11
kichik tezlik bilan yurish, svetoforlar oldida ko‘p marta to‘xtash,
yoritish va boshqa iste’molchilarni ishlatish hollarida ham zaryad
rejimi avtomobilning umumiy ekspluatatsiya davrining 60—70 %
ini tashkil etishini ko‘rsatdi. Ekspluatatsiyaning qolgan barcha
sharoitlari akkumulatorning zaryad
rejimi uchun unumli hi-
soblanib, shahardan tashqaridagi trassalarda bu ko‘rsatkich 80—
90 % ni tashkil etadi. Akkumulatorlar batareyasining doimo
zaryadlangan holda bo‘lishi, ishga tushirish tizimi va boshqa elektr
iste’molchilarning ish qobiliyatiga
hamda batareyaning ishlash
muddatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Razryad rejimi. Bu rejim generatorning tok kuchi elektr ener-
giyasi iste’molchilarining umumiy tok kuchidan kichik bo‘lganda
yuzaga keladi. Razryad rejimi generator rotorining aylanishlar
chastotasi past bo‘lganda hamda avtomobil to‘xtab turgan va is-
te’molchilar ulangan holda sodir bo‘ladi.
Ekspluatatsiya rejimi
me’yorida bo‘lgan hollarda razryad rejimining davomiyligi zaryad
rejimiga nisbatan ancha past bo‘ladi.
Startyor rejimida razryadlanish
faqat akkumulatorlar bata-
reyasiga startyorning ulanish daqiqasida sodir bo‘lib, u juda qisqa
vaqt (bir necha soniya) davom etishi va katta razryad toki (bir
necha yuz amper) bilan tavsiflanadi. Akkumulatorning bu rejim-
dagi tavsifnomasi juda muhim ahamiyatga ega, chunki dvigatelni
muammosiz ishga tushirish, avtomobilni me’yorida ishlatishning
asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Saqlash rejimida akkumulatorlar batareyasi zaryad tokini qabul
qilmaydi va tashqi zanjirga elektr tokini uzatmaydi. Bu rejim ak-
kumulatorlarni nafaqat omborlarda, balki to‘xtab qolgan avtomo-
bilning o‘zida bir necha hafta yoki oylab turib qolganda yuzaga keladi.
Saqlash rejimida akkumulatorlarning o‘z-o‘zidan razryadlanish
tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan
rejimlarda akkumulatorlar batareyasining ishlashi quyidagi tavsif-
nomalariga bog‘liq bo‘ladi: zaryad va razryad jarayonida kuchlanishning
zaryadlanganlik darajasiga bog‘liqligi (zaryad va razryad tavsifnomalari),
kuchlanishning razryad tokiga bog‘liqligi (volt-amper tavsifnomasi),
batareya sig‘imining razryad tokiga bog‘liqligi, zaryadlanganlik
darajasini saqlash muddatiga bog‘liqligi (o‘z-o‘zidan razryadlanish
tavsifnomasi).
Bundan tashqari, akkumulatorlar batareyasining
avtomobillarda ishlatilish jarayonida tashqi muhit harorati ancha
keng doirada o‘zgarishi sababli, batareya haroratining uning sig‘imi
va tavsifnomalariga ta’siri ham muhim ahamiyatga ega.