Avtomobil chig’irig’i, shataklash va ulash qurilmalari



Download 183 Kb.
Sana31.05.2022
Hajmi183 Kb.
#621804
Bog'liq
Avtomobil chig’irig’i, shataklash va ulash qurilmalari.


Aim.uz

Avtomobil chig’irig’i, shataklash va ulash qurilmalari.
Reja.
1. Avtomobil chig’iriqlari.
2. Shataklash asboblari.
3. Egarsimon – ulash moslamasi.
O'ta og'ir yo'llarda ham yuraoluvchanligi oshirilgan GA3-66 va 3IL-131 avtomobillarida maxsus jihoz sifatida chig'ir (lebyodka) ishlatiladi. Bu lebyodkadan og'ir yo'l sharoitlarida tiqilib qolgan avtomoblini yoki o'zini tortib chiqarish uchun, shuningdek, yuklarni ko'tarish va tushirishda foydalanish mumkin.
Lebyodka aviomoblni old qismiga, ramaga o'rnatiladi (136-chizma, a). Lebyodka yuritmasi uchun avtomobil dvigatelidan foydalaniladi. Dvigateldan aylantiruvchi lahza (moment) uzatmalar qutisi orqali quvvat olish qutisiga (2) va undan kardanli uzatma (1) orqali lebyodkaga (3) uzatiladi.

136-chizma. GAZ-66 avtomobilining lebyodkasi.
Lebyodkaning asosiy qismlari (136-chizma, b) valga (5) erkin o'rnatilgan po'lat arqonli tortuvchi baraban (4), dasta (6) vositasida barabanni ulovchi kulachokli mufta (11) va korpusga (8) joylashtirilgan chervyak (10) hamda chervyak shesternasi (7) ilashishidan hosil bo'lgan chervyakli reduktordir. Chervyak valining bir qismi reduktur korpusidan tashqariga chiqib turadi. Valning chiqib turgan uchiga tasmali tormoz (9) o'rnatilgan, shuningdek, valning shu uchida uni kardanli sharnir ayrisi bilan biriktiruvchi barmoq joylashadigan teshik mavjud. Barmoq - saqlovchi qurilma vazifasini ham bajaradi va kuch ruxsat etligan chegaradan ortib ketganda kesilishi mumkin. Barmoq kesilib ketgan vaziyatda tasmali tormoz barabanni avtomatik ravishda tormozlaydi va po'lat arqonni chuvalashib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Quvvat olish qutisi (136-chizma, d) uzatmalar qutisiga yopishtirib ornatilgan va undan shesterna (13) orqali aylanma harakat oladi. Bu shesterna, quvvat olish qutisi korpusidagi (15) podshipniklarga o'rnatilgdn shesternalar bloki (14) bilan doimiy ilashishda bo'ladi. Shu korpusdagi yetaklanuvchi val shlitsasiga, ikkita tishli gardishi bo'lgan shesterna (12) qo'zg’iluvchan qilib o'rnatilgan. Shesternani suruvchi ayri (16) lebyodkani ulovchi kabinaga chiqarilgan richag bilan bog'langan.
Lebyodka yuritmasini boshqaruvchi richag oldinga surilganda ayri orqaga siljib, qo'zg'aluvchan shesternani shesternalar blokiga to’tashtiradi va po'lat arqon o'raladi. Boshqaruvchi richag neytral holatdan orqaga surilganda esa qo'zg'aluvchan shesternalar bloki yetaklovchi shesterna bilan ilashadi. Natijada, lebyodka teskari tomonga aylanadi va po'lat arqon yoziladi.
Lebyodkani ulash-ilashma ajratilgan holdan lebyodkani boshqarish richagini neytral vaziyatdan ''O'rash" yoki "Chuvatish" holatiga o'tkazib va ilashma pedalini ohista qo'yib yuborish orqali amatga oshiriladi. Zarur holatlarda, oldindan barabanni kulachokli mufta yordamida uzib qo'yib, po'lat arqonni qo'l bilan yozish mumkin.
Shataklash asbobi (137-chizma) tirkamani ulash uchun avtomobil-shataklagich ramasiga o'rnatiladi. U ilmoq va ramaning ko'ndalang to'siniga qo'yilgan yo'naltirgich teshigidan o'tgan o'zakdan (3) iborat. Yo'naltirgich (4) asbob korpusiga (1) payvandlab qo'yilgan. Korpusda tayanch plastinalar (2) orasiga rezinali elastik element (8) gayka bilan siqib qo'yilgan. Bu element, avtopoyezd o'rnidan jilganda va harakatlanganda asbobga tushadigan zarb hamda turtkilarni yumshatadi. Ilmoqdagi o'qqa (5) ilgakli (6) quiti (7) o'rnatligan bo'lib, u tirkamaning yakka shotisini o'z-o'zidan ilmoqdan chiqib ketishiga to'sqinlik qiladi.

137-chizma. Shataklash asbobi.

Egarsimon-ulash qurilmasi yarim tirkama bilan ishlayotgan bo'lsa aviomobil-shataklagichga o'rnatiladi. Bu vaziyatda yarim tirkamaga ilashish shkvoreni o'rnatiladi. Shkvorenning nominal diametri to'liq massasi 40 t gacha bo'lgan yarim tirkamalar uchun 50,8 mm ni, massasi 40 t dan 100 t gacha bo'lgan yarim tirkamalar uchun esa 89 mm m tashkil qiladi. Qamrash teshigining mos ravishdagi diametri - shkvoren diametri, plus 0,3 - 0,5 mm ga teng. Ulash qurilmasi avtomobil-shatak-lagich tormozlangan yarim tirkamaga ohista yaqinlashganda, ularning avtomatik tarzda ulanishini ta'minlaydi.


Tayanch iboralar: og’ir yo’llar, yuraoluvchanlik, chig’ir, tortib chiqarish, old qismda, rama, avtomobil dvigatelidan, val, po’lat arqon, baraban, chervyak, quvvat oluvchi quti, kardan uzatma, “Orash”, “Chuvatish”, tayanch plastina, ilmoq, egarsimon-ulagich.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Avtomobil chig’irig’I nima uchun xizmat qiladi?
2. Chig’iriq qanday tuzilgan?
3. Chig’iriq harakatni qaerdan oladi?
4. Shataklash qurilmasi qanday tuzilgan?



Aim.uz



Download 183 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish