Generator va akkumulatorlar batareyasining birgalikda ishlashi
Avtomobilda generator va akkumulatorlar batareyasi bir-biriga parallel ulanib birgalikda ishlaydi. Elektr energiyaning avtomobildagi asosiy manbai generator bo’lib, u hamma iste’molchilarni tok bilan ta’minlaydi va akkumulatorni zaryadlaydi. Dvigatel ishlamayotganda, hamma iste’molсhilarga tokni akkumulatorlar batareyasi beradi. Dvigatelning aylanishlar chastotasi past bo’lganda, generator avj oldirgan quvvat iste’molchilarga keragidan kam bo’lishi mumkin. Bu holda akkumulator generator bilan birgalikda ishlab unga yordam beradi va yetishmayotgan quvvatni qoplaydi. Generatorning akkumulatorlar batareyasi bilan birgalikda ishlash sxemasi 1.49- rasmda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |