Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/57
Sana26.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#583860
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Bog'liq
Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish diagnostika qilish va tamirlash

O‘t oldirish tizimini diagnostika qilish. 
Almashlab ulagich 
(12)
«12» holatiga, almashlab ulagich 
(12) 
«4», «6» yoki «8» holatiga
silindrlar soniga bog‘liq ravishda qo‘yiladi. Almashlab ulagich
(10)
«~GR=»; «6» yoki «8» holatiga, almashlab ulagich 
(11)
«ÁÀÒ-ÑÒ»; dastak 
(8)
esa chap-chekka nuqtaga; almashlab ulagich
(16) 
800 A holatiga qo‘yiladi.
Kondensatorni tekshirish. 
Òekshirish dvigatel o‘chirilgan holda
bajariladi. Kondensator qisqichlari uchi uzgich-taqsimlagich-
dan ajratib, tekshirish qurilmasi qisqichlari 
Pr 
ga ulanadi. Kon-
densator sig‘imini aniqlashda tekshiruv qurilmasining almashlab
ulagichi 
(11)
«Sx» holatiga qo‘yilib, tugmacha 
(2) 
«Kondensator»
bosiladi va ko‘rsatkich
 (3) 
qiymati sanaladi. Sanashda 0

5 shkala-
sidan foydalaniladi; natija 0,1 mkf.ga ko‘paytiriladi. Soz holdagi
kondensator sig‘imi ma’lumotnomalarda keltirilgan qiymatlarga mos
kelishi kerak. Kondensator izolatsiyasi qarshiligini tekshirishda
almashlab ulash 
(11)
«R
iz
» holatiga qo‘yilib, tugmacha 
(2)
bosiladi
va ko‘rsatkich 
(3)
qiymati sanaladi. Kondensator soz holda bo‘lsa,
ko‘rsatkich qiymati «R
iz
» doirasida bo‘ladi.


116
Kondensatorlarni tekshirayotganda ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Izolatsiya qarshiligini tekshirish vaqtida kondensator qisqichla-
riga 500 V kuchlanish uzatiladi. Dvigatel ishlab turganda tug-
macha 
(2)
«Kondensator»ning bosilishi sinov qurilmasining ishdan
chiqishiga olib keladi.
Uzgich kontaktlarining o‘tish qarshiligini tekshirish.
Almashlab
ulagich 
(11)
«

k
» holatiga qo‘yiladi. Òirsakli valni burab uzgich
kontaktlari yopiq holiga keltiriladi va asbob 
(3)
ning ko‘rsatmasi
o‘qiladi. Bu kontaktlarda kuchlanishning pasayish qiymati bo‘lib,
uning kattaligiga ko‘ra, kontaktlarning o‘tish qarshiligi haqida xu-
losa chiqarish mumkin. Ma’lumot 0

5 shkaladan olinadi, natija
esa 0,1 V.ga ko‘paytiriladi. Kuchlanishning pasayishi 0,1 V dan
yuqori bo‘lsa, kontaktlar tozalanadi.
Uzgich kontaktlari tutashib turish burchagini aniqlash.
Almashlab-
ulagich 
(11) 
«

3
» holatiga qo‘yiladi. Dvigatel ishga tushiriladi va
aylanishlar chastotasi 1000 
l
/daqiqa darajasida ushlab turiladi. O‘l-
chov asbobi 
(3)
ning ko‘rsatkichlari «

3
» sohaning silindrlar
soniga mos keladigan chegarasida bo‘lishi kerak.
Zarurat bo‘yicha kontaktlarning tutashib turish burchagi
ularning orasidagi tirqishni o‘zgartirish hisobiga rostlanadi. Ish-
lamay turgan dvigatelda uzgich-taqsimlagich qopqog‘i va rotori
olinadi. So‘ngra qo‘zg‘almas kontaktning qotirish vinti bo‘shati-
ladi. Startyorni ulanadi va ehtiyotkorlik bilan otvyortka yordamida
ekssentrik vinti buralib, asbob 
(3)
ko‘rsatkichining kerakli soha
chegarasida bo‘lishiga erishiladi. So‘ngra rotor va qopqoq joyiga
qo‘yilib, dvigatel ishga tushiriladi. Kontaktlarning tutashib turish
burchagi qayta tekshiriladi.
Uzgich pishangchasi va prujinasini tekshirish.
Dvigatel tirsakli
vali aylanishlar chastotasini 3500—4000 
l
/daqiqagacha oshirilib,
asbob 
(3)
ning ko‘rsatmalariga ko‘ra, kontaktlarning tutashib
turish burchagi tekshiriladi. Prujina va pishangcha soz bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich «

3
» sohaning yarim qiymatidan ortmaydi. Agar kon-
taktlarning tutashib turish burchagi bu chegaradan chiqib ketsa,
uzgich pishangchasi va prujina almashtiriladi.
Dvigatel silindrlarining ishlashida uzilishlar sodir bo‘lib, dviga-
tel notekis ishlasa, o‘t oldirish tizimining me’yorda ishlayotganligini
razryadlagich 
(7)
elektrodlari orasida hosil bo‘layotgan uchqunning
ko‘rinishiga qarab tekshiriladi. Òekshirishdan avval razryadlagich
elektrodlari orasidagi tirqishni 7 mm.ga keltiriladi. Dvigatel ishga
tushiriladi va taqsimlagich qopqog‘idagi yon yuqori kuchlanish


117
simi chiqarilib, uning o‘rniga razryadlagich 
(7)
ning simi kiriti-
ladi. Òirsakli valning aylanishlar chastotasi asta-sekin 3000—
3500 ayl/daqiqagacha oshiriladi. Razryadlagichi tirqishida
uchqunning uzluksiz hosil bo‘lishi o‘t oldirish tizimining yaxshi
ishlashidan darak beradi. Qolgan silindrlar uchun ham shunday
tekshirish o‘tkaziladi.
Agar dvigatel ishga tushmasa, o‘t oldirish g‘altagidan yuqori
kuchlanish simi chiqarib olinadi va uning o‘rniga razryadlagich
(7)
ning yuqori kuchlanish simi ulangan holda uzluksiz uchqun
hosil bo‘lishi nazorat qilinadi. Uchqunning uzilishli bo‘lishi, kam
bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi o‘t oldirish tizimining barcha
apparatlarini birma-bir tekshirishni talab etadi.
Uzgich kontaktlari tutash va o‘t oldirish kaliti ulangan holda
past kuchlanish zanjirida tok bo‘lmasa, zanjir uzilishga tekshiriladi.
Buning uchun almashlab ulagich 
(11)
«ÁÀÒ-ÑÒ» holatga, «M»
belgili qisqich esa avtomobil korpusiga ulanadi. Sinov qurilmasi-
ning boshqa barcha qisqichlari o‘chirilgan bo‘ladi.
O‘t oldirish kaliti ulanadi, kontaktlar ajratiladi va sinov qu-
rilmasining B belgili qisqichini birma-bir birlamchi zanjir qis-
qichlariga tekkizib ko‘riladi va voltmetr 
(6)
ko‘rsatmalari nazorat
qilib boriladi. O‘t oldirish kaliti soz va zanjirda uzilish bo‘lmasa,
voltmetr akkumulator kuchlanishini ko‘rsatadi.
ÒK-102 kommutatorining tranzistorini tekshirish
o‘t oldirish
kaliti ulangan, kontaktlar tutash va past kuchlanish zanjirda uzilish
bo‘lmagan holda olib boriladi.
Òekshirish qurilmasining M belgili qisqichi kommutator mas-
sasiga, qurilmaning 

belgili qisqichi esa kommutatorning bel-
gilanmagan klemmasiga ulanadi. Kontaktlar tutash bo‘lganda qu-
rilma ko‘rsatkichining 1 V ni va kontaktlar uzilganda akkumulator
batareyasi kuchlanishini ko‘rsatishi tranzistorning sozligini bildi-
radi. Nosoz tranzistorlarda esa kontaktlarning holatidan qat’i na-
zar, voltmetr akkumulator batareyasi kuchlanishini ko‘rsatadi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish