123
trodning yaxshi joylashtirilmaganligi)ni bildiradi. Òirsakli val-
ning turli chastotalarida teshib o‘tish kuchlanishi umumiy qiy-
matning 2/3 miqdoridan oshmasligi kerak.
O‘t oldirish g‘altagi ikkilamchi kuchlanishini aniqlash. Almashlab
ulagich
(12) «30 KV» holatiga qo‘yiladi. Birorta sham o‘tkazgichi
ajratib olinib, 30 KV shkala bo‘yicha qiymati aniqlanadi. Bu qiy-
mat 15—18 kV.dan kam bo‘lmasligi lozim.
Ilgarilatish burchagini tekshirish va sozlash. Vakuum rostlagich
shlangasi ajratiladi. Òirsakli val kichik aylanishlar bilan aylanti-
riladi. Almashlab ulagich
(26) «Îïåðåæåíèå» holatiga qo‘yiladi.
Stroboskop yoritgichi dastagi
(3) buralib ishga tushiriladi. Stro-
boskop yoritgichi impulsli nur berishi kerak. Yoritgich bilan tir-
sakli val moxovigi belgisi yoritiladi. Stroboskopik effekt natijasida
bu belgi qo‘zg‘almas bo‘lib ko‘rinadi. Dastak
(3) ni burab moxovik
belgisini karter belgisiga moslashtiriladi. Shkala
(20) bo‘yicha
ilgarilatish burchagi aniqlanadi.
Agar bu burchak tavsifnomaga
to‘g‘ri kelmagan hollarda yoritgich buragichi
(3) ni burab, qurilma
ko‘rsatkichi 20 (
) yordamida kerakli qiymatga erishiladi, so‘ngra
uzgich-taqsimlagich korpusini burab, belgi va stroboskop yoritgichi
moslashtiriladi.
Markazdan qochma rostlagichni tekshirish. Vakuum rostlagich
shlangasi ajratiladi. Òirsakli val kichik aylanishlar bilan aylanti-
riladi. Òirsakli val aylanishlar chastotasi sekin-asta oshirilib, mo-
xovik belgisi stroboskop yorug‘ligidan siljishiga erishiladi. Òaxo-
metr
(21) yordamida rostlagich ishlay boshlanishi aniqlanadi.
Òirsakli val aylanishlar chastotasini oshirib belgi qo‘zg‘alishi to‘xta-
shiga erishiladi va rostlagich ta’sirining tugashi aniqlanadi. Aylanishlar
chastotasi qayd qilinadi. Buragich
(3) yordamida belgi moslashtiri-
ladi va shkala
(20) orqali ilgarilatish burchagi o‘lchanadi. Olingan
qiymatlar uzgich-taqsimlagich tavsifnomasi bilan solishtiriladi.
Vakuum rostlagich ishlashini tekshirish. Òirsakli val aylanishlar
chastotasini markazdan qochma rostlagich ta’sir etmas darajada oshi-
riladi. Stroboskop yordamida moxovik belgisini qo‘zg‘almas belgi
bilan moslashtiriladi va ko‘rsatkich 20(
) qiymati eslab qolinadi.
Vakuum shlangasi o‘rniga joylashtirilib jarayon yana qay-
tariladi. Shkala
(20) ko‘rsatkichidan foydalanib, har ikki rost-
lagich hosil qilgan o‘t oldirish burchagi o‘lchanadi. Vakuum
rostlagichi o‘zgartirgan burchakni topish uchun birgalikda eri-
shilgan natijadan markazdan qochma rostlagichning o‘zi hosil
qilgan burchak ayirib tashlanadi.
128
Generatorni qismlarga ajratish ilgakni siqib chiqarish va
generatorning orqa qopqog‘i (
6) ga mahkamlangan himoya g‘ilofi
(
8) ni yechishdan boshlanadi. koy (
6) generatora. So‘ngra
cho‘tkatut-qich (
7) ni (integral kuchlanish rostlagichi bilan birga)
orqa qopqoqqa mahkamlovchi vinti bo‘shatilib, cho‘tkatutqich
o‘tkazilgan joyidan chiqarib olinadi va kuchlanish rostlagichining
«D» klemmasiga ulangan sim yechib olinadi.
Stator (
4) ning faza chulg‘amini chiqish simlarini to‘g‘rilagich
bloki (
10)
ga ulovchi vintlar, xalaqit bostiruvchi kondensatorni
qopqoqqa mahkamlovchi vintlar yechib olinadi va kondensatorning
simi to‘g‘rilagich blokining «V» klemmasidan bo‘shatiladi (
10),
faza (
4) klemmalarini, xalaqitlarni yo‘qotish
kondensator
qopqog‘ini qotirib turgan vintlar bo‘shatiladi va kondensator simi
to‘g‘rilagich blokining «V» klemmasidan ajratib olinadi.
To‘rtta tortuvchi vintlar (
5) burab olinib, rotor bilan birgalik-
dagi qopqoq (
2) dan stator bilan birga orqa qopqoq bo‘shatiladi.
Stator orqa qopqoqdan ajratiladi, bunda chiqarib
olish moslamasi
yordamida kontakt halqalari tomondagi plastmassali stakanchaga
o‘rnatilgan podshi pnik ham yechib olinadi.
Rotorni oldingi qopqoq bilan birgalikda iskanjaga mahkamlab,
shkiv (
1) qotirilgan gayka burab olinadi. Shkiv va tirgakli shayba
rotor qopqoqdan chiqarib olinadi.
Generatorning qismlarga ajratilgan yig‘ma birikmalari, stator
va rotor yuvilib quritilgandan keyin testerning ommetr rejimida
diagnostika qilinadi. Uyg‘otish chulg‘amining qarshiligi 2...8
Ω
chegarasida bo‘lishi kerak. Uzilish topilsa, uning joyi aniqlanadi va
bartaraf etiladi. Aksariyat hollarda uzilish uyg‘otish chulg‘amining
uchlari kontakt halqalariga qalaylangan joyda sodir bo‘ladi.
To‘g‘rilagich bloki, integral kuchlanish rostlagichi va stator-
ning faza chulg‘amlari ham testerning ommetr rejimida tekshiriladi.
O‘lchovlar statorning faza chulg‘amlari qarshiligining qiymati har
xilligini ko‘rsatsa, bu o‘ramlararo qisqa tutashuv borligini anglatadi.
Qismlarga ajratilgan mahkamlovchi detallar tegishli idishlarga
joylashtiriladi va yuvish mashinasiga jo‘natiladi. Yuvilgan va
quritilgandan keyin ular saralanadi va shikastlanmaganlari yig‘ish
ishlarida ishlatiladi.
6.3-rasmda generatorning rotorida yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan nuqsonlarning joylashish sxemasi keltirilgan. Generator
qurilmasi rotorini ta’mirlashda 5 ta yo‘nalishdan iborat bo‘lgan
texnologiya qo‘llaniladi:
129
1. Rezbani tiklash va kontakt halqalarini yo‘nish;
2.
Rezba ochish, stanokdagi amallar va kontakt halqalarini
yo‘nish;
3. Kontakt halqalarini almashtirish, stanokdagi amallar, rezba
ochish va kontakt halqalarini yo‘nish;
4. Uyg‘otish chulg‘amini almashtirish va yuqorida keltirilgan
3 ta yo‘nalishdagi amallarni bajarish;
5. Detallarni yaroqli va yaroqsizlarga ajratish.
Statordagi nuqsonlarning 70% ga yaqini chulg‘amlarga to‘g‘ri
kelganligi sababli, ularni qayta ishlatish mumkin va ta’mirlash
quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Statorlarni isitkich pechlarida
500—600°C haroratda qizdirib, simlarining izolatsiyasi kuydiriladi.
Sovigandan keyin chulg‘am simlari yechib olinadi,
tishcha va
ariqchalarning o‘lchamlarini tiklash maqsadida statorlar pressda
kalibrovka qilinadi. So‘ngra ariqchalar izolatsiya qilinadi, faza
chulg‘amlari o‘raladi va shimdiriladi hamda quritiladi.
Elektr
ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari tekshirilgan stator yig‘ish uchastkasiga
yuboriladi.
Generatorning qopqoqlari rezba, podshi pnik o‘tkaziladigan
joy va generatorni dvigatelga qotiradigan bolt teshiklarining yeyilishi
kabi nuqsonlarga ko‘ra saralangandan keyin quyidagi tarzda tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: