50 Kontaktli o't oldirish tizimining birlamchi zanjiridagi uzulish to’qini aniqlash formulasi va izox Uzgich kontaktlari birlamchi tok o‘zining maksimal qiymatiga erishishi uchun zarur bo‘lgan t vaqtdan kamroq - tt vaqt davomida tutashgan holda bo‘ladi. Shuning uchun, uzgich kontaktlari uzilish daqiqasida birlamchi tok uzilish toki Iu deb yuritiladigan qiymatga eri-shadi va u birlamchi tokning maksimal qiymatidan kam bo‘ladi
. (3.3) IUReIuRLtt11
Uzgich kontaktlari uzilgandan keyin o‘t oldirish g‘altagining birlamchi zanjirida L1 induktivlikka, C1 sig‘imga va R qarshilikka ega bo‘lgan tebranish konturi hosil bo‘ladi. Natijada, bu kontur kondensatorida so‘nuvchi tebranma razryadlanish sodir bo‘ladi va o‘t oldirish g‘altagining magnit maydonida to‘plangan energiya kontur qarshiligi R da chiqadigan joul issiqligiga sarf bo‘lguncha birlamchi tok i ham bir necha davr davomida tebranadi.
51 O’t oldirish g’altagining ikkilamchi chulg’amida induksiyalanadigan ………... O‘t oldirish g‘altagi avj oldirishi mumkin bo‘lgan ikkilamchi kuchlanishning maksimal qiymatini tebranish jarayonidagi energiyalar balansiga ko‘ra aniqlash mumkin. Uzgich kontaktlari uzilish daqiqasidan oldin birlamchi tok - uzilish toki Iu qiymatiga erishadi va o‘t oldirish g‘altagining magnit maydonida LIu/2 ga teng energiya to‘planadi. Uzgich kontaktlari uzilgandan keyin, yuqorida ko‘rsatilgandek (3.6-rasm), birlamchi tok i kosinusoida bo‘ylab kamayadi, ikkilamchi kuchlanish U2 esa sinusoida bo‘ylab o‘sa boshlaydi. Birlamchi tok nolgacha kamayganda, magnit maydonning hamma energiyasi C1 va C2 sig‘imlarning elektr maydon energiyasiga o‘tadi va bu daqiqada birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlar o‘zining maksimal qiymatiga erishadi. Demak, ushbu daqiqa uchun energiyalar balansi tenglamasi (tebranish konturlaridagi energiya isroflarini hisobga olmaganda) quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
. LICUCUu2112222222maxmax
ligini ( W1 va W2 - o‘t oldirish g‘altagining birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlaridagi o‘ramlar soni ) e’tiborga olsak, ikkilamchi kuchlanishning maksimal qiymatini analitik usulda hisoblash imkoniyatini beruvchi quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz: max221max1UWWU
. (3.4) 22211max2CWWCLIUu
Bu ifoda g‘oyatda taqribiy bo‘lib, unda energiyaning turli ko‘rinishdagi isroflari (taxminan 25%) hisobga olinmagan. Amalda bu ifodaga konturlardagi energiya isroflarini hisobga olish koeffitsienti kiritiladi va uning qiymati kontaktli o‘t oldirish tizimlari uchun 0,75-0,85 ni tashkil qila
52 Kontaktli o‘t tizimining ishchi tavsifnomasi 3.7-rasmda keltirilgan. Dvigatel aylanishlar chastotasining juda past qiymatlarida (n<1000) birlamchi chulg‘amdagi tok o‘zining maksimal qiymatiga erishishga ulguradi va aylanish chastotasi qiymatlarining bu chegarasida ikkilamchi kuchlanish eng katta qiymatga erishib, o‘zgarmas bo‘lishi kerak (3.7-rasmda, yuqoridagi gorizontal punktir chiziq). Amalda esa aylanish chastotasining past qiymatlarida ham ikkilamchi kuchlanishning kamayishi kuzatiladi, chunki kontaktlarning uzilish tezligi kamayib ketishi natijasida ular orasida uchqun hosil bo‘la boshlaydi va energiyaning bir qismi shu jarayonga isrof bo‘ladi. Agar 3.7-rasmda dvigatel me’yorida ishlashi uchun zarur bo‘lgan ikkilamchi kuchlanishning minimal qiymatidan ( 11000 V) gorizontal chiziq o‘tkazsak, bu chiziqning tavsifnoma bilan kesishgan nuqtasi aylanish chastotasining maksimal qiymatini ( nmax ) belgilaydi. Aylanish chastotasining bundan katta qiymatlarda o‘t oldirish g‘altagi zarur kuchlanishni avj oldira olmaydi va silindrlardagi yonilg‘i aralashmasini o‘t oldirishda uzilish sodir bo‘la boshlaydi. 3.7- rasmdan ko‘rinib turibdiki, z=6 bo‘lgan dvigatellarda o‘t oldirish tizimining aylanishlar chastotasi bo‘yicha ishlash chegarasi nmax , z=4 bo‘lgan dvigatellarga nisbatan kam bo‘ladi. Bu, uzgich kulachogi
53 O‘t oldirish ilgarilatish burchagining markazdan qochma rostlagichi quyidagicha tuzilgan (3.11-rasm). Etakchi val 4 ga plastina mahkamlangan bo‘lib, uning chetiga o‘rnatilgan ikki o‘q 7 ga yukchalar 2 joylashtirilgan. Yukchalar o‘qlar 7 atrofida aylana oladi va o‘zaro prujinalar 6 vositasida bog‘langan. Har bir yukchaga shtift 5 o‘rnatilgan bo‘lib, u kulachok 1 vtulkasiga mahkamlangan flanets 3 ning qiya ariqchasiga kirib turadi. Harakat val 4 dan yukchalar 2 orqali kulachok 1 ga uzatiladi
54 Dvigatelning aylanish chastotasi ortishi bilan (taxminan 400 min-1 dan boshlab) yukchalar markazdan qochma kuch ta’sirida prujinalar kuchini yengib, o‘z o‘qi atrofida ikki tomonga ajrala boshlaydi. Bu vaqtda yukchalardagi shtiftlar flanetsning qiya ariqchalariga kirib turganligi tufayli, uni va u bilan birga kulachokni valning aylanish yo‘nalishi bo‘ylab ma’lum burchakka buradi. Natijada, kulachok qirralari uzgich kontaktlarini oldinroq uzib, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini oshiradi. Aylanishlar chastotasi kamayganda yukchalar prujinalar ta’sirida o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. Prujinalar har xil qayishqoqlikka ega va bu dvigatel aylanishlar chastotasi o‘zgarganda o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini talab qilingan qonuniyat bo‘yicha o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |