatishga tayyor holda berilishi lozim. Epoksid 
smolalar va ular asosidagi ishchi aralashmalarni tayyorlash 
markazlashgan bo‘lib, maxsus xodimlar tomonidan texnolog 
boshchiligida amalga oshirilishi lozim. Ish joyiga berilayotgan 
epoksid smolalar va ular asosidagi ishchi aralashmasi bir 
smenada ishlatiladigan miqdordan ortiq bo‘lmasligi lozim. 
Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallarni ish joylariga 
keltirish qopqog‘i zich yopiladigan maxsus idishlarda amalga 
oshi rilishi lozim. 
Epoksid smolalar asosidagi aralashmalarni saqlashda bir 
marta ishlatiladigan karton idishlardan foydalanish kerak. 
Epoksid smola yoki kompaundan bo‘shagan idishlarni 
yuvish yaxshilab shamollatiladigan xonalarda maxsus yuvish 
vannalarida mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi lozim. 


346
347
Epoksid smolalar maxsus omborlarning yopiq yuk saqlash 
xonalarida yoki umumiy omborxonaning maxsus ajratilgan 
qismlarida saqlanadi. 
Epoksid lok-bo‘yoq materiallarni, suyuq epoksid smolalar 
va ular asosidagi materiallarni quyish joylari mahalliy so‘rma 
qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. 
Epoksid lok-bo‘yoq materiallarni ombordan idishlarga quyib 
berish bortlari bor taglik ustida bajarilishi kerak. 
Tarkibida organik eritmalari bo‘lgan epoksid lok-bo‘yoq 
materiallarini zich yopilgan idishlarda yengil alangalanuvchi 
moddalar saqlanadigan xonalarda saqlash kerak. 
Bo‘shagan idish va boshqa o‘rovchi materiallar doimo 
ombordan shu maqsadlar uchun ajratilgan joyga chiqarilishi 
lozim. 
Epoksid smolalar va ular asosidagi materiallar bilan ishlovchi 
ishlab chiqarishda asbob-uskunalarning umumiy butlanishi 
(jihoz lanishi) va joylashishi xizmat ko‘rsatish xavfsizligi va 
qulayligini, ta’mirlash ishlari va ularni almashtirishni o‘tkazishni 
ta’minlashi, shuningdek, ishlab chiqarish asbob-uskunalariga 
sanitariya-gigiyena talablari va texnologik jarayonlarni tashkil 
qilish bo‘yicha texnologik me’yor talablari hamda sanitariya 
qoidalari talablarini ta’minlashi kerak. 
12.3.

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish