119
11 – MA’RUZA
Mavzu: Mikrokontrollerni vaqt va tashqi muhit bilan aloqasini
tashkillashtirish.
Reja:
11.1. Kiritish-chiqarish portlari.
11.2. Taymerlar va voqea protsessorlari.
11.3. Mikrokontrollerning uzilishlar moduli.
Tayanch iboralar:
parallel portlar, multipleksirlangan portlar, taymer moduli,
taymer-sanoq qurilma, vaqt oraliqlari,
ushlash voqeasi,
kanal registri, keng impulsli
modulyatsiyalash.
11.1. Kiritish/chiqarish portlari
Har bir MK bir necha kiritish/chiqarish yo‘llariga egadir, ular ko‘p
razryadli
(ko‘pincha 8-razryadli) parallel magistral kiritish/chiqarish portlariga birlashadilar.
MK xotirasida kiritish/chiqarish portlarining har biriga o‘zining mos axborotlar
registr manzili mavjud. Kiritish/chiqarish portining axborotlar registriga murojaat
etish, axborotlar xotirasiga murojaat etiladigan buyruqlar orqali amalga oshiriladi.
Undan
tashqari, ko‘pchilik mikrokontrollerlarda portlarining alohida razryadi bitli
protsessor buyruqlari oqali so‘ralishi yoki o‘rnatilishi mumkun.
Bajaradigan vazifasiga qarab parallel portlarni quyidagi turlarga ajratiladi:
-bir tarafga yo‘naltirilgan portlar, ular faqat axborotni kiritish uchun yoki
faqat axborotlarni chiqarish uchun mo‘ljallangan;
-ikki tarafga yo‘naltirilgan portlar, ular axborot uzatish yo‘nalishi (kiritish
yoki chiqarish) protsessorni dastlabki holatga o‘tkazish jarayonida
aniqlashtiriladi;
-multipleksirlangan portlar. Bu portlarning alohida yo‘llari MK joylashtirilgan
tashqi qurilmalar, analog-raqam o‘zgartiruvchi qurilma, taymer, ketma-ket interfeys
kontrolleri kabilar bilan birgalikda
ishlatiladi;
-dasturiy boshqariluvchi kiritish/chiqarish buferi sxemotexnikasi bo‘lgan
portlar .
120
Portlar MK ishlashini boshqarish obekti bilan vaqtincha moslashtirish
qurilmasining vazifasini bajaradilar, ular umumiy holda asinxron ishlaydilar. MK va
kiritish/chiqarishning parallel portlari orqali tashqi qurilmalar bilan axborot
almashuvining uch xil algoritmi mavjud:
-oddiy dasturiy kiritish/chiqarish ish tartibi;
-stroblash orqali kiritish/chiqarish ish tartibi;
-kiritish/chiqarish almashuvini tasdiqlovchi signallarning to‘liq to‘plamli ish
tartibi.
MK ikki tarafga yo‘naltirilgan portli keng tarqalgan sxemasi 11.1-chizmada
keltirilgan.
Boshqarish triggeri tashqi chiqishga axborotlarni chiqarishga ruxsat beradi.
Zamonaviy MK odatda axborot va boshqarish triggerlariga alohida ega bo‘lish
ta’minlangan, bu esa har bir yo‘lni bog‘liq bo‘lmagan holda
kiritish yoki chiqarish ish
tartibida foydalanish imkonini beradi.
11.1- chizma. MQ ikki yo‘nalishli kiritish/chiqarish portining ananaviy
sxemasi.
Alohida diqqatni quyidagi holga qaratish kerakki, axborotlarni kiritishda,
axborotlar
triggerining qiymati emas, tashqi chiqishga kelayotgan signal qiymati
o‘qiladi. Agarda MK tashqi chiqishiga boshqa qurilmalar chiqishi ulangan bo‘lsa, u
holda ular o‘zining chiqish signal qiymatini o‘rnatishi mumkin, ular kutilayotgan
axborot triggeri qiymatini o‘rniga o‘qiladilar.
Axborotlarni
kiritishga ruxsat
Boshqarish
triggeri
АШ
МШ
RD
Axborotlar
triggeri
Chiqarishni
boshqarish
Tashqi
chiqish
Ma
n
zil
d
esh
if
ra
to
ri
&
&
&
D
C
D
C
Q
Q
E
E
WR
121
Boshqa tarqalgan kiritish/chiqarish portini sxemotexnik tashkillashtirilgan
varianti bu ”ochiq istok” li chiqish bo‘lib, yana “kvazi ikki yo‘nalishli” deb
nomlanadi. Chiqishni bunday tashkillashtirilish qurilmalarni “montajli VA” sxemasi
bo‘yicha ulash orqali shinalarni hosil qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: