121
nazorat qilinadi. Bu o‘lchashlar jarayonida qurilmada qayd qilina-
yotgan kuchlanish haqiqiy kuchlanishdan 0,6 V kam bo‘lishini
hisobga olish kerak. Bunday farq qurilma va avtomobilaro qo‘-
shimcha o‘tkazgichlarning ulanishi hisobiga sodir bo‘ladi.
O‘t oldirish tizimini diagnostika qilish. Uzgich kontaktlari qar-
shiligini tekshirish.
Qurilma almashlab ulagichlari dastlabki ho-
latga qo‘yiladi. Almashlab ulagich
(26)
«Kontakt» holatiga qo‘-
yiladi. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi tekshirilayotganda,
o‘tkazgichlar dastasi
(6)
ning
Pr
belgili
qisqichi uzgich-taqsim-
lagichga, qolgan barcha tekshirishlarda o‘t oldirish g‘altagining bel-
gisiz klemmasiga ulanadi. Òirsakli valni sekin-asta aylantirib,
kontaktlar tutash holatiga keltiriladi. O‘t oldirish kaliti ulanadi va
voltmetr
(18)
orqali kontaktlardagi kuchlanishning tushishi aniq-
lanadi. Bu kuchlanish 0,1 V. dan ko‘p tushmasligi lozim.
Past kuchlanishli zanjirni tekshirish.
Dvigatel ishga
tushiriladi
va aylanishlar chastotasi 1000 ayl/daqiqaga ko‘tariladi. Almashlab
ulagich
(26)
«Ossillograf» holatiga, almashlab ulagich
(12)
«I
öèëèíäð I» holatiga qo‘yiladi, so‘ngra dastak
(13)
ni o‘ngga burab,
ossillograf yoqiladi.
Ossillograf nurining kichik amplituda bilan
yoki soha
(1)
da
tebranishi kondensator va o‘t oldirish g‘altagi birlamchi chulg‘ami
nosozligini bildiradi.
Uzgich kontaktlari holatini tekshirish.
Almashlab ulagich
(23)
«6000» holatiga qo‘yiladi. Aylanishlar chastotasi 2000 ayl/daqiqaga
oshiriladi. Boshqaruv buragich
(14)
«Razmer» ossillograf
ekrani
bo‘yicha tasvir kattalashgunga qadar buraladi va kontaktlar aj-
ralishi (4-soha) hamda ulanishi (3-soha) nazorat qilinadi. Òasvir
chiziqlarining (3 va 4-sohalarda) vertikal o‘q bo‘yicha o‘chishi va
xiralashuvi kontaktlar ulanish-ajralishida nosozlik borligidan da-
lolat beradi. Bu holda kontakt yuzalari ko‘zdan kechiriladi, shar-
nir o‘qi orasida lyuft tekshiriladi.
Uzgich kontaktlari tutashib turish burchagini tekshirish.
Òirsakli
val aylanishlar chastotasi 1000 ayl/min.ga ko‘tariladi. Boshqaruv
buragich
(14)
«Razmer» ossillograf ekrani bo‘yicha tasvir kat-
talashgunga qadar buraladi. Kontaktlar tutashib turish burchagi
(
) ni 0—90 shkalasi yordamida aniqlanadi.
Sakkiz silindrli dvigatel-
lar uchun bu ko‘rsatkich ikki marta kamaytiriladi. Olti silindrli
dvigatellar uchun 0—60 shkaladan foydalaniladi. Olingan nati-
jalar texnik tavsifnomaga solishtiriladi (4.1-jadval). Òirsakli val ay-
lanishlarini 2000 ayl/daqiqaga ko‘tariladi; boshqaruv buragich
(14)
122
«Razmer» ossillograf ekrani bo‘yicha
tasvir kattalashgunga qadar
buraladi va kontaktlar tutashib turish burchagi aniqlanadi. Bu bur-
chak 2° dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: